• I. Shartnoma predmeti
  • II. Tomonlarning vazifalari
  • III. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
  • IV. Tomonlarning javobgarligi
  • VI. Shartnomaning amal qilish muddati
  • Muborak tumani (shahar) hokimi _________________ M.Q.Hayitmurodov Ota-ona
  • _____________________ M.O.Jorayev
  • O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda maktabni tamomlagandan so‘ng ularning bandligini ta’minlash yuzasidan hokim, ota-ona va maktab direktori o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma namunasi




    Download 8.79 Kb.
    Sana04.03.2024
    Hajmi8.79 Kb.
    #166449
    Bog'liq
    3-ilova (2)1
    Бекітемін, xokimiyatga, Sinf rahbar daftari 2022 yil, Bayon mavzusi taqdimoti, scenariy-proshchay osen 2012, Концепция.docx 4312 ПК, Kenjayeva Lola 4, 5-mavzu. Ko‘pyoqliklarning tekislik va to‘G‘ri chiziq bilan kes, ПФ-27 (1), Пардаев Бобомурод, O G O H L A N T I R I SH X A T I, miko oz bet ornatilgan, Ahrorov Muhammad yusuf, 1-tema.Mantiqiy amallar va ifodalar, Tuxtanazarov Ilxom Ibragimjanovich

    O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda maktabni tamomlagandan so‘ng ularning bandligini ta’minlash yuzasidan hokim, ota-ona va maktab direktori o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma namunasi
    2024-yil “18”-Yanvar
    13-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi (keyingi o‘rinlarda – Maktab) bir tomondan Ustav asosida ish yurituvchi direktor M.Jo'rayev ikkinchi tomondan Muborak tuman (shahar) hokimi M.Q.Hayitmurodov (keyingi o‘rinlarda – hokim), uchinchi tomondan ota-ona (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) (keyingi o‘rinlarda – ota-ona) birgalikda 10-sinf o‘quvchisi __________________________________________ ga ta’lim-tarbiya berish,
    kasb-hunar o‘rgatish va maktabni bitirgandan so‘ng bandligini ta’minlashni tashkil etish maqsadida mazkur shartnoma quyidagilar haqida tuzildi:


    I. Shartnoma predmeti
    1. Mazkur shartnomada Maktab tomonidan o‘quvchiga ta’lim berish bilan birgalikda kasb-hunar o‘rgatish jarayonini tashkil etish, hokim tomonidan maktabda kasb-hunar o‘rgatish uchun zarur sharoitlar yaratish, o‘quvchining maktabni tamomlaganidan so‘ng bandligini ta’minlash hamda ota-ona tomonidan farzandiga ta’lim-tarbiya bilan birgalikda kasb-hunar o‘rganishini ta’minlash borasidagi vazifalari belgilanadi.


    II. Tomonlarning vazifalari
    2. Maktab quyidagi vazifalarni o‘z zimmasiga oladi:
    o‘quvchining qiziqishlari va kasbiy moyilligini aniqlash yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazib, natijalarini ota-onalarga taqdim etadi.
    ta’lim-tarbiya va kasb-hunar o‘rgatish jarayonini tashkil etadi;
    o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish uchun tegishli soha mutaxassisi (o‘qituvchi, tadbirkor, usta, hunarmand va boshqalar)ni jalb etadi;
    o‘quvchilarga kasb-hunar sohasi bo‘yicha mutaxassis tomonidan dars mashg‘ulotlarining o‘z vaqtida sifatli o‘tilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi;
    kasb-hunar bo‘yicha o‘tilgan dars mashg‘ulotlarini (elektron) jurnalda o‘z vaqtida qayd etib borilishini ta’minlaydi;
    o‘quvchilarga kasb-hunar o‘rgatish uchun xona ajratadi;
    Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi va uning hududiy, tuman (shahar) bo‘linmalari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlarining o‘quvchilarni kasb-hunarga o‘rgatish borasidagi ko‘rsatmalari ijrosini ta’minlaydi;
    ta’lim-tarbiya jarayonini belgilangan tartibda sanitariya normalari va qoidalariga,
    gigiena normativlariga hamda xavfsizlik qoidalariga muvofiq tashkil etadi;
    texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilinishini ta’minlaydi.
    3. Hokim quyidagi vazifalarni o‘z zimmasiga oladi:
    maktabda o‘quvchilarning kasb-hunar o‘rganishlari uchun sharoitlar yaratib berishni;
    kasb-hunar o‘rgatish uchun tadbirkorlarni jalb qilishni;
    o‘quv yili davomida maktablarga kasb-hunar mashg‘ulotlarida zarur bo‘lgan
    xom-ashyolar bilan ta’minlash uchun mahalliy budjetdan mablag‘lar ajratishni;
    umumiy o‘rta ta’lim maktablari bitiruvchilari bandligini ta’minlashni.
    4. Ota-onalar quyidagi vazifalarni o‘z zimmasiga oladi:
    farzandining maktabga o‘z vaqtida kelishini;
    farzandining kasb-hunar egallashini nazorat qilishni;
    farzandining jismoniy va ruhiy sog‘lom bo‘lishini.


    III. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish tartibi
    5. Shartnomaga tomonlarning kelishuviga ko‘ra yozma ravishda o‘zgartirish
    va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin.
    6. Shartnoma bekor bo‘lishining umumiy asoslaridan tashqari quyidagi hollarda bekor bo‘lishi mumkin:
    tomonlarning o‘zaro roziligi;
    tomonlarning biri shartnoma shartlarini bajarmaganida.


    IV. Tomonlarning javobgarligi
    7. Mazkur shartnomada belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki yetarli darajada bajarmaganlik uchun tomonlarning javobgarligi amaldagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.


    V. Nizolarni hal qilish tartibi
    8. Shartnoma yuzasidan tomonlar o‘rtasida kelib chiqadigan nizo va ziddiyatlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra hal qilinadi.
    9. Tomonlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra bartaraf qilinmasa, tegishli tartibda qonun normalari asosida sud tartibida hal qilinadi.


    VI. Shartnomaning amal qilish muddati
    10. Shartnoma tomonlar imzolagan kundan boshlab kuchga kiradi va nomuayyan muddatgacha amalda bo‘ladi. Ushbu shartnoma uch nusxada o'zbek tilida tuzildi va ular bir xil kuchga ega.





    Muborak tumani (shahar) hokimi
    _________________
    M.Q.Hayitmurodov



    Ota-ona:


    _____________________
    _____________________



    13-sonli umumta’lim maktabi direktori
    _____________________
    M.O.Jo'rayev

    Download 8.79 Kb.




    Download 8.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish hamda maktabni tamomlagandan so‘ng ularning bandligini ta’minlash yuzasidan hokim, ota-ona va maktab direktori o‘rtasida tuziladigan uch tomonlama shartnoma namunasi

    Download 8.79 Kb.