• Talabalarga dizaynni o’rgatishda o’zbek xalq amaliy san’ati vositalardan foydalanishning pedagogik ahamyati.
  • Talabalarga zamonaviy dizaynerlik faoliyatini ko’rinishlarining pedagogik tomonlari




    Download 135,5 Kb.
    bet3/3
    Sana28.05.2024
    Hajmi135,5 Kb.
    #255464
    1   2   3
    Bog'liq
    Dilnavoz kurs ishi

    Talabalarga zamonaviy dizaynerlik faoliyatini ko’rinishlarining pedagogik tomonlari.

    Ma‟lumki, bugungi kunda dizayn san‟atiga xos xususiyatlar va imkoniyatlaridan to„la ravishda foydalanilayotgani yo„q. Bu borada vujudga kelgan muammolar birinchidan, dizaynerlik faoliyatining nihoyatda murakkabligi bo„lsa, ikkinchidan, uning fan-texnika, muhandislik-konstruktorlik, iqtisodiy faoliyat bilan aloqadorligidir. Uchinchidan, jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti bilan chambarchas bog„lanib ketganligidir. Shu boisdan dizaynning nazariy muammolari ko„p qirrali bo„lib, ularni turli nazariy bosqichlarda o„rganib chiqishni taqozo etadi. Ayrim mualliflar «industrial dizayn», «sanoat san‟ati», «sanoat estetikasi» tushunchalarini bir-biridan farqlasalar, boshqa mualliflar esa ularni sinonimlar deb ataydilar. Lekin, estetik va badiiy faoliyatning nisbati to„g„risidagi masala, jumladan, yarim-yorti yoritilgani, dizayn nazariyasi uning amaliyotidan orqada qolayotganligi bilan izohlanadi. Biroq dizayn nazariyasi oldida terminologiyani tartibga keltirishdan ham muhimroq vazifa turibdiki, bularning qay daraja hal etilishiga qarab badiiy konstruksiyalash amaliyoti rivojlanadi. Bu muammolarni chuqur va har tomonlama o„rganmasdan turib, dizaynning ongli ravishda o„zlashtirilgan hamda ma‟lum maqsadga yo„naltirilgan faoliyatini ta‟minlash mumkin emas. Bu esa bevosita pedagogik muammolar sirasiga kiradi. Dizayn san‟ati bilan bog„liq professional faoliyat XIX asrning o„rtalarida Angliyada avj olganligi e‟tirof etilsa-da, san‟at tarixida bu voqelik undan-da oldinroq qayd etilgan. 1826 yilda Amerika nafis san‟atlar akademiyasi qayta tashkil etilib, unga Milliy dizayn akademiyasi nomi berilganligi fikrimizning dalilidir. 1849 yildan boshlab Londonda Dizayn jurnali ("Journal of Dezign") chop etila boshlangan. Dizayn tarixi haqida ko„plab ma‟lumotlar keltirish mumkin. Biroq uning mazmuni auditoriya toifasiga qarab belgilanadi. Maktab yoshidagi o„quvchilarni dizayn tarixi va uning nazariy asoslari bilan tanishtirish uchun taqdim etiladigan ma‟lumotlar hajm hamda bayon usuliga ko„ra ko„p va murakkab bo„lmasligi, ya‟ni dizayn mashg„ulotlarida uning amaliy yo„nalishini ustuvor tarzda tashkil etmoq lozim. Ayni paytda o„quvchi dizayn san‟ati o„zining shakllanish va rivojlanish yo„lida murakkab texnologik jarayonlarni bosib o„tganligi haqida etarli ma‟lumotlarga ega bo„lmog„i lozim.
    Jamiyatimizda yosh avlodni barkamol shaxslar sifatida voyaga yetkazishda professional o„qituvchilarning o„rni ortib bormoqda. Bunda pedagog kadrlarning kasbiy tayyorgarlik ko„lami kengayib borayotganligi muhim ahamiyatga ega bo„lmoqda. Shu ma‟noda bo„lajak boshlang„ich sinf o„qituvchilarining dizaynerlik mahoratini shakllantirish ham ularning kasb tayyorgarligini kengaytirish, ta‟lim – tarbiya jarayonini zamonaviy vositalarga asosan kuchaytirish va ular kasbiy faoliyati samaradorligini oshirish imkonini beradi. Oliy pedagogik ta‟lim jarayonida bo„lajak boshlang„ich sinf o„qituvchilari dizaynerlik mahoratini shakllantirishning didaktik shakllari keng ko„lamlidir. Bizning nazarimizda, bu masalada quyidagilar asosiylari hisoblanadi:
    • dizaynerlik asoslari bo„yicha ta‟lim berish;
    • dizaynerlik malakasi bilan qurollantirish;
    • dizaynerlik vositalari bilan chuqur tanishtirish.
    Dizaynerlik asoslari bo„yicha ta‟lim berishda talabalarda ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlik ko„nikmasini shakllantirish muhim hisoblanadi. Bunda “ilmiy ijodkorlik” talabalarda kashifyot, ixtiro va yangiliklar yaratishni, “texnikaviy ijodkorlik” dizaynerlik mahsulotlari yarata olish va “badiiy ijodkorlik” esa estetik – badiiy materiallar, asarlar yaratish malakasini shakllantirishni anglatadi. Kezi kelganda ta‟kidlash lozimki, har bir talabada muayyan darajada ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlik layoqati mavjud bo„ladi. Bu layoqat umumiy o„rta va o„rta maxsus, kasb – hunar ta‟limi bosqichida shakllanganligini e‟tiborga olish lozim. Oliy pedagogik ta‟lim jarayonida bu layoqat malakaga aylantirilishi kerak.
    • “Dizaynerlik mahorati asoslari” nomli maxsus yoki fakultetiv kursi tashkil qilish vositasida ta‟lim berish. Bunday kurs kutilgan samarani berishi shubhasizdir. Bizning yondoshuvimizga ko„ra, kursning o’quv dasturi quyidagilar bo„yicha nazariy va amaliy ta‟lim berishni qamrab olishi kerak:
    • ilmiy, texnikaviy va badiiy ijodkorlik asoslarini o’rgatish;
    • dizayn mahsulotlari va materiallarini tayyorlash texnologiyasi bilan tanishtirish;
    • ranglar, ramzlar va shakllarning ma‟nosini chuqur tushuntirish;
    • dizaynerlik faoliyati xavfsizligi asoslari bilan qurollantirish. Kursning maqsad va vazifalari bo’lajak o’qituvchilarni o’quvchilarga dizaynerlik mahorati bilan ta‟lim – tarbiya berishga tayyorlashga qaratilishi kerak. Shu ma‟noda talabalar o„quvchilarni dizaynerlik mahorati vositasida tarbiyalash metodlari, yo’llari va priyomlari bilan qurollantirilishi maqsadga muvofiq bo„ladi. Zero, bo„lajak o„qituvchilarga dizaynerlik asoslari bo„yicha ta‟lim berishda oliy ta‟lim muassasasida mavjud shart – sharoitlar va imkoniyatlardan kelib chiqish lozim. Bu masalada oliy ta‟lim muassasalarining texnik va texnologik jihozlanishi talabga javob beradi, ammo ta‟lim beruvchi pedagog kadrlarga ehtiyoj sezilishi mumkin. Bu muammoni dastlabki bosqichiga tegishli mavzularni mutaxassis taklif qilib o„qitish, keyingi bosqichlarda esa yuqorida ta‟kidlangan fanlar bo„yicha saboq beruvchi professor – o„qituvchilarni moslashtirib borish bilan hal etish imkoni bor. Mazkur tajriba A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutida “Boshlang„ich ta‟lim pedagogikasi” fakultetida sinovdan o’tkazilmoqda.
    Dizaynerlik malakasi bilan qurollantirish. Bu masala bo„lajak o„qituvchilarning dizaynerlik mahoratini shakllantirishdagi asosiy vazifalardan biridir. Bizning fikrimizcha, bunda quyidgilar muhim ahamiyatga ega:
    • talabalarni ramzlar ma‟nolari bilan chuqur tanishtirish. Ma‟lumki, dizaynda har bir shakl, rang, chizma, timsol va buyumlar o„z ma‟nolariga ega.1 Kuzatishlar shuni ko„rsatadiki, bu masalada islom davri madaniyatimiz rivojiga munosib hissa qo„shgan tasavvuf ta‟limoti terminologiyasidan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo„ladi.
    Misol uchun, quyidagilarga e‟tibor bering:
    1. “Qora rang” – qiyinchilik va nomukammallik;
    2. “Qizil rang” – farovonlik va mukammallik;
    3. “Yashil rang” – baxtlilik va abadiylik;
    4. “Oq rang” – qudratlilik va mutloqlikni bildiradi va h.k.
    Bundan tashqari, vatandoshimiz Najmiddin Kubro (1145 – 1221) “Favoyih uljamol” (Go„zallikni anglash) asarida ranglarning psixologik ta‟sir ko„rsatuvchanligini shunday ko„rsatib o„tadi:
    1. “Qora rang” – salbiy hissiyot uyg„otadi;
    2. “Qizil rang” – miyada qzo„g„alish hosil qiladi;
    3. “Yashil rang” – umid va ko„tarinki ruh bag„ishlaydi;
    4. “Oq rang” – quvontiradi va zavqlantiradi va h.k.
    Zero, talabalarni dizaynerlik asoslari ma‟nolari bilan chuqur tanishtirish ularda bu boradagi malakaning kutilgan darajada shakllanishiga olib keladi. Talabalarni dizayn materillari tayyorlashga o„rgatish. Bu borada quyidagilarga e‟tibor berish kutilgan samarani beradi:
    1. Talabalarni dizayn mahsulotlari va materiallarining tarkibi, xususiyatlari va ulardan foydalanish qoidalari bilan tanishtirish;
    2. Talabalarni ranglar, yog„och, plastmassa, temir, dizayn ashyolari va umuman moddiy materiallar bilan ishlashga o„rgatish;
    3. Talabalarda mustaqil ijodkorlik ko„nikmasini tarkib toptirish;
    4. Talabalarni o„z ijodiy layoqati, iste‟dodi va qobiliyatini ro„yobga chiqarishga odatlantirish.
    Bo„lajak o„qituvchilarni dizayn materiallari tayyorlash va ulardan foydalanishga o„rgatishda dizayn mutaxassislari, mohir pedagoglar va amaliyotchilar yordamidan unumli foydalanish maqsadga muvofiq bo„ladi.
    Dizaynerlik vositalari bilan chuqur tanishtirish. Oliy pedagogik ta‟lim jarayonida bo„lajak o„qituvchilarni dizaynerlik vositalari bilan maqsadli va kutilgan darajada tanishtirish asosiy vazifalardan biridir. Ushbu masalada quyidagilar muhim ahamiyatga ega:
    • talabalarni loyihalashga o„rgatish. Har qanday dizayn mahsuloti va materiallari maqsadli loyihalashning hosilasidir. Shu ma‟noda o„quvchilar uchun tayyorlanadigan dizayn materiallari tayyorlashda quyidagi talablarga rioya qilish kerak:
    loyiha qulay, oson va tushunarlilikka asoslanishi;
    • loyiha nafis, chiroyli va jalb qiluvchi jihozlarni ishlab chiqarishni nazarda tutishi;
    • loyihani tuzishda real sharoitlar va imkoniyatlar hisobga olinishi;
    • loyihada o„quvchilarning jismoniy, aqliy va psixologik xususiyatlariga mos dizayn – o„quv materiallarini ishlab chiqishni nazarda tutishi lozim va h.k.
    Talabalarni chizishga o„rgatish. Buning uchun quyidagilarga e‟tibor berish lozim:
    • dizayn – o„quv materiallarining eskizini siza olish;
    • dizayn – o„quv materiallari maketini tayyorlay olish;
    • dizayn – o„quv materiallarining rangli va rangsiz suratlarini chiza olish;
    • dizayn – o„quv materiallari eskizi chizmasiga o„zgartirishlar kirita olish va h.k.
    Talabalarni ijod qilishga o„rgatish. Bunda talabalarda quyidagilar shakllanishi lozim:
    • chizish, yozish, bo„yash, yasash va yaratishni bilish;
    • mustaqil ijod qila olish; • yangilik yarata olish;
    • tajribalarni o„zlashtira olish va h.k.
    Zero, bo„lajak o„qituvchilarning dizaynerlik mahoratini shakllantirishda dizaynlikni loyihalash, chizish va ijod qilish vositalari bilan chuqur tanishtirish taqoza etiladi. Shunday qilib oliy pedagogik ta‟lim jarayonida bo„lajak o„qituvchilar dizaynerlik mahoratini shakllantirishning didaktik shakllari va ko„rinishlari o„ziga xos xususiyatlarga ega.
    Bu borada quyidagi xulosalarga kelish mumkin: birinchidan, bo„lajak o„qituvchilar dizaynerlik mahoratini shakllantirishning didaktik shakllari maxsus yondoshishni taqoza etadi; ikkinchidan, bu shakllarning asosiylarini talabalarga dizaynerlik asoslari bo„yicha ta‟lim berish, malaka bilan qurollantirish va dizaynerlik vositalari bilan tanishtirishni tashkil qilish; uchinchidan, mazkur ishni amalga oshirish uchun mamlakatimiz oliy pedagogik ta‟lim muassasalari tashkiliy, texnik, texnologik va professional imkoniyatlarga ega.
    Dizaynerlik bilimlari voqelik to„g„ri aks ettirilgan mulohazalarda ifodalansa, dizaynerlik ko„nikmalari esa ko„proq aqliy va jismoniy harakatlarda aks etadi. Dizaynerlik ko„nikmalari doimo dizaynerlik bilimlarga asoslanib, malakaning negizi hisoblanadi. Dizaynerlik malakalari – yuqori o„zlashtirilganlik darajasiga ega bo„lgan harakatlar majmuasidir; u mashqlar natijasida mustahkamlangan harakat usulidir. O„quvchilarning dizaynerlik bilim, ko„nikma va malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirish o„ziga xos nazariy, pedagogik xususiyatlarga ega.
    Dizayn zamonaviy madaniyatning eng yosh va tez rivojlanayotgan sohalaridan biri hisoblanadi. Dizaynerlik faoliyatida ilmiy va badiiy faoliyat, texnik ijodkorlik sintetik tarzda namoyon bo„ladi, lekin dizayn ularning birontasiga aylanib qolmaydi. San‟at bilan dizayn o„rtasida umumiylik bo„lsa-da, ular estetik faoliyatning ikki xil turlaridir. Badiiy faoliyat u yoki bu ko„rinishida faqat g„oyalargina emas, balki narsalar ishlab chiqarish bilan bog„liq. Shunga ko„ra, dizayner u yoxud bu ishlab chiqarish jamoasida muhandis, konstruktor, texnolog, muhandislik psixologiyasi bo„yicha ma‟lum bir tushunchaga ega bo„lishi lozim. Dizayner ish uslubida ramziylik va falsafiy qarash mujassam bo„lmog„i darkor. Ko„z o„ngimizda namoyon bo„lgan manzara va shakllar aslida zehnimiz ko„zgusida mavjud ma‟lumotlar in‟ikosidir. Albatta, ularni idrok etish va uqmoq natijasida muayyan mazmun va maqsadni anglaymiz. Aks holda ular oddiy bir ko„rinish tarzida xotirada qoladi. Ma‟lumki, maktab o„quvchilarning ijodiy faoliyat qobiliyatlarini shakllantirish o„chog„idir. O„quvchilarning ijodiy faoliyati amaliy san‟at darslarida ham amalga oshirilib, bu jarayonda pedagogik shart-sharoitlar, o„quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatlari vositalari muhim ahamiyatga egadir.
    Vaholanki, amaliy san‟at mashg„ulotlarida o„quvchilarda dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishning maqsad va vazifalarini hal etishda asosiy tashkiliy shakl – bu darsdir. O„quvchilarda dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishni faqat tasviriy san‟at darslarida emas, har qanday fanni o„qitish jarayonida ham amalga oshirish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, ta‟lim va o„quvchilarning ijodiy qobiliyatlari bu yaxlit, bir butun pedagogik jarayondir.
    Dizayn mashg„ulotlari o„quvchilarda ijodiy qobiliyatlarni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega. Zero, turli mavzulardagi amaliy ijodiy asarlari o„quvchilarda tabiatga, vatanga, millatiga, boshqa kishilarga, mehnatga nisbatan ahloqiy-estetik munosabatlar, tushunchalar namoyon bo‟ladi. O„quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini o„quvchining ijodiy ishlarini yaxshi tashkil etish, uyushtirish orqali yuqorida ko„zda tutilgan maqsadlarga erishish mumkin. Bunday darslarning ta‟sirli, sifatli bo„lishi to„garak rahbarining har taraflama puxta tayyorgarligiga bog„liq. Aksincha, rejasiz o„tkaziladigan mashg„ulotlar o„quvchilarning u yoki bu sohaga bo„lgan qiziqishlarini so„ndiradi va zaiflashishiga olib keladi. Bunday muhim talablardan yana biri mashg„ulotlarning o„quvchilarning yoshiga, individual xususiyatlariga va bilim darajalariga mos bo„lishidir.
    O„quvchilarda dizaynerlik qobiliyatini rivojlantirishning asosiy shakllaridan biri “Dizayn to„garagi”dir. Dizayn to„garagining o„ziga xos jihatlaridan, to„garak rahbari o„quvchilar bilan individual ishlashga ko„proq vaqt ajratish lozim Mashg„ulotlarning bosh prinsipi soddadan murakkabga, nazariya bilan amaliyotdagi hamohanglikdir. Mashg„ulotlar mazmunining murakkablashib borishi muayyan guruhlarning dastur materiallarini o„zlashtirish darajasi bilan belgilangan. Xuddi shu omil to„garak rahbari uchun dasturning turli variantlarini (soddalashtirilgan, murakkablashtirilgan, mahalliy sharoitga moslashtirilgan va boshqalar) ishlab chiqish lozimligini taqozo etadi. To„garak mashg„ulotlari uning qatnashchilarini badiiy amaliy yo„nalishdagi kasb–hunar va san‟at maktablari, hamda oliy o„quv yurtlariga kirishlari uchun maxsus tayyorlash faoliyati sifatida ham qo„llanilishi mumkin. Bu holda to„garak mashg„ulotlari mazmunida rangtasvir, qalamtasvir, amaliy san‟at kompozitsiyalaridan maxsus topshiriqlar tizimi ishlab chiqiladi. Yuqoridagi mulohazalardan anglaniladiki, hayotda dizaynga, badiiy ijodga bo„lgan talab yil sayin oshib bormoqda, chunki madaniy hayotda, ishlab chiqarishda, maishiy turmushda va hokazo sohalarda turli mazmundagi o„zgarishlar, yangilanish va yuksalishlar sodir bo„lmoqda.
    Hozirgi sharoitda dizayn tobora umumbashariyat muammolari bo„lgan tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish, inson salomatligini va uni qurshab turgan muhitni himoya qilish vazifalarini bajarishda faol ishtirok etmoqda. Shu boisdan ta‟lim jarayonida o„quvchilarning dizaynerlik qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish ularning kelajakdagi faoliyati, barkamol shaxs sifatidagi kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi.

    1. Talabalarga dizaynni o’rgatishda o’zbek xalq amaliy san’ati vositalardan foydalanishning pedagogik ahamyati.

    Download 135,5 Kb.
    1   2   3




    Download 135,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarga zamonaviy dizaynerlik faoliyatini ko’rinishlarining pedagogik tomonlari

    Download 135,5 Kb.