|
Konstruktorlik hujjatlarning yagona tizimi (ESKD)
|
bet | 5/10 | Sana | 28.01.2024 | Hajmi | 1,4 Mb. | | #147605 |
Bog'liq технологик хужжатларKonstruktorlik hujjatlarning yagona tizimi (ESKD)
Konstruktorlik hujjatlar O‘zbekiston Respublikasidagi barcha korxona va tashkilotlarda Davlat belgilagan qoidalarga asoslanib rasmiylashtiriladi.
Bu qoidalar Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KXYaT) da to‘liq o’z aksini topgan, unda buyumlarning turlari, konstruktorlik hujjalarning ko‘rinishi, tarkibi hamda ularni taxt qilish uchun ma’lumotlar mujassam bo‘lgan.
KXYaT standartlari ikkinchi sinfga mansub bo‘lib, quyidagi tarkibga ega:
Guruhdagi standartlar mazmuni
|
Standart raqami
|
Umumiy qoidalar
|
DS 2.001-70...DS 2.004-83
|
Asosiy qoidalar
|
DS 2.101-68...DS 2.124-85
|
Buyumlarning konstruktorlik hujjatlaridagi klassifikasiyasi va belgilanishi
|
DS 2.201-80
|
Chizmalarni rasmiylashtirish bo‘yicha umumiy qoidalari
|
DS 2.301-68...DS 2.32-84
|
Mashinasozlik va asbobsozlik buyumlari chizmalarini taxt qilish qoidalari
|
DS 2.401-68...DS 2.430-85
|
Konstruktorlik hujjatlari bilan muomala qilish (hisob, saqlash, nusxa olish, o‘zgartirish kiritish) qoidalari
|
DS 2.501-68...DS 2.505-82
|
Ekspluatasiya va ta’mirlash hujjatlarini taxt qilish qoidalari
|
DS 2.601-68...DS 2.609-85
|
Sxemalarni taxt qilish qoidalari
|
DS 2.701-76...DS 2.797-81
|
Qurilish va kemalar qurish hujjatlari taxt qilish qoidalari
|
DS 2.801-74...DS 2.857-75
|
Chizma – bu asosiy texnik hujjatdir. Unda narsaning (mashina, inshoot, detal va shu kabilar) tayyorlanishi va nazorat qilinishi uchun zarur bo‘lgan barcha o‘lchamlar, masshtablar, uning tarkibi haqidagi ma’lumotlar to‘liq beriladi. Chizma qurish jarayoni – maxsus bilim va malakaga asoslangan ijodiy jarayon hisoblanadi.
Buyum deb korxonalarda tayyorlanishi nazarda tutilgan har qanday buyum yoki buyumlar to‘plamiga aytiladi.
Ularni quyidagicha: detallar, yig‘uv birikmalari, komplekslar va komplektlarga bo‘lish mumkin.
|
| |