|
«avtokredit» namunaviy
|
bet | 3/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 68,39 Kb. | | #247178 |
Bog'liq Avtokredit shartnomasi (9)2.2. Maxsus atamalar:
Shartsiz franshiza – Sug‘urta qildiruvchi zararlarining ma’lum qismi bo‘lib, uni qoplab berish bo‘yicha Sug‘urtalovchi javobgar bo‘lmaydi. Shartsiz franshizada Sug‘urtalovchining javobgarligi franshizaning summasi ayirilgan zararning miqdori bilan belgilanadi;
Kutish davri - shartnomada ko‘rsatilgan to‘lov sanasidan boshlab hisoblanadigan, sug‘urta shartnomasida kelishilgan voqea natijasida sodir bo‘lgan zararni qoplashgacha o‘tishi lozim bo‘lgan ketma-ket kalendar kunlari soni – 15 kun (kutish davri - qarz oluvchining olgan kreditini qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish va Garov ta’minotining yetmagan qismi bo‘yicha kreditni qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish tavakkalchiligii bo‘yicha qo‘llaniladi).
Qarzdorning bankrotligi – Sug‘urta muddati/Kutish davri mobaynida iqtisodiy sudi tomonidan Qarzdor Sug‘urta qildiruvchining va boshqa kreditorlarning pul majburiyatlari va (yoki) majburiy to‘lovlar bo‘yicha majburiyatlarni bajarish yuzasidan talablarini to‘liq hajmda qondirishga qobiliyatsizligini tan olinishi.
Sug‘urta qildiruvchi ziyon ko‘rishi ehtimoli – Sug‘urta qildiruvchi ziyon ko‘rishi ehtimoli bo‘lib kredit shartnomasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan, kreditning to‘liq muddati tugaganda sug‘urta hodisasiga olib kelishi mumkin bo‘lgan har qanday shart-sharoit hisoblanadi (Qarzdorning kreditni to‘lashga qobiliyatsizligi, moliyaviy holatining yomonlashishi va sh.k.)
Sug‘urta obyekti – mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha 3 ta tavakkalchilik (tavakkalchiligi) sug‘urtalangan bo‘lib, birinchi tavakkalchiligi bo‘yicha sug‘urta qildiruvchining olgan kreditini qaytara olmasligi bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan mulkiy manfaatlar, ikkinchi tavakkalchiligi bo‘yicha garovga qo‘yilayotgan avtotransport vositalari (1-ilova) bilan bog‘liq bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan mulkiy manfaatlar va uchinchi tavakkalchiligi bo‘yicha garov ta’minotining yetmagan qismi qismi bo‘yicha kreditni qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga zid bo‘lmagan mulkiy manfaatlar hisoblanadi.
|
| |