|
Toshkent shahar filiali amaliyot boshqarmasi Manzil
|
bet | 8/10 | Sana | 24.09.2024 | Hajmi | 113,1 Kb. | | #272195 |
Bog'liq Amaliyot hisobot 21G'aznachilik xizmatlari
Ipoteka-bank Oʻzbekistondagi yirik xorijiy bank sifatida xalqaro moliya standartlari asosida gʻaznachilik operatsiyalari bo'yicha xizmatlarning keng spektrini taqdim qiladi.
Pul bozori. Ipoteka-bank asosiy erkin valyuta konvertatsiyasi va milliy valyutada banklararo depozitlarni joylashtirish va jalb qilish orqali ichki va jahon valyuta bozorlarida ishtirok etadi.
Forex. Bank banklararo valyuta amaliyotlari bo'yicha xizmatlarni boshqa banklar va korporativ mijozlarga taqdim qiladi. Mijozlarga asosiy valyutalar (AQSh dollari, EUR) va boshqa valyutalar (GBP, JPY va RUB) bo'yicha konvertatsiya amaliyotlarini tezkor amalga oshirish bo'yicha qulayliklar yaratilgan. Valyuta operatsiyalari mijozlarning talablari va tranzaksiya summalari asosida TOD, TOM va SPOT shartlarida amalga oshiriladi. Bank mijozlarning talablaridan kelib chiqib real vaqt rejimida bozor tendentsiyalari haqida ma'lumot va valyuta kurslari tahlilini taqdim qiladi.
Konvertatsiya operatsiyalari
“Ipoteka bank” ATIB O‘zbekiston Respublika valyuta birjasidagi valyuta savdosining yirik operatorlaridan biri hisoblanadi. Bank AQSh dollari va Yevroda operatsiyalarni faol olib boradi. Hisobdagi katta mablag‘ga ega bo‘lgan, shuningdek, tranzaktsiyalar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajaruvchi ishonchli hamkor sifatida o‘zini isbotlagan mijozlar uchun tasdiqlov almashgandan so‘ng darhol oldindan to‘lovsiz bitimlar amalga oshiriladigan chegaralar belgilanishi mumkin.
Valyuta operatsiyasini amalga oshirish uchun rezident tomonidan tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- valyuta operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning (shartnoma, kelishuv, bitim va/yoki boshqa hujjat) hamda unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalari. Bunda hujjat matni davlat yoki rus tilida bayon etilgan bo‘lishi, agar hujjat matni boshqa tilda bayon etilgan bo‘lsa, u legallashtirilgan yoki unga belgilangan tartibda apostil qo‘yilgan bo‘lishi hamda davlat yoki rus tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan bo‘lishi kerak. Mazkur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng, tijorat banki tomonidan belgilangan tartibda valyuta operatsiyasi amalga oshiriladi.
Rezidentlar hujjatlarni elektron tizim orqali qabul qilish uchun dasturiy ta’minotga ega bo‘lgan tijorat banklariga arizani elektron shaklda taqdim etishi mumkin. Bunda rezident valyuta operatsiyasi amalga oshirilishini nazarda tutuvchi hujjatning (shartnoma, kelishuv, bitim va/yoki boshqa hujjat) yoki unga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning nusxalarini arizaga ilova qilishi lozim.
- bir valyuta operatsiyasi bo‘yicha barcha hisob-kitob va to‘lovlarni asosiy depozit hisobvarag‘i ochilgan tijorat banki orqali valyuta operatsiyasi shartlariga muvofiq amalga oshirish;
- valyuta operatsiyasi shartlariga o‘zgartirishlar kiritilganda (shartnomaning muddati uzaytirilishi, to‘lov muddatining kechiktirilishi, qarzni so‘ndirish jadvalining o‘zgartirilishi, qarzning to‘liq so‘ndirilishi yoki shartnomaning bekor qilinishi va boshqalar) tijorat bankini xabardor qilish.
Valyuta operatsiyasini amalga oshirishda tijorat banki:
- valyuta operatsiyalari hisobini yuritish uchun raqamlangan, ip o‘tkazib tikilgan va tijorat bankining muhri bilan tasdiqlangan jurnal yuritishi;
- amalga oshirilgan har bir valyuta operatsiyasi bo‘yicha mazkur Nizomda ko‘rsatilgan hujjatlar, to‘lov hujjatlari va boshqa zarur hujjatlarning nusxalari tikilgan yig‘majild yuritishi; hisob-kitob va to‘lovlarni valyuta operatsiyasi shartlariga muvofiq amalga oshirishi; O‘zbekiston Respublikasi tomonidan kafolatlanmagan xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risidagi shartnomalar va ularga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar ijroga qabul qilingandan keyin 5 ish kuni ichida ular to‘g‘risidagi ma’lumotlarni mazkur Nizomga muvofiq Markaziy bankka taqdim etishi. Valyuta operatsiyasini hisobga olish jurnalida quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi lozim: hujjat ijroga qabul qilingan sana; hujjatning raqami va sanasi; rezidentning nomi; valyuta operatsiyasining turi, summasi va valyutasi.
6-mavzu. Bankning daromadlari, xarajatlari va foydasini shakllanishi va ularning tahlili, mavjud muammolar va ularni hal etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy yo‘nalishlari va mazmunini o‘rganish
Tijorat banklari faoliyatining bosh maqsadi bo’lib, olinadigan foydaning miqdorini imkon qadar ko‘paytirish hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida, ular daromadlarining hajmiga va barqarorligiga bog’liq.
Tijorat banklaridagi daromad turlari:
1. Foiz daromadi: Kredit foizlari: banklar uchun jismoniy shaxslar va korxonalarga berilgan kreditlar bo'yicha foizlardan olinadigan asosiy daromad manbai.
Investitsion qimmatli qog'ozlar: davlat va korporativ obligatsiyalar, ipoteka bilan ta'minlangan qimmatli qog'ozlar va boshqa investitsiya vositalariga investitsiyalar bo'yicha olingan foizlar.
2. Foizsiz daromad: To’lov daromadi: Hisobni saqlash, bankomatdan foydalanish, overdraftlar va pul o'tkazmalari kabi xizmatlar uchun olinadigan to'lovlar;
Savdodan olinadigan daromad: qimmatli qog'ozlar, valyuta va boshqa moliyaviy vositalar savdosidan olingan daromadlar.
Komissiya daromadi: sug'urta mahsulotlarini, investitsiya fondlarini va boshqa moliyaviy xizmatlarni sotishdan olinadigan komissiyalar.
|
| |