|
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filali dasturlash fanidan Mustaqil ish Mavzu
|
bet | 1/8 | Sana | 21.11.2023 | Hajmi | 0,54 Mb. | | #102466 |
Bog'liq 2-mustaqil ish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI URGANCH FILALI
Dasturlash 1 fanidan
Mustaqil ish 2
Mavzu: Takrorlanuvchi jarayonlarni tashkil etish(Algoritm va dastur)
Gurux: 972-21
Topshirdi: Normuminov Muhriddin
Fan o’qituvchisi:______________________
Urganch 2022
Navzu: Takrorlanuvchi jarayonlarni tashkil etish(Algoritm va dastur)
Reja:
Takrorlanish operatorlariga kirish. Takrorlanuvchi jarayonlar; Parametrli takrorlash; do-while takrorlash operatori;
Annotatsiya:
Ushubu ma’ruzada keltirilgan materiallar C++ dasturlash tilida muhim ahamiyatga ega bo’lgan takrorlash operatorlari, takrorlanish jarayonini qanday tashkil etish usullariga bag’ishlangan. Ma’ruzada ana shu takrorlanish jarayonini tashkil etuvch takrorlash operatorlarining turlari hamda ularning qo’llanilish usullari haqida batavfsil yoritilgan. Takrorlach operatolari ishida ba’zan ma’lum bir qiymatlar uchun biror qism bajarilmasligi zarur bo’lib qolganda yordamga kelgan o’tish operatorlari haqida ham ma’lumotlar berilgan. Amaliy masalalar yordamida barcha takrorlash operatorlari aniq va to’liq tushuntirilgan.
Kalit so’zlar: takrorlash, takrorlash tanasi, итерация, takrorlanish, parametrli, shartoldi takrorlash, shartkeyin takrorlash.
Takrorlanish operatorlariga kirish
Har qanday dasturning strukturasi tarmoqlanish va takrorlanishlar to‘plamining kombinatsiyasidan iborat bo‘ladi. Qator masalalarni yechish uchun ko‘pincha bitta amalni bir necha marotaba bajarish talab qilinadi. Amaliyotda bu rekursiyalar va iterativ algoritmlar yordamida amalga oshiriladi. Iterativ jarayonlar – bu operatsiyalar ketma-ketligini zaruriy sonda takrorlanishidir. Takrorlanuvchi algoritmli dasturlarda aniq bir yoki bir necha amallar takror va takror bajarilish imkoniyati ko’zda tutilgan bo’ladi. Takrorlanishni amalga oshirilishi uchun dasturlash titlining takrorlash operatorlaridan foydalanish mumkin bo’ladi. C++ dasturlash tilida takrorlash operatorlarining bir necha turi mavjud. Takrorlash operatorlari “takrorlash sharti” deb nomlanuvchi ifodaning rost qiymatida dasturning ma’lum bir qismidagi operatorlarni (takrorlash tanasini) ko’p marta takror pavishda bajaradi.
Takrorlash o’zining kirish va chiqish nuqtalariga ega, lekin chiqish nuqtasi bo’lmasligi mumkin, Bunday takrorlashlarga cheksiz takrorlash deyladi. Cheksiz takrorlash uchun takrorlashni davom ettirish sharti doimo rost bo’ladi.
Takrorlash shartini tekshirish takrorlash tanasidagi operatorlarni bajarishda oldin tekshirilishi mumkin (for, while operatolari) yoki tanasidagi operatorlar bir marta bajarilgandan keyin tekshirilishi mumkin (do-while operatori).
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O‘zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti urganch filali dasturlash fanidan Mustaqil ish Mavzu
|