I bob. Atlas va adras matosidan qiz bolalar kiyimlari uchun fason tanlash




Download 1,86 Mb.
bet11/18
Sana15.05.2024
Hajmi1,86 Mb.
#236367
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
atlas

chok haqqi miqdori
jadval №1

Koʻylak boʻlaklari

Chok haqqiga qoʻyiladigan qirqimlar

Chok miqdori sm

1. Ort boʻlak oʻrta qismi

Yoqa oʻmizi,
elka qirqimi,
oʻrta qirqim,
rel’ef qirqimi
bel qirqimi

0,5-0,7
1,0
1,5
1,2
1,5

2. Ort boʻlak yon qismi

Yon qirqimi,
eng oʻmizi,
elka qirqimi
rel’ef qirqimi,
bel qirqimi

1,5
0,7
1.0
1,2
1,5

3. Old boʻlak oʻrta qismi

Yoqa oʻmizi,
elka qirqimi,
rel’ef qirqimi,
bel qirqimi

0,5-0,7
1,0
1,2
1,5

4. Old boʻlak yon qismi

Yelka qirqimi,
eng oʻmizi,
rel’ef qirqimi,
yon qirqim,
bel qirqim

1,0
0,5-0,7
1,2
1,5
1,5

5. Yubka old va ort boʻlagi

Bel qirqimi,
yon qirqimi
etak qirqimi

1,5
1,5
0,5-0,7

6. Qoʻyma burma

Rel’efga birlashtiriladigan qirqim
qoʻyma chekka qirqimi

1,2
0,5-0,7

7. Belbogʻ

Qirqimlardan

0,5-0,7

Asosiy andozalar ishlab chiqilgandan keyin boʻlaklarining juftlashtiriladigan konturlari tekshirib koʻriladi.


Asosiy ish andozalariga texnik talablarga muvofiq quyidagi belgilar qoʻyiladi:

  • gazlamaning boʻylama yoʻnalishini ifodalovchi chiziq-tanda ipi yoʻnalishi;

  • boʻylama yoʻnalishdan chetga chiqish chiziqlari;

  • uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini koʻrsatuvchi chiziqlar;

  • bir-biriga ulanadigan boʻlaklarning juftlashtiriladigan joylaridagi kontrol kertiklar.

Ish andozalarida kesish aniqligidan yoʻl qoʻyiladigan chetga chiqishlarni koʻrsatib qoʻyish maqsadga muvofiq. Kimimning nihoyat darajada aniq bichilishi talab qilinadigan joylarida (yoqa oʻmizi, yelka ziylari, yeng oʻmizi, yeng boshi) yoʻl qoʻyiladigan chetga chiqishlar 0,1 sm ga teng.
Kiyimlarning koʻpchiligi harakatchan toʻrsimon strukturali gazlamadan tikiladi. Kiyish jarayonida gazlama strukturasi oʻzgarib kiyimning formasi buzilishi mumkin. Buni oldini olish uchun kiyim boʻlaklarini shunday bichish kerakki asosiy choʻzuvchi kuchlar gazlamaning tanda iplari boʻylab yoʻnalsin. Buning uchun kiyimning har bir boʻlakida tanda ipining yoʻnalishi va bu yoʻnalishdan yoʻl qoʻyiladigan chetga chiqishlar koʻrsatiladi. Tanda ipi yoʻnalishidan chekli chetga chiqishlar material tolasining tarkibiga, strukturasiga, uning toʻqilish zichligiga, kimyimning konstruktsiyasi va vazifasiga bogʻliq.

Download 1,86 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Download 1,86 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



I bob. Atlas va adras matosidan qiz bolalar kiyimlari uchun fason tanlash

Download 1,86 Mb.