2.2. Sanoat 4.0: to‘rtinchi sanoat inqilobi
Texnologiya hayotimizga tobora kirib kelgani sayin haqiqiy va
raqamli (digital) dunyo orasidagi chegara yoʻqolib bormoqda:
•
ish faoliyatimizga tegishli vazifalarni internet orqali qabul qilib,
uyda ham ishni davom ettiramiz;
•
oziq-ovqat,
kiyim-kechaklarni
onlayn
doʻkonlardan
xarid
qilyapmiz;
•
dunyoning xohlagan shahridagi qarindoshimiz bilan masofadan
turib aloqaga chiqishimiz, oʻrtoqlar bilan video orqali muloqot
qilish, hatto shaxmat oʻynash imkoniyati bor;
•
dunyoning nufuzli universitetlarida bepul onlayn taʼlim
imkoniyatlari kengayib boryapti, oʻz shahridagi universitet
maʼruzalarini ham talabalar uydan turib onlayn kuzatib
borishmoqda;
•
bilimli xodimlarning davlatlararo faoliyat yuritishi, ularning
global xodimga aylanishi oddiy holga aylanmoqda;
•
vaqt va joydan qatʼi nazar, internet orqali Cloud, Drive
tizimlarida
saqlangan
maʼlumotlar ustida ishlashimiz,
xohlagan tilni oʻrganishimiz, film tomosha qilishimiz
mumkin boʻlib qoldi.
Sanoatning 1-inqilobi (Sanoat 1.0)
18-asr oxirlarida suv
va bugʻ quvvati asosida harakatlanadigan qurilmalarning
yaratilishi bilan boshlangan. Jumladan, ilk mexanik toʻqish
dastgohi 1784-yilda yaratildi.
20-asrning boshlarida kuzatilgan
sanoatning 2-inqilobi
(Sanoat 2.0)
davrida elektr quvvatining kashf qilinishi
bilan mahsulotlar katta hajmda ishlab chiqarila boshlandi.
|