|
Mavzu : Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylagi asos chizmasi bo’yicha konistruksiyalash va modellashtirish. Reja: Kirish
|
bet | 3/7 | Sana | 12.01.2024 | Hajmi | 2,93 Mb. | | #135305 |
Bog'liq Karima-BUYORQIN KO’K (DONADOR USLUBDA)
QIZIL (BIR TEKIS RANGLI USLUBDA)
SHAFTOLI RANG VA GULLI USLUBLAR
Ushbu yilning asosi bo’lib noziklikni va romantikani ko’rsatib berish olingani uchun bu mavsumda ko’proq noziklikni aks ettiruvchi yengil pastel ranglari ( imon rangli, yorqin sariq, tilla va kumush ranglar, qaymoq rang moda) hamda yengil matolar urfda bo’lishi kutilmoqda.
Bundan tashqari, deyarli hamma qizlar garderobida topiladigan va modadan xech qachon chiqmaydigan ranglar mavjud: qora, to’q ko’k, bordo, quyuq yashil va boshqalar. Ushbu ranglar universalligi bilan birga har qanday figuraga mos kelganligi bilan ko’pchili orasida mashhur. Bunday yozgi fasonlar nafaqat siluetni ingichka qilib yaratishga qodir, balki bazm yoki kundalik qiyofaga ham mos keladi.
2. Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylagi asos chizmasi bo’yicha konistruksiyalash va modellashtirish uchun gazlama tanlash va asoslash.
Kiyimning modeliga xos xususiyatlari, ya’ni vitochkalar, koketkalar, bo’rtma choklarning holati; bo’ksa, bel, etak, bort, taqilma chiziqlari; cho’ntaklar, yoqa, drapirovka chiziqlari tegishli bo’laklar konstruktsiyasi asosining chizmasiga ko’chiriladi. Ishlash uchun hamma tipovoy bo’laklar konstruktsiyasining baza bo’ladigan asosini qog’oz yoki karton andoza-shablon tarzida tayyorlab olinadi. Bu andozalarga zarur bo’lgan simmetriya chizig’i-ko’krak chizig’i, bel chizig’i, bo’ksa chizig’i tushiriladi. Fasonga binoan bo’lakning yangi shaklini bo’lak andozani shartli bo’laklarga bo’lib, keyin u bo’laklarni surib tipovoy vitochkalarni bekitish va ularni yangi holatga ko’chirish yo’li bilan hosil qilinadi. Ayollar ko’ylagining yangi modelini ishlab chiqishda asosiy e’tibor ko’krak vitochkasini ko’chirishga, old bo’lak, ort bo’lak, yubka, yeng bo’laklarini kengaytirishga yoki toraytirishga, shu bo’laklarning uzunligini va proportsiyasini o’zgartirishga qaratiladi.Ayollar yozgi ko’ylagi paxta tolali sidirg’a gazlamadan tikilgan. Ko’ylak sal yopishib turadigan siluetli. Yoqasi yaxlit bichilgan. Old bo’lak belgacha bir qator tugmaga taqiladi. Yengi o’tqazma, kalta, uchi qaytarma manjetli. Old va ort bo’lak yelka qismi koketkada bo’lib, etak qismigacha rel’ef chokida. Ort bo’lak o’rta etak qismi shlitsa bilan ishlangan. Koketka va rel’eflar ustidan bezak chok berilgan.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mavzu : Yirik gulli gazlamalardan yozgi fasondagi ayollar kuylagi asos chizmasi bo’yicha konistruksiyalash va modellashtirish. Reja: Kirish
|