• 8.4. Sug‘urtalovchi quyidagilarga majbur
  • Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega




    Download 68,39 Kb.
    bet11/15
    Sana21.05.2024
    Hajmi68,39 Kb.
    #247178
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
    Bog'liq
    Avtokredit shartnomasi (9)

    8.3. Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega:
    8.3.1. Sug‘urta shartnomasining amal qilishi davrida sug‘urtalangan avtotransport vositasining holatini (3-ilova) va qiymatini, shuningdek Sug‘urta qildiruvchi tomonidan avtotransport vositasi to‘g‘risida bildirilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini tekshirish.
    8.3.2. Sug‘urta qildiruvchidan sug‘urta hodisasi to‘g‘risidagi yozma xabarnomani kutmay, sug‘urta hodisasi bilan yetkazilgan zararlarni ko‘rib chiqishga va baholashga kirishish.
    8.3.3. Sug‘urta hodisasi yuzaga kelganda tavakkalchilikning darajasini tavsiflaydigan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish.
    8.3.4. Sug‘urta hodisasi yuzaga kelganligi holatini va sabablarini tasdiqlovchi to‘liq ma’lumot va kerakli hujjatlar olinishigacha, shuningdek hodisa yuzaga kelishi holati bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilishi holatida - vakolatli organlar tomonidan tegishli qaror qabul qilinishi paytigacha sug‘urta tovonini to‘lashni kechiktirish.
    8.3.5. Agar u sug‘urta tavakkalchiligining ortishiga olib keluvchi holatlar to‘g‘risida xabardor etilgan bo‘lsa, o‘zaro qo‘shimcha bitimni imzolash orqali sug‘urta shartnomasining shartlarini o‘zgartirish yoki sug‘urta shartnomasini bekor qilish.
    8.4. Sug‘urtalovchi quyidagilarga majbur:
    8.4.1. Sug‘urta polisini ushbu shartnomada belgilangan muddatda berish.
    8.4.2. Barcha kerakli hujjatlar olinishidan va sug‘urta hodisa yuzaga kelganligi holati e’tirof etilganidan keyin 10 kunlik muddatda sug‘urta tovonini to‘lash.
    8.4.3. Sug‘urta qildiruvchi, Naf oluvchi bilan munosabatlarda maxfiylikni ta’minlash.
    8.4.4. Sug‘urta tovonini to‘lashdan avval Naf oluvchini bu haqda yozma ogohlantirish.
    8.5. Naf oluvchi quyidagi huquqlarga ega:
    8.5.1. Sug‘urta tovoni summasidan o‘z talablarini ustuvor tarzda, lekin Sug‘urta qildiruvchining qarz bo‘yicha Naf oluvchining oldida qarzdorligi summasidan oshmagan holda qondirish.
    8.6. Naf oluvchi quyidagilarga majbur:
    8.6.1. Sug‘urtalovchini kredit shartnomasining uzaytirilishi to‘g‘risida, shuningdek Sug‘urta qildiruvchi tomonidan kreditning muddatidan ilgari qoplanishi to‘g‘risida xabardor etish.



    Download 68,39 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




    Download 68,39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sug‘urtalovchi quyidagi huquqlarga ega

    Download 68,39 Kb.