|
TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
|
bet | 14/15 | Sana | 21.05.2024 | Hajmi | 68,39 Kb. | | #247178 |
Bog'liq Avtokredit shartnomasi (9)10. TOMONLARNING JAVOBGARLIGI
10.1. O‘z zimmasiga olingan majburiyatlarning bajarilmasligi yoki tegishlicha bajarilmasligi uchun tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgar bo‘ladi.
10.2. Sug‘urta mukofoti o‘z vaqtida to‘lanmagan holda Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchiga har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lanmagan sug‘urta mukofotining (to‘lovning) summasidan 0,1% miqdorda, lekin ko‘pi bilan muddati o‘tgan summaning 20% dan oshmagan miqdorda penyani to‘laydi.
10.3. Sug‘urta qildiruvchiga (Naf oluvchiga) to‘lanishi lozim bo‘lgan sug‘urta to‘lovlarining kechiktirilishi uchun, Sug‘urtalovchi Sug‘urta qildiruvchiga (Naf oluvchiga) har bir kechiktirilgan kun uchun to‘lanmagan sug‘urta puli summasidan 0,1% miqdorda, lekin ko‘pi bilan mazkur shartnoma bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan summaning 20% dan oshmagan miqdorda penyani to‘laydi.
10.4. Mazkur shartnoma bo‘yicha zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishdan asossiz qisman yoki to‘liq voz kechishi uchun o‘z majburiyatlarini buzgan tomon boshqa tomonga o‘zi uni to‘lashdan voz kechgan yoki bosh tortgan summadan 15 % miqdorida jarima to‘laydi.
10.5. Agar tomonlarning ushbu shartnoma bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasligi yengib bo‘lmaydigan kuchdagi holatlar tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, ular javobgarlikdan ozod qilinadi (fors-major). Yengib bo‘lmaydigan kuchdagi holatlar ta’siriga uchragan tomon boshqa tomonni ushbu holatlarning yuzaga kelganligi va ehtimoliy davom etish muddati to‘g‘risida zudlik bilan ogohlantirishi lozim.
11. BOSHQA SHARTLAR
11.1. Yuridik shaxs bo‘lgan Sug‘urta qildiruvchining qayta tashkil etilishi holatida hamda jismoniy shaxs bulgan Sug‘urta qildiruvchi vafot etsa sug‘urta shartnomasi bo‘yicha huquqlar va majburiyatlar uning huquqiy vorisiga o‘tadi, Sug‘urta qildiruvchi Sug‘urtalovchiga bu haqda yozma holda bildiradi.
11.1.1. Sug‘urtalangan avtotransport vositasiga mulk huquqlari sug‘urta shartnomasi uning manfaatida tuzilgan shaxsdan boshqa shaxsga o‘tganda, shartnoma bo‘yicha huquqlar va majburiyatlar ham avtotransport vositasi bo‘yicha huquqlar o‘tgan shaxsga o‘tadi. Huquqlar unga o‘tkazilgan shaxs Sug‘urtalovchini bu haqda 3 kunlik muddatda yozma tarzda xabardor etishi lozim.
11.2. Sug‘urta shartnomasi bo‘yicha huquqlar va majburiyatlarning uchinchi shaxsga o‘tkazilishiga tomonlarning yozma roziligisiz yo‘l qo‘yilmaydi.
11.3. Har bir sug‘urta hodisasi bo‘yicha va har bir avtotransport vositasi bo‘yicha shartsiz franshizaning miqdori har bir avtotransport vositasining sug‘urta puli summasidan kelib chiqib belgilanishi mumkin.
11.4. Tomonlar fors-major holatlari amal qilish davrida sug‘urta shartnomasi bo‘yicha o‘z majburiyatlarining qisman yoki to‘liq bajarilmasligi uchun javobgar bo‘lmaydi.
11.5. Fors-major holatlariga quyidagilar kiradi: urush va harbiy harakatlar, ish tashlashlar, blokadalar, davlat tashkilotlarining va davlatlar orasidagi cheklov va taqiqlash chora-tadbirlari.
11.6. Fors-major holatlar yuzaga kelishi to‘g‘risida tomonlar bir-birini yozma tarzda xabardor qiladi.
11.7. Fors-major holatlar yuzaga kelgan holda, tomonlarning majburiyatlarini bajarishi muddati fors-major holatlari amal qilgan vaqtga mutanosib holda kechiktiriladi.
11.8. Mazkur shartnomada ta’riflanmagan barcha masalalar bo‘yicha tomonlar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga tayanadi.
|
| |