• Jami foizli daromadlar 4 890 358 6 427 305
  • Jami foizsiz daromadlar 1 506 736 3 512 696
  • 5-rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning CIR 8 ko’rsatkichi tahlili 6-jadval “Ipoteka-bank” ATIB xarajatlari dinamikasi 9
  • 6-rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning ROE ko’rsatkichi dinamikasi 10
  • 7-mavzu. Tijorat banklarining yangi xizmat turlari va uning qo‘llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish.
  • Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish (EIRB) siyosati.
  • -rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning sof foizli marja ko’rsatkichi tahlili




    Download 113,1 Kb.
    bet9/10
    Sana24.09.2024
    Hajmi113,1 Kb.
    #272195
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Amaliyot hisobot 21

    4-rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning sof foizli marja ko’rsatkichi tahlili

    5-jadval
    Ipoteka-bank” ATIB daromadlari dinamikasi7
    mln. so’m


    Daromadlar

    01.01.2022

    01.01.2023

    01.01.2024

    1

    Markaziy bankdagi va boshqa banklardagi hisobvaraqalar bo'yicha foizli daromad

    162 934

    141 959

    332 574

    2

    Qimmatli qog'ozlar va ularga qilingan investitsiyalar bo'yicha foizli daromad

    117 418

    465 271

    555 976

    3

    Kredit va lizing operatsiyalari bo'yicha foizlar

    3 188 621

    3 873 309

    4 615 083

    4

    Boshqa foizli daromadlar

    1 421 379

    1 946 764

    2 355 794

    5

    Jami foizli daromadlar

    4 890 358

    6 427 305

    7 859 428

    6

    Ko'rsatilgan xizmatlar va vositachilik daromadlari

    389 624

    463 191

    436 390

    7

    Xorijiy valyutalardagi foyda

    346 963

    1 631 043

    841 185

    8

    Aktivlar bo'yicha ehtimoliy yo'qotishlarga qarshi zaxiralardan qaytarilishi

    631 544

    1 147 390

    1 496 144

    9

    Boshqa foizsiz daromadlar

    767 496

    1 411 240

    119 501

    10

    Jami foizsiz daromadlar

    1 506 736

    3 512 696

    2 903 197

    11

    Soliq to'langunga qadar sof foyda

    888 616

    1 432 263

    1 007 569

    12

    Sof foyda

    693 720

    1 156 476

    818 937

    Yuqoridagi 5-jadvalda “Ipoteka-bank” ATIB daromadlari turlari va ularning 2022, 2023 va 2024 yil boshlariga hajmini ko’rishimiz mumkin. Birincha o’rinda asosiy ko’rsatkichlarga e’tibor beradigan bo’lsak, jami foizli va foizsiz daromadlar berilgan yillarda bir maromda o’sib borgan. Ikki ko’rsatkich mos ravishda eng yuqori ko’rsatkichlarini 7 859 428 va 2 903 197 mln. so’mga yetgan. Soliq to’langunga qadar sof foyda ko’rsatkichida tebranish yuz bergan va umumiy holda 2022 yilga nisbatan deyarli 14% ga oshgan. Shu holat sof foyda bilan ham yuz bergan va bu ko’rsatkich 2024 yilda 818 937 mln. so’mga yetgan.




    5-rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning CIR8 ko’rsatkichi tahlili

    6-jadval
    Ipoteka-bank” ATIB xarajatlari dinamikasi9
    mln. so’m


    Xarajatlar

    01.01.2022

    01.01.2023

    01.01.2024

    1

    Depozitlar bo'yicha foizli xarajatlar

    731 106

    1 108 874

    1 458 843

    2

    Markaziy bankdagi va boshqa banklarning hisobvaraqalari bo'yicha foizli xarajat

    57 628

    79 552

    130 035

    3

    Kreditlar bo'yicha foizli xarajatlar

    815 797

    625 682

    783 011

    4

    Boshqa foizli xarajatlar

    1 430 647

    2 283 169

    2 679 019

    5

    Jami foizli xarajatlar

    2 994 503

    4 017 726

    4 920 874

    6

    Ko'rsatilgan xizmatlar va vositachilik xarajatlari

    107 082

    114 656

    109 432

    7

    Xorijiy valyutalardagi zararlar

    256 776

    1 506 970

    680 388

    8

    Boshqa foizsiz xarajatlar

    60

    1 484

    19 085

    10

    Jami foizsiz xarajatlar

    363 919

    1 623 111

    808 906

    11

    Bank xizmatchilariga ish haqi va boshqa xarajatlar

    563 506

    761 407

    902 671

    12

    Ijara va ta'minot xarajatlari

    66 195

    77 210

    95 192

    13

    Eskirish xarajatlari

    63 804

    82 968

    106 109

    14

    Jami operatsion xarajatlar

    810 811

    1 051 952

    1 261 876

    Yuqoridagi 6-jadvalda “Ipoteka-bank” ATIB xarajatlari tarkibi va ularning 2022, 2023 va 2024 yil boshlariga hajmini ko’rishimiz mumkin. Birincha o’rinda asosiy ko’rsatkichlarga e’tibor beradigan bo’lsak, jami foizli, foizsiz va operatsion xarjatlar berilgan yillarda bir maromda o’sib borgan. Har ko’rsatkich mos ravishda eng yuqori ko’rsatkichlarini 4 920 874, 808 906 va 1 261 876 mln. so’mga yetgan.





    6-rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning ROE ko’rsatkichi dinamikasi10
    Yuqoridagi 6-rasmda biz banking 2019 yildan 2022 yillar oralig’idagi ROE ko’rsatkichi dinamikasini ko’rishimiz mumkin. ROE – bu soliq to‘langunga qadar sof foydaning jami kapitalga nisbati hisoblanadi. Ko’rsatkich 2019 yildagi 11,9% dan 2022 yil boshiga qadar deyarli 20% ko’tariligan. Ammo orada 2023 yildagi o’sishga qaramay, 2021 yilda 13,1% dan 10,7% gacha tushgan.

    7-mavzu. Tijorat banklarining yangi xizmat turlari va uning qo‘llanilish amaliyoti hamda xorijiy davlatlarning ayni shu tizimdagi ko‘rsatkichlari bilan qiyosiy tahlilini amalga oshirish.
    Ipoteka bank mobil bank ilovasi – “Ipoteka Retail”.
    “Ipoteka-Retail” mobil ilovasi qulay mobil banki hisoblanadi. Mobil ilova orqali quyidagi imkoniyatlardan foydalanish mumkin:
    ● Toʼlovlarni amalga oshirish - kommunal xizmatlar uchun, budjet toʼlovlari, kredit, sugʼurta, jarimalar, internet provayderlar, uyali aloqa va statsionar telefonlar uchun, hayriya, transport hamda QR kod orqali toʼlovlar;
    ● Elektron hamyon - komissiyasiz pul oʼtkazmalari, konversiya amaliyotlari;
    ● Online–mikroqarz -ikki daqiqa ichida bank mijozlari uchun hech qanday hujjatlarsiz onlayn mikroqarz olish imkoniyati;
    ● P2P - Humo va Uzcard kartalari orqali pul oʼtkazmalari;
    ● Bank kartalari - kartani bir lahzada bloklash, muddati tugagan, yoʼqolgan yoki shikastlangan bank kartalarini yangisiga almashtirish uchun buyurtma berish, kartalarni boshqarish, tushum va harajatlar monitoringini olib borish;
    ● Omonat - Bank kartasi yoki elektron hamyondagi mablagʼlaringizni muddatli omonatlarga joylashtiring va qoʼshimcha daromadga ega boʼling;
    ● Kreditlarni boshqarish - Ipoteka–bankdagi barcha kreditlaringiz haqida batafsil maʼlumotga ega boʼlish va ular boʼyicha toʼlovlarni amalga oshirish;
    ● Elektron hamyon - Bepul pul oʼtkazmalari, konversiya amaliyotlari;
    ● Boshqa muhim maʼlumotlarni olish - bank tasarrufida boʼlgan bankomatlar haqida hamda bank filiallari joylashgan manzili, telefon raqamlari toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni olish, ilova ishlashi boʼyicha texnik boʼlim bilan onlayn chat orqali aloqa qilish imkoniyati.
    Bank ilovasi qulayliklari:
    - Kreditlarga oson kirish: ayniqsa
    ish haqi loyihalari xodimlari uchun kredit berish osonroq va qulayroq bo'ladi.
    - Hisobni to'liq nazorat qilish: hisobingizdagi qoldiqlarni real vaqt rejimida ko'ring, moliyangizni boshqaring.
    - Visa/Mastercard orqali universal konvertatsiya: valyutani bankka bormasdan, bevosita mobil ilovangiz orqali almashtiring.
    - Uydan turib byudjet toʻlovlarini taʼminlang: soliqlar, jarimalar va boshqa davlat xizmatlarini uydan chiqmasdan toʻlang.
    Internet banking korporativ mijozlarga hisobraqamni masofadan boshqarish uchun to‘liq ko‘lamdagi xizmatlarni ko‘rsatuvchi dasturiy majmuadir.
    Internet banking xususiyatlari
    • Pul mablag‘larining harakati va hisobraqamidagi qoldiq mablag‘lar to‘g‘risida batafsil ma'lumotlar olish
    • Ipoteka-bankga to‘lov hujjatlarini milliy va chet el valyutalarida elektron ko‘rinishda jo‘natish
    • Jo‘natilgan to‘lovlarning holatini ko‘rish
    • Hisobraqam bo‘yicha amaliyotlarni amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni olish
    • Xodimlar ish haqini plastik kartochkalar hisobvaraqlariga o‘tkazish
    • Bankga elektron-raqamli imzo bilan tasdiqlangan to‘lov hujjatlarini jo‘natish
    Internet banking afzalliklari
    • Foydalanishning soddaligi va qulayligi
    • Hisobraqamlaringizni Internet bank orqali boshqarish uchun qo‘shimcha bilim va tajriba talab qilinmaydi
    • Bank to‘lovlari va operatsiyalarini amalga oshirishda vaqtni tejash
    • Bankga tashrif buyurish va navbatda turish, shuningdek to‘lov hujjatlarini rasmiylashtirishda vaqt sarflanmaydi
    • Banklar ishtirokisiz ularning hisobvaraqlari holati va to‘lov hujjatlari rasmiylashtirilishi ustidan doimiy monitoring olib borish
    Dibank - to'lov hujjatlarini kiritish va jo'natish, mijozlardan tushumlarni kuzatish, shuningdek, hisobraqamlar bo’yicha onlayn debet operatsiyalarini bevosita “1C” Buxgalteriya dasturida amalga oshirish imkonini beradi.
    Dibank xizmatining afzalliklari
    • “1C” Buxgalteriya dasturidan bank hisoblariga bevosita kirish va boshqarish
    • Turli banklarda ochilgan hisoblarni boshqarish uchun yagona foydalanuvchi interfeysi
    • To‘lov hujjatlari bo‘yicha ma’lumotlarni dasturlar o‘rtasida o‘tkazish jarayonini optimallashtirish, vaqtni tejash va operatsion xatolarni bartaraf etish
    • Bank bilan axborot almashishning yuqori tezligi, axborotni onlayn yangilash
    • Ushbu xizmat bepul taqdim qilinadi
    Xizmatni sozlash. Xizmatdan foydalanish jarayoni quyidagicha. "1C" dasturining "Bank va kassa" hujjat bo'limida "Dibank" tugmasi mavjud bo'lib, uni bosgandan so'ng tizim elektron to'lov hujjatlarini imzolash va bankga jo'natish, ko'chirmalar va hisob ma'lumotlarini olish imkonini beradi.
    Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish (EIRB) siyosati.
    Ipoteka bankning Ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish (EIRB) siyosati umumiy tamoyillari, majburiyatlari, va EIRB tizimiga nisbatan bankning yondashuvlarini belgilaydi. Siyosatning maqsadi bank faoliyatida ESG tamoyillarini potensial ijobiy ta'sirini oshirishga intilish, aktiv operatsiyalar doirasida ESG omillarining salbiy ta'sirini oldini olish yoki kamaytirish va Bank tomonidan moliyaviy qo'llab-quvvatlanayotgan/xizmat ko'rsatilayotgan loyihalarni barqaror rivojlanishga hissa qo'shishini ta'minlashga yordam berishdir. Siyosat ESG risklarni boshqarish tartibining asosiy bosqichlarini tavsiflaydi, ekologik va ijtimoiy risklarni boshqarish tizimiga oid yakuniy qoidalarni va bank moliyalashtirmaydigan faoliyat turlarini belgilaydigan taqiq ro'yxatini o'z ichiga oladi.
    Bankning ekologik va ijtimoiy toifalari.
    Bank loyihalarni ekologik va ijtimoiy risk va ta'sirlarning potensial darajasini aks ettiruvchi ekologik va ijtimoiy jihatlari bo'yicha toifalarga ajratadi. Loyihalarni ekologik va ijtimoiy risk/ta’sir darajasiga ko'ra tasniflash quyidagi toifalarga bo'linadi:
    A –ekologiya va ijtimoiy sohalarga ta’siri loyiha doirasidan tashqariga chiqadigan kuchli ta’sirga ega loyiha/faoliyat turi;
    B - ekologiya va ijtimoiy sohalarga ta’siri loyiha chegaralari bilan cheklangan o'rtacha ta’sirga ega faoliyat loyiha/faoliyat turi;
    C – ekologiya va ijtimoiy sohalarga hech qanday yoki kichik ta’sirga ega loyiha/faoliyat turi.
    Bankdagi shikoyatlarni ko'rib chiqish mexanizmi haqida ma'lumot.
    Bankda, manfaatdor va/yoki 3 tomonlarning shikoyatlarini yuborish/qabul qilish uchun ishonch telefoni/aloqa markazi (+998 78 150-11-22 yoki 1233) turli aloqa kanallari yaratilgan. Bundan tashqari, veb-sayt orqali shikoyat va arizalarni qabul qilish imkoniyatini ham yaratilgan. Shuningdek, shikoyatlarni messenjerlar va ijtimoiy tarmoqlar orqali ham yuborish mumkin.
    Xulosa
    Moliyaviy hisobotlarni tahlil qilish natijalariga ko‘ra, “Ipoteka bank”ning moliyaviy ahvoli juda qoniqarli degan xulosaga keldim. Aksariyat ko'rsatkichlar optimal qiymatlar doirasida bo'lib, ulardan chetga chiqqanlarlari yaxshilanish tendentsiyasini ko’rsatmoqda. Balansning tuzilishi oqilona ko’rinadi, garchi ba'zi nomutanosibliklar, ayniqsa resurslar nuqtai nazaridan kuzatilmoqda. Likvidlik darajasining pastligiga qaramay, bu borada ijobiy dinamika seziladi. Oxirgi 2 yilda sof foydaning keskin kamayishi ko’zga yaqqol ko’rinadi. Buni yaxshi ko’rsatkich sifatida qarash ham albatta mumkin. Chunki, ko’rinib turibdiki bank muammoli kreditlar salmog’ini kamaytirish bilan kuchli kurashmoqda. Sof foydaning kamayishiga qaramay bank xususiy kapitalini hajmini oshirishga muvaffaq bo’lgan. Bu esa o’z-o’zidan nafqat Markaziy bank balki Bazel Qo’mitasining kapital yetarliligiga qo’ygan talablarini majarishga katta yordam beradi. Bundan tashqari kapitalning oshishi banking umumiy barqarorligiga ijobiy ta’sirini o’tkazmasdan qo’ymaydi. Banking aktivlariga e’tibor beradigan bo’lsak, uning tarkibining katta ulushini egallovchi mijozlarga kreditlar va lizing operatsiyalrini deyarli 4 mlrd. so’mga oshganini ko’rishimiz mumkin. Bu albatta ijobiy holat, chunki banklarning daromad keltiruvchi asosiy operatsiyalaridan biri kredit operatsiyasi bo’lib kelmoqda. Ammo, yana bank depozitlariga e’tibor beradigan bo’lsak bu ko’rsatkich oxirgi ikki yilda ancha kamayanini ko’rishimiz mumkin. Xulosa qilib aytish mumkinki “Ipoteka bank” O’zbekiston bank tizimining yirik ishtirokhilaridan biri bo’lib mijozlarga kundan kunga yaxshiroq va zamonaviy xizmatlarni olib kirishga harakat qilib kelmoqda.

    1-ilova
    mln. so’m




    Download 113,1 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 113,1 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. “Ipoteka-bank” ATIBning sof foizli marja ko’rsatkichi tahlili

    Download 113,1 Kb.