|
2/Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo’llanilishi Reja
|
bet | 1/4 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 33,88 Kb. | | #273848 |
Bog'liq 2-ma\'ruza
2/Mavzu: Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi va qo’llanilishi
Reja:
Kompyuter tarmoqlarining tuzilishi
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti
Tarmoq servisi
Tarmoqlarning asosiy apparat - dasturiy komponеntlari va ularning faoliyat yuritishi
Tayanch tushunchalar: LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq, CAN (Campus-Area Network), MAN (Metropolitan-Area Network), WAN (Wide-Area Network), GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq, tarmoq tugunlari, apparat (hardware) adrеslari, kommunikatsion tugun.
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo‘lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo‘shimcha mablag‘ni asraydi.
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o‘rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Bugungi kunga kelib, ayniqsa bank faoliyatida, tarmoq (ko‘p foydalanuvchi) dastur mahsulotlaridan keng foydalanilmoqda. Ular foydalanuvchilar so‘rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o‘zida axborotdan foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o‘zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko‘ra sinflarga ajratish mumkin. Bular: 1) o‘tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq: - past 100 Kbit/ s gacha; - o‘rta 0,5-10 Mbit/s gacha; - yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
|
| |