• 4-jadval “Ipoteka-bank” ATIB kredit mablag’lari so’ndirish muddati
  • 3-mavzu. Bank tomonidan xo‘jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili Korporativ mijozlarni kreditlash.
  • Lizing xizmatlari
  • -rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning kapital yetarliligi ko’rsatkichi dinamikasi6




    Download 113,1 Kb.
    bet3/10
    Sana24.09.2024
    Hajmi113,1 Kb.
    #272195
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Amaliyot hisobot 21

    2-rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning kapital yetarliligi ko’rsatkichi dinamikasi6
    Yuqoridagi 2-rasmda biz banking 2019 yildan 2022 yillar oralig’idagi Kapital yetarliligi (CAR) ko’rsatkichi dinamikasini ko’rishimiz mumkin. Kapitalning etarlilik koeffitsienti (CAR) bankning o'z majburiyatlarini qanchalik to'g'ri bajara olishining ko'rsatkichidir. Koeffitsient kapitalni risk bilan o'lchangan aktivlar bilan taqqoslaydi va bankning muvaffaqiyatsizlik xavfini aniqlash uchun tartibga soluvchi organlar tomonidan kuzatiladi.
    Quyidagi 4-jadvalda biz banking kreditlari muddatlarini ko’rishimiz mumkin. Jadvaldan yaqqol ko’rinib turibtiki asosiy kreditlarni 2 yildan ortiq kreditlar egallab turibti. Bu esa bank uchun ijobiy ko’rsatkich hisoblanadi.
    4-jadval
    Ipoteka-bank” ATIB kredit mablag’lari so’ndirish muddati
    mln. so’m

    So'ndirish muddati

    Mijozlarga berilgan kredit va lizinglar

    Shundan, jismoniy shaxslarga berilgan kredit va lizinglar

    Sud jarayonidagi kredit va lizinglar

    Muddatsiz

    731 949

    14 064

    93 607

    1 dan 30 gacha

    555 989

    2 728

    -

    31 dan 90 gacha

    2 072 939

    18 011

    -

    91 dan 180 gacha

    3 154 859

    44 133 406

    -

    181 dan 365 gacha

    4 553 154

    129 880

    -

    366 dan 730 gacha

    4 967 573

    729 036

    -

    2 yildan ortiq

    20 146 117

    20 254 413

    -

    Jami

    36 204 586

    21 192 292

    93 607




    3-rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning NPL ko’rsatkichi tahlili
    Yuqoridagi 3-rsamda “Ipoteka-bank” ATIBning NPL ko’rsatkichi tahlilini ko’rishimiz mumkin. 2019 yildan 2022 yilga ko’rsatkich o’sib brogan va bu bank uchun salbiy holat hisoblanadi. 2019 yilda NPL 0,8% ga teng bo’lgan bo’lsa, 2022 yilga kelib bu 4,4% gacha yetgan. Bu degani shu davr mobaynida ko’rsatkich deyarli 5 baravarga ortgan. Bunga sabab qilib pandemiya sharoitlarini ko’rsatishimiz mumkin.
    3-mavzu. Bank tomonidan xo‘jalik subyektlarini kreditlash tartibi va mijozni kreditga layoqatliligini baholash tahlili
    Korporativ mijozlarni kreditlash.
    Bank turli sohalarda faoliyat yurituvchi korporativ mijozlarga moliyaviy yordam ko'rsatish bo'yicha uzoq muddatli tajribaga ega. Xususan, Bank, Ishlab chiqarish, qurilish va boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi korporativ mijozlarni qo'llab-quvvatlash va biznesni rivojlantirish maqsadida qisqa va uzoq muddatli kreditlar taklif etadi.
    Ipoteka-bank kreditlari korporativ mijozlarning talablariga moslashtirilgan bo'lib, ularning biznes faoliyatini davomiy rivojlanishiga qo'shimcha moliyaviy imkoniyatlar yaratish uchun mo'ljallangan. Bank moliyaviy ko'mak taqdim qilishdan tashqari, biznes loyihalaning mohiyatidan kelib chiqib, korporativ mijozlarga kompleks yechimlarni taklif qiladi.
    Kredit olish uchun kerakli hujjatlar
    • Kredit olish uchun ariza
    Biznes-reja
    • Moliyaviy hisobotlar
    • Ta’minot hujjatlari
    Bank, zaruratdan kelib chiqib, boshqa hujjatlar talab qilishi mumkin.
    Moliya institutlarning kredit liniyalari. Bank tomonidan korporativ mijozlarning turli xil sohalardagi biznes faoliyatini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qator xalqaro moliya institutlari va xorijiy banklar Commerzbank AG, ODDO BHF, Landesbank AG, Credit Suisse AG, Raiffeisen Bank International AG, Korea Exim Banks kredit liniyalari jalb qilingan bo'lib, mijozlarning ehtiyojlariga moslashtirilgan kredit turlarini kengaytirish maqsadida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish ishlari olib borilmoqda.
    Lizing xizmatlari
    Lizing mijozlarning mavjud operatsiyalarni lizing taqdim etish orqali kengaytirish, modernizatsiya qilish yoki yangi biznes yo'nalishlarini yo'lga qo'yich uchun uskunalar, mashinalar va transport vositalaridek muhim aktivlarni qulay shartlarda sotib olish imkonini beradi. Ipoteka-bank imtiyozli shartlarda avtotransport vositalari, ko‘chmas mulk, uskunalar, ixtisoslashtirilgan texnika qatorida keng turdagi lizing mahsulotlarini taklif etadi. Lizing xizmatlaridan bankning O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab barcha filiallarida foydalanish mumkin.
    Lizing orqali moliyalashtirish bir qator afzalliklarni beradi:
    • Lizing ob'ekti lizing oluvchining balansida hisobga olinadi, lizing ob'ekti mulk solig'idan ozod qilinadi.
    • Potentsial soliq imtiyozlarini taqdim etilganda lizing ob'ektining tezlashtirilgan amortizatsiyasi imkoniyati mavjud.
    • O‘zbekiston Respublikasida lizing shartlari bo‘yicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalarga bojxona to‘lovlari va qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan imtiyozlar beriladi.
    Ushbu afzalliklar lizingni soliq ta’sirini va import bilan bog’liq xarajatlarni minimallashtirish bilan birga aktivlarni sotib olmoqchi bo’lgan korxonalar uchun jozibador moliyalashtirish turi hisoblanadi.

    Download 113,1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 113,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning kapital yetarliligi ko’rsatkichi dinamikasi6

    Download 113,1 Kb.