• Texnologik jarayonning marshrutli bayonida
  • Operatsion bayon
  • 16-mavzu. Texnologik hujjatlarni tuzish va tushuntirish. Texnologik hujjatlar




    Download 1,4 Mb.
    bet2/10
    Sana28.01.2024
    Hajmi1,4 Mb.
    #147605
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    технологик хужжатлар

    Yakka tartibdagi texnologik jarayonlar uchun operatsion karta (OK) ishlab chiqiladi. Ushbu hujjatda o’tishlarni bajarish ketma-ketligini ko’rsatgan holda texnologik jarayonning bayoni, qo’llaniladigan jihozlar, moslamalar, moddiy va mehnat xarajatlari ko’rsatiladi.
    Tipaviy (guruhli) texnologik jarayon kartasi (KTTP) byuymni tayyorlash yoki ta’mirlash tipaviy (guruhli) texnologik jarayonini barcha operatsiyalar bo’yicha bitta ko’rinishda shakllantirish, buyumga ishlov berish, yig’ish yoki ta’mirlashning barcha o’tishlarni va texnologik jihozlash vositalarini, moddiy va mehnat sarf-xarajatlarini ko’rsatgan holda bayon qilish uchun mo’ljallangan.
    Yuqoridagi hujjatlardan tashqari quyidagilar qo’llaniladi: komplektlash (butlash) kartasi (KK), jihozlash qaydnomasi (VO), texnologik hujjatlar qaydnomasi (VTD), operatsiyalar qaydnomasi (VOP) va boshqa hujjatlar ishlatiladi.
    Hujjatlarni to’ldidrish darajasi ishlab chiqarish turiga va xarakteriga, ishlov beriladigan buyumlarning murakkabliligi va aniqligiga bog’liq bo’ladi. Texnologik hujjatlarda marshrutli, operatsion va marshrutki-operatsion bayon qabul qilinishi mumkin.
    Texnologik jarayonning marshrutli bayonida marshrutli kartadagi o’tishlarni va texnologik rejimlarni ko’rsatmagan holda barcha texnologik operatsiyalarni qisqartirilgan bayoni keltiriladi. Marshrutli bayon yakka tartibda (donabay), mayda seriyali va tajribaviy ishlab chiqarishlarda qo’llaniladi.
    Texnologik jarayonning operatsion bayonida marshrutli kartadagi barcha texnologik operatsiylarni, o’tishlarni va texnologik rejimlarni to’liq ko’rsatgan holda, ularning batafsil bayoni keltiriladi. Operatsion bayon seriyali va ommaviy ishlab chiqarishlarda hamda g’oyatda murakkab va qimmatbaho detallarni mayda seriyali va donabay ishlab chiqarishlarda qo’llaniladi.
    Texnologik jarayonning marshrutli-operatsion bayonida marshrutli kartadagi texnologik operatsiyalrning qisqartirilgan bayoni hamda boshqa texnologik hujjatlardagi ayrim operatsiylarning batafsil bayoni keltiriladi.
    Tayyorlanadigan buyum o’z ichiga alohida murakkab va aniq detallarni oladigan bo’lsa marshrutli-operatsion bayonni seriyali, mayda seriyali va tajribaviy ishlab chiqarishlarda qo’llashga tavsiya etiladi.

    Download 1,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    16-mavzu. Texnologik hujjatlarni tuzish va tushuntirish. Texnologik hujjatlar

    Download 1,4 Mb.