|
III-Bo‘lim. Garov ta’minotining yetmagan qismi bo‘yicha kreditni qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish
|
bet | 6/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 68,39 Kb. | | #247178 |
Bog'liq Avtokredit shartnomasi (9)4.3. III-Bo‘lim. Garov ta’minotining yetmagan qismi bo‘yicha kreditni qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish.
4.3.1. Quyidagilar sug‘urta hodisasi hisoblanmaydi va tegishlicha sug‘urta tovoni tarkibiga kiritilmaydi:
a) kredit miqdoriga hisoblanadigan har qanday foizlar, penyalar, jarimalar, neustoykalar, olinmay qolgan foyda yoki naf, bank komissiyasi va b., Qarzdor tomonidan kreditning (asosiy qarzning) so‘ndirilmagan, garov bilan yoki boshqa turdagi ta’minot bilan ta’minlanmagan qismi bundan mustasno;
b) Sug‘urta qildiruvchining quyidagilar oqibatida to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita yuzaga kelgan ziyoni:
- Sug‘urta qildiruvchi yoki uning vakillari tomonidan Kredit shartnomasini rasmiylashtirishda/kredit berishda O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga rioya qilmaslik;
- Sug‘urta qildiruvchi yoki uning vakillari tomonidan kredit majburiyatlarining bajarilmasligi;
- valyutalar kursining o‘zgarishi.
4.3.2. Quyidagi holatlar ushbu Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta hodisasi bo‘lib hisoblanmaydi va Sug‘urtalovchi sug‘urta tovoni to‘lamaydi:
a) Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchi Sug‘urta shartnomasini tuzish haqidagi qarorni qabul qilishiga asos bo‘ladigan ma’lumotlarni taqdim etmagan holda sug‘urta qaltisligi haqida hukm chiqarish uchun muhim ahamiyatga ega tavsilotlar haqida noto‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etsa;
b) agar sug‘urta hodisasi Sug‘urta qildiruvchining yoki Qarzdorning sug‘urta hodisasi yuzaga kelishiga yo‘naltirilgan qasddan qilgan harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida sodir bo‘lsa, Sug‘urta qildiruvchi, Qarzdor yoki uchinchi shaxslarning o‘z fuqarolik burchi yoki Sug‘urta qildiruvchi, Qarzdor yoki uchinchi shaxslarning hayoti, sog‘lig‘i, nomusi va sha’nini himoya qilish holatlari bundan mustano;
v) agar Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchini sug‘urta hodisasi to‘g‘rsida o‘z vaqtida xabardor qilmasa;
g) agar Sug‘urta qildiruvchi/Qarzdor ushbu Sug‘urta shartnomasining shartlarini buzsa;
d) agar Sug‘urta qildiruvchi/Qarzdor sug‘urta hodisasi sabablari va tavsilotlarini, shuningdek zarar miqdorini aniqlashda Sug‘urtalovchi ishtirok etishiga to‘sqinlik qilsa;
ye) Sug‘urta qildiruvchining aybi bilan Sug‘urtalovchi subrogatsiya tartibida talab qo‘yish imkoniyati bo‘lmay qolsa;
j) kredit mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha hujjatlar taqdim etilmasa: to‘lov topshiriqnomalari, bajarilgan ishlar to‘g‘risidagi dalolatnomalar, hisob-fakturalar, tovar olinganligi haqida yuk hujjatlari va sh.k.;
z) Qarzdor tomonidan O‘zR amaldagi qonun hujjatlari talablari, litsenziya chaqirtirib olinishiga sabab bo‘lgan belgilangan standartlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar buzilishiga yo‘l qo‘yilishi, mutasaddi idoralar tomonidan Qarzdorning ishlab chiqarish/savdo faoliyati man etilishi natijasida Qarzdor Kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlarini o‘z vaqtida bajara olmasligi;
i) Sug‘urta qildiruvchi tomonidan kredit mablag‘laridan foydalanish ustidan nazorat yo‘qligi yoki Qarzdor kredit mablag‘larini maksadli foydalanmasligi;
k) garov ta’minoti va/yoki boshqa turdagi ta’minot kredit bo‘yicha asosiy qarzning qoldiq qismiga nisbatan olganda yetarli yoki undan oshsa, yoki Qarzdor (yoki uning kafili, garovga qo‘yuvchi) tomonidan kredit shartnomasi yoki Sug‘urta qildiruvchining kredit qo‘mitasi yig‘ilishi bayonida keltirilgan Kredit shartnomasi boshqa ta’minot qo‘ymasligi (o‘z vaqtida qo‘ymasligi);
|
| |