|
Talabalarga dizaynni o’qitishda o’zbek xalq amaliy san’ati vositalaridan foydalanishning pedagogik ahamyati
|
bet | 1/3 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 135,5 Kb. | | #255464 |
Bog'liq Dilnavoz kurs ishi
Talabalarga dizaynni o’qitishda o’zbek xalq amaliy san’ati vositalaridan foydalanishning pedagogik ahamyati.
Maqola o’zbek xalq amaliy san’ati va amaliy san’at darslarida innavatsion texnalogiyalarning ro’li va ahamyati, shuningdek bo’lajak o’qituvchilarni innavatsio faoliyatga tayyorlash haqida fikr yuritilgan.
Kalit so‘zlar: Ta’lim, tarbiya, dars, talaba, amaliy san’at, naqqoshlik, badiiy bezak san’ati, qadryat, an’ana, milliy g’oya, innovatsiya, innavatsio texnalogiya, pedagogik texnalogiya, metod, go’zallik, nafaosat, estetik did,
“Ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, ilmfan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g’oyamizning asosiy ustunlari bo’lib xizmat qilishi lozim.”
Bugungi kunda jahonning qaysi bir rivojlangan mamlakatlarini olmaylik, ta’lim sohasida, ayniqsa maktab yoshidan boshlab san’at, xususan, tasviriy va amaliy san’at haqidagi bilimlarini rivojlantirishga katta ahamiyat berib kelinmoqda. Mamlakatimizda o‘rta ta’limning yana o‘n bir yillik bo‘lishi va unda kasbga yo‘naltirish maqsadida o‘quv markazlarining tashkil etilishi, shuningdek akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning badiiy va estetik tarbiyasiga katta e’tibor berilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zlarining Konstitutsiyamizning 24 yilligiga bag‘ishlangan ma’ruzalarida “farzandlarimiz uchun zarur sharoitlar yaratish, yangi-yangi ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va sport maskanlarini barpo etish, yosh oilalar uchun uy-joylar qurish, yoshlarni ish bilan ta’minlash, ularni tadbirkorlik sohasiga keng jalb etish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yangi, yuksak bosqichga” ko‘tarish zarurligini aytib o‘tadilar.
Darhaqiqat, inson ijodiy faolligi uning har tomonlama kamol topishida muhim omil bo‘lib, uni estetik to‘laqonliksiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Inson hayoti jism va buyumlar qurshovida kechadi. Rang-barang buyum va jismlar borliqqa go‘zallik va nafosat baxsh etadi, insonga shu qonuniyatlar orqali qarashga undaydi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni jahon andozalariga javob beradigan barkamol etib tarbiyalashda amaliy va badiiy bezak san’ati fani alohida ahamiyat kasb etadi. Yoshlarga badiiy ma’lumot berishda tabiat unsurlarini stillashtirish mashg‘ulotlarining ahamiyati benihoya katta bo‘lib, bu ularning umumiy dunyoqarashlarini o‘stirishda muhim.
Amaliy va badiiy bezak san’ati fanini o‘zlashtirish jarayonida talabalar:
– o‘zbek milliy san’atida badiiy naqqoshlikning roli;
– badiiy naqqoshlikning o‘ziga xosligi va estetik mohiyati;
– amaliy va badiiy bezak san’atida kompozitsiya masalalari haqida tasavvurga ega bo‘lishlari;
– tasviriy san’atda amaliy san’atning o‘rni va roli;
– naqsh turlari, badiiy naqqoshlikda zamonaviy ramzlar va milliy qadriyatlar;
– amaliy-dekorativ san’atda kompozitsiya;
– amaliy bezak san’atida kompozitsiyaning qo‘llanilishini o‘rganadi va ulardan foydalanadi;
– kompozitsion markaz, konstruksiya, mavzu, harakat, yaxlitlik, kolorit, nisbatlar, me’yor, mutanosib va nomutanosiblik;
– dekorativ san’at turlarida janrli kompozitsiya;
– o‘quv va tarbiya jarayonida badiiy bezak san’atining o‘rni;
– amaliy bezak san’atida kompozitsiya, rang masalalari, shriftlar va materiallarda ishlash texnikasi;
– interer va ekstererda badiiy bezash;
– kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlari, frontal kompozitsiya elementlari, zamonaviy ekspozitsiya va konstruksiyalar;
– badiiy bezak san’atida xalq amaliy san’ati turlaridan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
Yozuv kompozitsiyasi, yozuvlarni yozishni o‘rganish, oddiy naqsh namunalarini chizish, bo‘yash va pardozlash mahoratini rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. Mavjud ta’lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalash O‘zbekiston Respublikasi prezidentining barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risidagi farmonlari hamda harakatlar strategiyasi negizini tashkil qiladi. Bu dolzarb vazifalar prezidentimiz va hukumatimizning doimiy e’tiborida bo‘lib, boshqa farmon va qarorlarda o‘z aksini topmoqda.
Ta’lim sifati mazkur tizimning holati va samaradorligini belgilaydigan mezon hisoblanib, ta’lim jarayonida erishilgan natijalarning me’yoriy talablar, ijtimoiy va shaxsiy ehtiyojlarga muvofiqligi bilan belgilanadi. Ta’lim sifati nafaqat o‘quv jarayoni natijalari, balki mazkur natijalarni shakllantiruvchi omillarni ham ifodalaydi. Bu omillar ta’lim maqsadi, ta’limni tashkil etish shakli, metod vositalari, o‘qituvchilar tarkibi, salohiyati, pedagogik faoliyati, ta’limiy dasturlar va ta’lim texnologiyalari, resurslar va ulardan foydalanish shart-sharoitlari, ta’limning tashkiliy-huquqiy, moddiy texnik ta’minoti, axborot va uslubiy ta’minot, shuningdek, tarbiyaviy ishlar sifatidan iborat. Ta’lim jarayoniga innovatsion texnologiyalarni tatbiq etish esa ta’lim natijalari hamda mazkur omillar sifatini oshirish imkonini beradi. Shu jihatdan, innovatsion texnologiyalar asosida ta’lim sifati va samaradorligini oshirish muammosi shaxsni rivojlantirish hamda uni hayotga tayyorlashga yo‘naltirilgan kompleks vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lib, ta’lim siyosatining bugungi kundagi muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
Dars - ta’lim beruvchi tomonidan yoshi va ma’lumoti jihatidan bir xil bo‘lgan ta’lim oluvchilar guruhiga o‘quv rejasi, o‘quv dasturi talablari va qat’iy dars jadvali asosida muayyan vaqt ichida bilim berish, malaka hosil qilish bo‘yicha muayyan mashg‘ulotdir. “Dars bu - o‘qituvchining umumiy va pedagogik madaniyatining ko‘zgusi, intellektual boyligining o‘lchovi, uning bilim doirasining ko‘rsatkichidir‖. O‘qituvchi o‘quv texnologiyasining bevosita yetkazuvchisi sifatida mashg‘ulotlarga jiddiy tayyorlangan, yangiliklardan boxabar bo‘lgani holda dars jarayonini qiziqarli olib borishi lozim. Dars berayotgan faniga taalluqli didaktik materiallarni, darsliklarni, uslubiy qo‘llanmalarni va elektron o‘quv vositalarini ham mukammal o‘rganishi, shuningdek, ularni darslarida qo‘llay olish, faoliyatini muntazam yangilab borishi davr talabidir.
Innovatsiya- (inglizcha innavation)-yangilik kiritish, yangilikdir. Innovotsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi.
Interaktiv metodlar-bu jamoa bo’lib fikrlash deb yuritiladi, ya’ni pedagogik ta’sir etish usullari bo’lib ta’lim mazmuninng tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarnig o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchi-talabalarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedogogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lb, ularga quyidagilar kiradi:
- O’quvchi-talabaning dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
- O’quvchi-talabalarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta’minlashi;
- O’quvchi-talabaning bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har-bir masalaga ijodiy yondashgan xolda kuchaytirishi;
- Pedogok va o’quvchi-talabaning hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkilllanishi.
Pedogik texnologiyaning eng asosiy negizi bu o’qituvchi va o’quvchi-talabaning belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog’liq deb xisoblaymiz, ya’ni o’qitish jarayonida maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har bir ta’lm texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatni tashkil eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchi-talabalar mustaqil fikrlay olsalar, ijobiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, guruhga , guruh esa ularga baxo bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha anashu o’qitish jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos texnologiyasi bor, ya’ni o’quv jarayonidagi pedogogik texnologiya bu yakka tartibdagi jarayon bo’lib, u o’quvchi-talabaning ehtiyojidan kelib chiqqan xolda bir maqsadga yo’naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.
Amaliy san’atni oʼqitishda innovatsion texnologiyalarni qoʼllashning zaruriyati mavjud. Innovatsion taʼlim texnologiyasida darsni tashkil etishga doir qator umumpedagogik-didaktik talablar qoʼyiladi. Bular:
- har bir dars texnologik jihatdan mukammal darajada loyihalashtirilishi;
- dars maqsad va vazifalarining aniq belgilanishi;
- darsda taʼlim vazifalarining tarbiya vazifalari bilan bogʼliq boʼlishi;
- darsni oʼquv dasturi, oʼquv rejasi talabiga muvofiq tashkil etish;
- dars uchun ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish;
- darsning tashkiliy jihatdan puxta belgilangan boʼlishi;
- darsning jonli, samarali va taʼlim oluvchilarga emotsional taʼsirli boʼlishi uchun taʼlim beruvchining turli xil zamonaviy va ilgʼor taʼlim usullari, vositalari va koʼrgazmali qurollardan, texnika vositalaridan mohirlik bilan foydalana olishi;
- taʼlim beruvchining rahbarlik roli bilan taʼlim oluvchilarning faol bilish faoliyatini birga olib borish;
- darslarning oʼzaro uzviy va dialektik xususiyatga ega boʼlishiga erishish;
- taʼlim oluvchilarning yosh va psixologik, shuningdek, mutaxassislik xususiyatlarini inobatga olish;
- darsda taʼlim oluvchi erkinligini taʼminlashga erishish;
- darsda taʼlim oluvchilarni mustaqil fikrlash hamda oʼz fikrini bayon etishiga undash va imkon yaratish;
- dars davomida taʼlim oluvchilar faoliyatini toʼgʼri tashkillashtirish, muammoli izlanuvchanlik layoqatlarini rivojlantirish;
- dars jarayonida oʼqitishning jamoa, guruhli va yakka tartibdagi shakllarini mos ravishda qoʼshib olib borish;
Asrlar davomida ortirilgan madaniy boyligimiz, xususan, o’zbek milliy xalq amaliy bezak san’atining ganchkorlik, naqqoshlik, yog’och o’ymakorligi, zardo’zlik, kashtachilik, kandakorlik, pichoqchilik, bo’yrachilik kabi turlarining o’ziga xos bajarish texnalogiyasi, xaqiqiy asl nomlari, o’ziga xos maktablari, uslublari, yaratgan ustalarning nomlari asta-sekin yo’qolib ketish xavfi ostida qoldi. Shuning uchun xalqning asrlar bo’yi qilgan ijodiy mehnati natijasida yaratilgan va yaratib kelinayotkan o’zbek xalq amaliy bezak san’atini ko’z qorachig’idek saqlash, qadrlash, ulardan amalda foydalanish, yoshlarga o’rgatish orqali ularning estetik didini o’stirish hamda yuksak madaniyatli kishilar qilib tarbiyalash hozirgi davrimizning muhim vazifalaridan biridir.5 Bu muhim vazifani bajarishda innavatsion texnalogiyalarning o’rni va ahamtayi muhimdir. Chunki bu bugungi kunning talabidir. Zamondan kelib chiqqan holda amaliy san’at va badiiy bezak fannini ham aslini saqlagan holda rivojlantirmoq, zamonga hamohang tarzda olib bormoq kerak.
|
| |