|
«avtokredit» namunaviy
|
bet | 7/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 68,39 Kb. | | #247178 |
Bog'liq Avtokredit shartnomasi (9)4.4. Umumiy istisnolar.
4.4.1. Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchiga (Naf oluvchiga) sug‘urta tovonini to‘lashni rad etishga haqlidir, agar:
- sug‘urtalangan avtotransport vositasi Sug‘urtalovchi bilan yozma kelishuvsiz lizingga, ijaraga yoki garovga berilgan bo‘lsa;
- Sug‘urta qildiruvchi (Naf oluvchi) mazkur shartnomada ko‘zda tutilgan majburiyatlarni bajarmagan bo‘lsa;
- amaldagi qonunchilikka muvofiq sug‘urtalangan avtotransport vositasini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs sug‘urtalangan avtotransport vositasini boshqargan bo‘lsa;
- hodisa to‘g‘risidagi arizada Sug‘urta qildiruvchi yoki uning vakili zararning sabablari va miqdori to‘g‘risida yolg‘on ma’lumot ko‘rsatgan bo‘lsa, shuningdek, agar Sug‘urta qildiruvchi yoki uning vakili hodisaning holatlarini yoki zararning miqdorini tasdiqlash uchun qalbakilashtirilgan hujjatlarni ko‘rsatsa;
-Sug‘urta qildiruvchi yoki uning vakili zararning sabablari va miqdorini aniqlash uchun kerakli hujjatlarni taqdim etmagan bo‘lsa;
-sug‘urta hodisasi sug‘urta shartnomasida ko‘rsatilgan geografik zonadan tashqarida avtotransport vositasidan foydalanganda yuz bergan bo‘lsa.
4.4.2. Agar hodisa quyidagilar oqibatida yuzaga kelgan bo‘lsa, Sug‘urtalovchi sug‘urta tovonini va sug‘urta puli summasini to‘lashdan ozod etiladi:
-avtotransport vositasidan boshqarishga o‘rgatish maqsadida yoki musobaqalarda va sinovlarda ishtirok etish, foydalanish;
-yadroviy portlash, radiatsiya yoki radioaktiv tarqalish ta’sir etishi;
-harbiy harakatlar, manevrlar yoki boshqa harbiy chora-tadbirlar
5. SUG‘URTA QIYMATI, SUG‘URTA PULI, SUG‘URTA MUKOFOTI,
UNI TO‘LASH SHAKLI VA TARTIBI
5.1. AYXANOV ASLIDDIN YODGOR O‘G‘LI va "SNACK LAB" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT o‘rtasida 2024 yil «15» mayda tuzilgan ASDF/132R–sonli kredit shartnomasiga asosan ajratilayotgan kredit summasi: 350 000 000.00 (uch yuz ellik million so'm 00 tiyin) so‘m.
5.2. Garovga qo‘yilayotgan avtotransport vositasining sug‘urta qiymati 300 000 000.00 (uch yuz million so'm 00 tiyin) so‘m.
5.3. Mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urta puli summasi quyidagicha belgilanadi:
a) Qarz oluvchining olgan kreditini qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta puli 350 000 000.00 (uch yuz ellik million so'm 00 tiyin) so‘mni tashkil etadi.
b) Avtotransport vositasining yo‘qotilishi yoki shikastlanishi tavakkalchiligi bo‘yicha sug‘urta puli 300 000 000.00 (uch yuz million so'm 00 tiyin) so‘mni tashkil etadi.
v) Garov ta’minotining yetmagan qismi qismi bo‘yicha kreditni qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta puli 50 000 000.00 (ellik million so'm 00 tiyin) so‘mni tashkil etadi.
5.4. Mazkur shartnoma bo‘yicha umumiy sug‘urta mukofoti (badal) 11 054 793.00 (o'n bir million ellik to'rt ming yetti yuz to'qson uch so'm 00 tiyin)so‘mni tashkil etadi va bir vaqtning o’zida to’lanadi.
5.5. Sug‘urta polisi sug‘urta mukofoti naqd pulsiz to‘langanda Sug‘urtalovchining hisobvarag‘iga kelib tushganidan keyin 3 (uch) bank kuni ichida, naqd pul bilan to‘langanda esa o‘sha vaqtning o‘zida beriladi (2-ilova).
5.6. Agar sug‘urta puli sug‘urta qiymatidan kam qilib belgilangan bo‘lsa, sug‘urtalovchi sug‘urta hodisasi yuz berganida sug‘urta qildiruvchiga (naf oluvchiga) u ko‘rgan zararni sug‘urta pulining sug‘urta qiymatiga bo‘lgan nisbatiga mutanosib ravishda qoplashi shart.
5.7. Mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha barcha hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida (so‘mda) amalga oshiriladi.
|
| |