|
«avtokredit» namunaviy
|
bet | 4/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 68,39 Kb. | | #247178 |
Bog'liq Avtokredit shartnomasi (9)Sug‘urta qiymati – Qarzdor va O‘zbekiston Respublikasida amaldagi qonunchilik normalariga ko‘ra ro‘yxatdan o‘tgan dilerlar (avtosalonlar) o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan avtotransport vositasi qiymati.
Geografik zona – Sug‘urtalovchining majburiyatlari amal qiladigan hudud.
3. SUG‘URTA HODISALARI
Mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha quyidagi tavakkalchiligilar sug‘urta qilinadi:
3-I-Bo‘lim. Qarz oluvchining olgan kreditini qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish - Sug‘urta hodisasi bo‘lib, qarz (kredit) oluvchining kredit summasi va unga hisoblangan foizlarni kredit beruvchiga kredit sharnomasiga asosan qaytarish jadvalida belgilangan muddatda kaytara olamasligi hisoblanadi. Sug‘urtalovchining majburiyati kredit shartnomasida ko‘rsatilgan qaytarish muddati kelganidan so‘ng 15 kun o‘tib yuzaga keladi.
3-II-Bo‘lim. Avtotransport vositasining yo‘qotilishi yoki shikastlanishi - Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchiga yoki Naf oluvchiga mazkur sug‘urta shartnomasiga binoan AYXANOV ASLIDDIN YODGOR O‘G‘LI va "SNACK LAB" MAS'ULIYATI CHEKLANGAN JAMIYAT o‘rtasida 2024 yil «15» mayda tuzilgan ASDF/132R– sonli kredit shartnomasi asosida harid qilinadigan (sug‘urtalangan) avtotransport vositasining olib qochib ketish, o‘g‘irlash, yong‘in, portlash, buyumlarning zarbasi, yo‘l-transport hodisasi (YTH), uchinchi shaxslarning noqonuniy harakatlari va tabiiy ofatlar natijasida yuz bergan jismoniy yo‘qotilishidan yoki shikastlanishidan bevosita zararlarni qoplab beradi.
3-III-Bo‘lim. Garov ta’minotining yetmagan qismi bo‘yicha kreditni qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish- sug‘urta muddatida yuzaga kelgan Qarzdorning bankrotligi yoki Sug‘urta qildiruvchi oldidagi pullik majburiyatini bajarishga qobiliyatsizligi natijasida Sug‘urta qildiruvchiga ziyon yetkazilishiga olib kelgan voqea hisoblanadi.
4. ISTISNOLAR
4.1. I-Bo‘lim. Qarz oluvchining olgan kreditini qaytara olmaslik majburiyatini sug‘urta qilish.
4.1.1. Mazkur sug‘urta shartnomasi bo‘yicha sug‘urtalovchi quyidagi holatlarda Sug‘urta qildiruvchining yuzaga kelgan zararlari bo‘yicha javobgarlik olib bormaydi:
- agar sug‘urta qildiruvchi yoki naf oluvchi o‘z vaqtida sug‘urtalovchini belgilangan muddatda amalga oshirilmagan to‘lovlar bo‘yicha va sug‘urta hodisalari yuzaga kelganda o‘z vaqtida yozma ravishda ogohlantirmagan bo‘lsa;
- naf oluvchining sug‘urta hodisasini keltirib chiqarishga qaratilgan qasddan qilgan harakatlari (kredit olishdagi tovlamachilik, noqonuniy tadbirkorlik, o‘g‘irlik, poraxo‘rlik, firibgarlik, hokimiyat yoki mansab vakolatlarini suiste’mol qilish, yolg‘on, soxta bankrotlik).
4.1.2. Sug‘urtalovchi quyidagi holatlarda sug‘urta qildiruvchiga/naf oluvchiga sug‘urta tovonini to‘lamaslik huquqiga ega:
- mazkur sug‘urta shartnomasi amalda bo‘lgan davrda naf oluvchi sug‘urtalovchi bilan kelishmasdan, uning yozma roziligini olmasdan kreditni (qarzni) qaytarish grafiklarini (to‘lashning oxirgi sanasi, summasi) o‘zgartirsa, unga o‘zgartirish kiritsa yoki boshqa shartlariga qo‘shimcha yoki o‘zgartirishlar kiritsa;
- bank (qarz beruvchi) kredit shartnomasi shartlarini bajarmasa, shuningdek qarz oluvchida kreditni qaytarish imkoniyati bo‘la turib, bank tomonidan qarzni kredit shartnomasida ko‘rsatib o‘tilgan vaqtda va miqdorda undirish (talabnoma berish) choralari ko‘rilmagan bo‘lsa.
4.1.3. Sug‘urta quyidagilarga nisbatan tadbiq etilmaydi:
- kredit shartnomasi asosida hisoblangan har qanday kreditdan foydalanganlik uchun qarz oluvchining kredit shartnomasi shartlarini bajarmaganligi uchun hisoblangan penya, jarima va boshqa pul mablag‘lari;
- sug‘urta qildiruvchining (qarz oluvchining) sudda o‘z huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq harajatlari, shu jumladan sud xarajatlari;
- sug‘urta qildiruvchining (qarz oluvchining) ning kredit summasini qaytarishda adashib boshqa schetlarga o‘tkazishi yoki shu bilan bog‘liq noto‘g‘ri amalga oshirilgan o‘tkazmalardan ko‘rilgan zararlar.
|
| |