• KALIT SOZLAR
  • Foydalanilgan adabiyotlar.
  • Tabiiy fanlarni o`qitishda innovatsion metodlardan foydalanish allaberdiyeva Jeren Termiz davlat pedagogika instituti talabasi annotatsiya




    Download 20.55 Kb.
    Sana28.03.2024
    Hajmi20.55 Kb.
    #180177
    Bog'liq
    Hujjat
    modemlar-signallarning-modulyasiya-va-demodulyasiyasi, солик аксевирка, лекция 8 русча, Destination B1 tarjimalari, \'Ertak o‘tish darsining ishlanmasini tuzish., \'Ertak o‘tish darsining ishlanmasini tuzish. (1), Qutb koordinatalar sistemasi, 2.LESSON-2 YOQUBOV.O1, 4-SINFDA GEOMETRIK MAZMUNDAGI MASALALARDAN FOYDALANISH METODIKASI, 2-кайта тапсырыу, Server va ishchi stansiyaning tushunchasi, gender, 2. Qurilish tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari, Referat Iqtisodiy o`sish Samadov Ibrohim., Ruziyev Ilkhom Referat ishi

    TABIIY FANLARNI O`QITISHDA INNOVATSION METODLARDAN FOYDALANISH
    Allaberdiyeva Jeren
    Termiz davlat pedagogika instituti talabasi
    ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada tabiiy fanlar tarkibi, fanlarni organishdan
    Maqsad, fanlarni oqitishda innovatsion metodlardan foydalanish haqida soz
    Yuritiladi
    KALIT SOZLAR: jamiyat qonunlari, «Tabiat jismlari», «Klaster» metodi, «6 x 6» Metodi, «Aqliy hujum» metodi
    Endilikda Oʻzbekiston taʼlim tizimida ham 2021-2022 oʻquv yilidan boshlab 1-6 Sinflarda tabiiy fanlarni oʻzida jamlagan Tabiiy (SCIENCE) fanlar joriy etildi. Tabiiy (SCIENCE) fanlar ayni vaqtda oʻqitib kelinayotgan 1-2-sinfda “Atrofimizdagi olam”, 3-4-sinflarda “Tabiatshunoslik”, yuqori sinflarda esa 4ta Alohida fanlar, yaʼni geografiya, biologiya, fizika (6-sinfdan boshlab), kimyo (7- Sinfdan boshlab) fanlarini oʻzida birlashtiradi. Tabiiy (SCIENCE) fanlarning afzalliklari va ahamiyati shundan iboratki, fan Orqali oʻquvchi olamning yaxlit, ajralmas, bir butunligini anglaydi, ilmiy Dunyoqarashi shakllanadi, tadqiqotchilik koʻnikmalari rivojlanadi. Natijada PISA,
    TIMSS kabi xalqaro tadqiqotlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish imkoniyati kengayadi. Ozbekiston Respublikasi Xalq talimi huzuridagi Respublika talim markazi Tomonidan Tabiiy (SCIENCE) fanlar boʻyicha Milliy oʻquv dasturi loyihasi yaratilib muhokama qoyildi.
    Tabiiy fanlar – insonni, uning sog’lig’ini, shuningdek butun atrof-muhitni: Tuproqni, atmosferani, umuman yerni, kosmosni, tabiatni, barcha tirik va jonsiz Jismlarni tashkil etuvchi moddalar va ularning o’zgarishini o’rganadigan Fanlardir. Tabiatda ro‘y berayotgan hodisa va jarayonlar, tirik organizmlarning rivojlanish Bosqichlari, tabiat va jamiyat qonunlariga insoniyatning ko‘rsatadigan ta’sirlari haqida ilmiy va amaliy bilimlar majmuasini yoritish tabiiy va iqtisodiy fanlar blok-modulining asosiy vazifasini belgilab beradi. O‘quvchining ichki motivatsiyasining qanchalik shakllanganligi tabiiy va iqtisodiy fanlarga qiziqishi, atrof-muhit muammolarini anglashi va uni hal qilishda muhim qarorlarni qabul Qilishni bilishi hamda tabiiy va sotsial muhitga ta’sirini tahlil qilishda muhim o‘rin egallaydi. Fanlarning o‘zaro integratsiyasi o‘quvchilarda tabiatni butun bir borliq sifatida, olamning yagona manzarasini anglashlariga yo‘naltirmog‘i lozim. Shu bilan birga, o‘quvchilar inson faoliyatining tabiatga salbiy va ijobiy ta’siri, Zamon va makon miqyosidagi global ekologik muammolarni va tabiat oldida javobgarlik hissini tushunishi, Shuningdek, sog‘lom turmush tarziga amal Qilishlari hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish ko‘nikmalarini, tabiat Va jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘sha oladigan kompetent shaxsni Tarbiyalashni ko‘zda tutadi.
    Tabiiy fanlar alohida predmet sifatida o’qitish 1- sinfdan boshlanadi. O’quv Materiali - «Tabiat jismlari», «O’simlik va hayvonot olami», «Sog’ligimizni Saqlaymiz» va «Ekologiya» mavzulariga birlashtirilgan. Tabiiy fanlar bo’yicha Dastur kichik yoshdagi maktab o’quvchilariga faqat jonajon tabiat go’zalligi va Boyliklarinigina emas, balki respublikamizning tabiatini o’rganishga ham ham Imkon beradi. Tabiiy fanlarni o’qitishda o’quvchilarning ilmiy-tabiiy dunyoqarashlarini shakllantirish va kengaytirish, mantiqiy fikrlashga o’rgatishda har bir dars mavzuyini bayon qilishga e’tibor beriladi. O’quvchilar Topshiriqlarni individual bajarish jarayonida ularning aqliy faoliyati jalb etiladi, O’z bilimi, kuchi va qobiliyatiga bo’lgan ishonch ortadi. Buning natijasida har bir Shaxs o’z imkoniyati darajasida rivojlanadi. Shu tarzda tashkil etilgan bilish Faoliyatida vaqtdan unumli foydalaniladi. Pirovard natijada ta’lim samaradorligi Ortadi. Ta’limning zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanib O’tiladigan darslarda o’quvchilarning bilish faoliyati individual tarzda tashkil Etiladi. «Klaster» metodi. Ushbu metod o’quvchilarga muammolar (mavzular) Xususida erkin, ochiq o’ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. «Klaster» metodi turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar to’g’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi. Bu metod aniq obyektga yo’naltirilmagan fikrlash shakli hisoblanadi.
    Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog’liq Ravishda amalga oshadi. «Klaster» metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda Yoki guruh asosida tashkil etiladigan mashg’ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Guruh asosida tashkil etilayotgan mashg’ulotlarda ushbu metod guruh a’zolari tomonidan bildirilayotgan g’oyalarning majmuyi tarzida namoyon bo’ladi. Bu esa guruhning har bir a’zosi tomonidan ilgari surilayotgan g’oyalarni uyg’unlashtirish hamda ular o’rtasidagi aloqalarni topa olish imkoniyatini yaratadi. «6 x 6» metodi. «6 x 6» metodi yordamida bir vaqtning o’zida 36 nafar ò’quvchini muayyan faoliyatga jalb etish orqali ma’lum topshiriq yoki masalani Hal etish, shuningdek, guruhlarning har bir a’zosi imkoniyatlarini aniqlash, ularning qarashlarini bilib olish mumkin. Bu metod asosida tashkil etilayotgan darsda har birida 6 nafardan ishtirokchi bo’lgan 6 ta guruh o’qituvchi tomonidan O’rtaga tashlangan muammoni muhokama qiladi. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetgach, o’qituvchi 6 ta guruhni qayta tuzadi. Qaytadan shakllangan Guruh¬larning har birida avvalgi 6 ta guruhdan bittadan vakil bo’ladi. Yangi Shakllangan guruh a’zolari o’z jamoadoshlariga avvalgi guruhi tomonidan Muammo yechimi sif atida taqdim etilgan xulosani bayon etib beradilar va Mazkur yechimlarni birgalikda muhokama qiladilar. «6x6» metodining afzallik Jihatlari quyidagilardan iborat:
    - guruhlarning har bir a’zosini f aol bo’lishiga undaydi;
    - ular tomonidan shaxsiy qarashlarning ifoda etilishini ta’minlaydi; -
    Guruhning boshqa a’zolarining fikrlarini tinglay olish ko’nikmalarini hosil qiladi;

    • Ilgari surilayotgan bir hecha fikrni umumlashtira olish, shuningdek, o’z fikrini

    Himoya qilishga o’rgatadi. Eng muhimi, har bir o’quvchi qisqa vaqt (15-20 Minut) davomida ham munozara qatnashchisi, ham ma’ruzachi sifatida faoliyat Ko’rsatadi. Ushbu metod qo’llanilayotgan mashg’ulotlarda guruhlar tomonidan Bir yoki bir necha mavzu (tnuammo) ni muhokama qilish imkoniyati mavjud. «6 X 6» metodidan ta’lim jarayonida foydalanish o’qituvchidan faollik, pedagogik
    Mahorat, guruhlarni maqsadga muvofiq shakllantira olish layoqatiga ega Bo’lishni talab etadi. Guruhlarning to’g’ri shakllantirilmasligi topshiriq yoki Vazifalarning to’g’ri hal etilmasligiga sabab bo’lishi mumkin. Ushbu metod Yordamida mashg’ulotlar quyidagi tartibda tashkil etiladi: 1. O’qituvchi Mashg’ulot boshlanishidan oldin 6 ta stol atrofiga 6 tadan stul qo’yib chiqadi. 2. 6 ta varaqqa turli xil 6 ta topshiriq yozib chiqiladi. Varaqlarga I dan VI gacha rim Raqami yozib qo’yiladi. Bu varaqlar 6 ta stolning har biriga qo’yib chiqiladi. 3. O’quvchilar o’qituvchi tomonidan 6 ta guruhga bo’linadilar. O’quvchilarni Guruhlarga bo’lishda o’qituvchi quyidagicha yo’l tutadi. Har bir o’quvchiga 1 dan 36 gacha raqamlangan varaqchalardan birini olish taklif etiladi. Bu varaqlarda Rim raqami bilan stol raqami ko’rsatilgan bo’ladi. Har bir o’quvchi o’zi tanlagan Varaqchadagi rim raqami bilan ko’rsatilgan stol atrofiga qo’yilgan stuldan joy
    Egallaydi. 4. O’quvchilar joylashib olganlaridan so’ng o’qituvchi stol ustiga Qo’yilgan topshiriqlarni bajarish uchun ma’lum vaqtni (5-10 minut) belgilaydi, Munozara jarayoni boshlanganini e’lon qiladi. 5. O’qituvchi guruhlarning Faoliyatini kuzatib boradi, kerakli o’rinlarda guruh a’zolariga maslahatlar beradi, yo’l-yo’riqlar ko’rsatadi. Belgilangan vaqt tugagach, guruhlardan munozaralarni Yakunlashlarini so’raydi. 6. Munozara uchun belgilangan vaqt nihoyasiga Yetgach, o’qituvchi guruhlarni qaytadan shakllantiradi. Yangidan shakllangan Har bir guruhda avvalgi 6 ta guruhning har biridan bir nafar vakil bo’lishiga Alohida e’tibor qaratiladi. O’quvchilar o’z o’rinlarini almashtirib olganlaridan So’ng belgilangan vaqt (5-10 minut) ichida guruh a’zolari avvalgi guruhlariga topshirilgan vazifa va uning yechimi xususida guruhdoshlariga so’zlab beradilar. Shu tartibda qabul qilingan xulosalarni muhokama qiladilar va yakuniy xulosaga Keladilar. «6x6» metodini ayrim boblar yoki o’quv yili choragi bo’yicha o’tilgan Mavzularni takrorlash va mustahkamlash maqsadida o’tkazish maqsadga Muvofiq bo’ladi. «Aqliy hujum» metodi muayyan mavzu yuzasidan berilgan Muammolarni hal etishda keng qo’llaniladigan metod hisoblanadi. Bu metod O’quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, Shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum
    Ko’nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag’batlantiradi. Ushbu metod Yordamida tashkil etilgan dars jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir Necha original yechimlarni topish imkoniyati tug’iladi. Mazkur metodni Qo’llashdan ko’zlangan asosiy maqsad o’quvchilarni muammo xususida keng va Chuqur fikr yuritishga rag’batlantirishdan iborat.
    O‘quvchilarning tabiat to‘g‘risidagi ilmiy jihatdan boxabarligi ularning
    Dunyoqarashlarini shakllantirish, tafakkurini rivojlantirishda tabiat qonunlarini Asoslab berishda biologiya, tabiiyot va geografiya, fizika, kimyo, iqtisodiy bilim Asoslari va tadbirkorlik asoslari o‘quv predmetlari muhim ahamiyat kasb etadi.
    Foydalanilgan adabiyotlar.

    1. G Sayfullaev, L Alimova, U Ollokova. Formation of environmental knowledge In pupils of second class in the lessons the world around us. Bridge to science: Research works, 206-208.

    2. ГМ Сайфуллаев, ЛХ Алимова, БОУ Ходиев. Формирование и развитие Ихтиофауны водоемов низовьев р. Зарафшан. Вестник науки и Образования, 22- 25

    Download 20.55 Kb.




    Download 20.55 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tabiiy fanlarni o`qitishda innovatsion metodlardan foydalanish allaberdiyeva Jeren Termiz davlat pedagogika instituti talabasi annotatsiya

    Download 20.55 Kb.