- amaliy mavzu: Boshlang‘ich ta’lim didaktikasining maqsad va vazifalari




Download 350.5 Kb.
bet9/41
Sana07.11.2023
Hajmi350.5 Kb.
#95120
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41
Bog'liq
BTP majmua amaliy (2) (2)
-xh6ajopkty7it6j5-1-01, Avazov Islombek Маълумотлар коммуникацияси 1 deadline 1 6, Elektrik filtrlar tuzilishi, Когнитивная педагогика, 01 Verben mit Praepositionen, 11 12, 0057fb58aa9e62d9c4bf9ee0a944cfd3 Amaliy matematika, TARIX-FANIDAN-NAZORAT-ISHLARI-2, 1694784521 10 -sinf MATEM, falasadalillash, afdbc920-6333-4c88-bd5c-5dad46669c93, Portlash - Vikipediya, Презентация1, Aktepa Project.VC0-Report
4- amaliy mavzu: Boshlang‘ich ta’lim didaktikasining maqsad va vazifalari
Mavzu bayoni. Ta’lim maqsadi jamiyatning rivojlanish sur’ati va darajasi, jamiyatning talablari va imkoniyatlari hamda pedagogika fani va amaliyotining rivojlanganligi va imkoniyatlari darajasi bog’liq.Ta’lim maqsadi o’qituvchi va o’quvchilar faoliyati asosida, shuningdek, ta’lim vositalari yordamida natijalanadi, ushbu jarayonda aniq maqsadga yo’naltirilgan mexanizm ishga tushadi.
Ta’lim maqsadi (o’qish, bilim olish maqsadi) – ta’limning aniq yo’nalishini belgilab beruvchi yetakchi g’oya hisoblanib, u boshlang’ich ta’limning bosh mezoni sanaladi. Boshlang’ich ta’lim umumiy o’rta ta’limning dastlabki bosqichi davlatimizda 1-4-sinflarni qamrab oladi. Unda ta’lim berish, ularni aqliy, ma’naviy, jismoniy kamol toptirishning dastlabki bosqichi sanaladi. Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standartida belgilangan maqsad orqali amalga oshiriladi.
Davlat ta’lim standartining maqsadiga e’tiborni qaratadigan bo’lsak, umumiy o‘rta ta’lim tizimini mamlakatda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg‘or tajribalari hamda ilm-fan va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda tashkil etish, ma’naviy barkamol va intellektual rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
Boshlang’ich ta’lim Davlat ta’lim standarti - boshlang’ich ta’lim mazmuni va ushbu o’quv predmeti bo’yicha o’quvchilar egallaydigan bilim, ko’nikma, malakalarga qo’yilgan talablarni davlat tomonidan tasdiqlangan etaloni, modeli hisoblanadi. Boshlang’ich ta’lim jarayonida belgilanadigan ta’lim maqsadi umumiy o’rta ta’limning DTSda keltirilgan umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni amalga oshiradi:
- umumiy o‘rta ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida o‘quvchilarni
tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish;
- o‘quv-tarbiya jarayoniga pedagogik va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining o‘quvchilari va bitiruvchilarining malakasiga qo‘yiladigan talablarni belgilash;
- kadrlarni maqsadli va sifatli tayyorlash uchun ta’lim, fan va ishlab chiqarishning samarali integratsiyasini ta’minlash;
- ta’lim va uning pirovard natijalari, o‘quvchilarning malaka talablarini egallaganlik darajasini tizimli baholash tartibini, shuningdek, ta’lim-tarbiya faoliyati sifatini nazorat qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirish;
- davlat ta’lim standartlari talablarining ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini ta’minlash.
Ta’lim maqsadini o’rganish birinchi navbatda “taʼlim”ning mazmuni bilan yaqindan tanishish lozimligini anglatadi. Ta’lim – bilim berish, malaka va koʻnikmalar hosil qilish jarayoni, kishini hayotga va mehnatga tayyorlashning asosiy vositasi. Talim jarayonida maʼlumot olinadi va tarbiya amalga oshiriladi. Talim tor maʼnoda oʻqitish tushunchasini anglatadi. Lekin u faqat turli tipdagi oʻquv yurtlarida oʻqitish jarayonini emas, oila, ishlab chiqarish. va boshqa sohalarda maʼlumot berish jarayonini ham bildiradi.
Ta’limning mazmuni va mohiyati jamiyatning moddiy va madaniy taraqqiyoti darajasi bilan belgilanadi. Ijtimoiy munosabatlar, umumiy maʼlumotga boʻlgan ehtiyoj, kishilarning kasbiy tayyorgarligiga, ta’lim haqidagi pedagogik gʻoyalarga qarab kishilik jamiyati taraqqiyotining turli bosqichlarida ta’limning mohiyati, metodi, tashkiliy shakllari oʻzgarib borgan.
Maqsad esa – muayyan natijaga erishish yo’l va usullarini belgilovchi omildir.
Ta’limning maqsadi obyektiv hayot talablariga muvofiq holda oʻzgarib borgani kabi, ta’limning xarakteri, yoʻnalishi ham uning maqsadiga muvofiq oʻzgarib boradi.
Ta’limning maqsadiboshlang’ich ta’lim oʻquvchilarning bilish qobiliyatini oʻstiruvchi asosiy omildir. Oʻquvchilar qobiliyatini oʻstirishga qaratilgan tizimlar muayyan didaktik qoidalar tarzida namoyon boʻladi. Didaktik tamoyillarda ta’limning mazmuni va jarayonlariga qoʻyilgan talablar belgilanadi. Talimning maqsadi va vazifalari ijtimoiy tuzum, shuningdek, muayyan oʻquv yurtlari funksiyasiga muvofiq tarixan oʻzgarib boradi.
Boshlang’ich ta’lim mazmuni uning maqsadiga muvofiq, ijtimoiy shart-sharoit, fan va texnika, sanʼat holati va shu kabilarni hisobga olgan holda belgilanadi. Boshlang’ich ta’lim jarayonida ta’lim maqsadi quyidagi vazifalarni amalga oshirishi lozim:
- Boshlang’ich ta’lim jarayonida qo’yiladigan talablarning avvaldan fikran loyihalashtirish;
- ijtimoiy zarurat, ijtimoiy talab, ijtimoiy buyurtma hamda didaktik masalani aniq belgilash;
- ta’limning umumiy va xususiy maqsadini amalga oshirishda ta’lim shakl, metod va vositalarini to’g’ri tanlash;
- ta’limning tur va bosqichlarida maqsad va uzviyligini ta’minlash.
Ta’lim maqsadi ta’limiy, tarbiyaviy hamda rivojlantiruvchi vazifalarni amalga oshiradi. Boshlang’ich ta’limda belgilangan ta’lim maqsadi har bir pedagogik texnologiyani yaratishga asos bo‘lib hisoblanadi. Maqsadning zamonaviy ta’lim va tarbiya muammolarini yuqori samaradorlik bilan hal qilishga qaratilgan bo‘lishi zarur asos hisoblanadi. Biror pedagogik texnologiyani yaratish uchun eng zarur shart shunday dolzarb maqsadni aniqlay olishdan iborat. Bunday maqsad zarur tadqiqotlar, ijodiy izlanishlar olib borish, o‘zining va boshqa mutaxassislarning ish tajribalarini chuqur tahlil qilish orqali aniqlanadi.
Raqobatbardoshlik har bir boshlang’ich ta’limda pedagogik texnologiyaning maqsadga muvofiqligini taraqqiyot nuqtayi nazaridan aytganda, o‘z vazifalarini ijtimoiy ehtiyojlariga muvofiq bajarayotganligi darajasini belgilaydi. Bunday maqsadlarning yuqori raqobatbardoshlikni ta’minlashga yo‘naltirilishi hozirgi talablardan kelib chiqadi.
Raqobatbardoshlik boshlang’ich ta’limda pedagogik texnologiyaning barcha tarkibiy qismlari uchun eng zarur shart bo‘lib, bunda yakuniy natijani bevosita tayyorlovchilar bo‘lgan o‘qituvchi va o‘quvchining raqobatbardoshligiga erishish asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. Bu unga bo‘lgan talab yuqori bo‘lishini ta’minlash uchun muntazam takomillashtirib borish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
Xulosa qilib aytganda, boshlang’ich ta’limning ta’lim maqsadi ilmiylik, tushunarlilik, ko’rgazmalilik, insonparvarlik, tizimlilik kabi tamoyillarga tayangan holda o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalariga qo’yilgan talablarni amalga oshorishga xizmat qiladi. Aniq qo’yilgan maqsad kelajak poydevoridir.


Download 350.5 Kb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   41




Download 350.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



- amaliy mavzu: Boshlang‘ich ta’lim didaktikasining maqsad va vazifalari

Download 350.5 Kb.