• Aniqlik va g’adir-budirlik bo’yicha uyzalarga qo’yilgan talablarga bog’liq ravishda yuzalrga ishlov berish bosqichlari
  • Izoh: kasrning suratida – aniqlik kvaliteti, maxrajida – g’adir-budirlik; raqamlar bilan belgilangan: 1-qora, 2-toza, 3-yupqa ishlov berish, 4-yakuniy pardozlash (silliqlash).
  • MISOL: “Qopqoq” detaliga ishlov berish bo‘yicha texnologik hujjatlarni ishlab chiqish tartibi




    Download 1,4 Mb.
    bet9/10
    Sana28.01.2024
    Hajmi1,4 Mb.
    #147605
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    технологик хужжатлар

    MISOL: “Qopqoq” detaliga ishlov berish bo‘yicha texnologik hujjatlarni ishlab chiqish tartibi.


    Topshiriq. “Qopqoq detaliga ishlov berish bo‘yicha texnologik marshrut ishlab chiqilsin va uning tannarxini yiriklashtirilgan usulda aniqlansin.
    Boshlang‘ich ma'lumotlar: Texnik talablar qo‘yilgan detalning chizmasi, detalni yillik ishlab chiqarish programmasi N = 100 dona.

    Detalning chizmasiga qarab xomashyoni qaynoq prokatlangan po‘latdan olishni mo‘ljallaymiz va barcha yuzalarni raqamlab chiqamiz va texnologik chizmani chizamiz (1 va 2-rasmlarga qarang).


    Detalning massasini va yillik ishlab chiqarish programmasini hisobga olib, ishlab chiqarish turini aniqlaymiz – mayda seriyali ishlab chiqarish.Detal' chizmasi bo‘yicha har bir yuzasiga qo‘yiladigan texnik talablarni tahlil qilamiz va 1-jadvalga kiritamiz.Detalning har bir yuzasiga aniqligi va g‘idir-budirligi bo‘yicha talablarni hisobga olgan holda ishlov berishning texnologik usullarini tanlaymiz.
    Aniqlik va g’adir-budirlik bo’yicha uyzalarga qo’yilgan talablarga bog’liq ravishda yuzalrga ishlov berish bosqichlari



    Talab qilinayotgan aniqlik kvaliteti
    Ra / (Rz), mkm

    Ishlov berish bosqichlari.

    12 / (80)

    1

    10/ (20)

    1,2

    7/ (1,25)

    1,2,3

    6/ (0,63)

    1,2,3,4

    Izoh: kasrning suratida – aniqlik kvaliteti, maxrajida – g’adir-budirlik; raqamlar bilan belgilangan: 1-qora, 2-toza, 3-yupqa ishlov berish, 4-yakuniy pardozlash (silliqlash).

    Ishlab chiqarish turini, xomashyoning gabarit o‘lchamlarini va tanlangan ishlov berish usullarini hisobga olgan holda kerakli dastgohlar turlarini va modellarini tanlaymiz. Mayda seriyali ishlab chiqarish uchun universal dastgohlarni tanlaymiz: tokarlik operatsiyalar uchun 1B16 rusumli tokarlik-vintqirqar dastgohni, parmalash operatsiyalari uchun 2N135 rusumli vertikal-parmalash dastgohini, frezalash operatsiyalari uchun konsolli vertikal-frezerlik dastgohini tanlaymiz. Texnologik jarayonni ishlov berish bosqichlariga ajratish zarurtini o‘rganamiz va detalga ishlov berish marshrutini tuzamiz. Universal qurilma va moslamalardan foydalanamiz.


    O‘tishlarni joylashtirishni (komponovka qilishni) aniqligi va sifati bo‘yicha bir xil talablar qo‘yilgan yuzalar majmuasini aniqlash asosida shakllantiramiz, ushbu yuzalarga bir marta o‘rnatishda ishlov berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bitta dastgohda bajarilishi mumkin bo‘lgan o‘tishlarni birlashtirib, ishlov berishning berilgan bosqichida operatsiyalarning birlamchi mazmunini aniqlab olamiz.
    Ishlab chiqilgan marshrutni marshrut kartasi (5-jadval) va eskizlar kartasi (1 va 2-varaqlar) ko‘rinishida taqdim etamiz. Ilovaga muvofiq ish razryadlarini va ishchilarning soatli tarif stavkalarni belgilaymiz. Ishlar razryadi – 3 (uchinchi) va dastgohda ishlovchi ishchilar (tokarlar, parmalovchi va frezerchilar) uchun bir soatli tarif stavkasini
    Cht.s. = 4241 so‘m/soat deb qabul qilamiz. Ish haqiga qo‘shimchalar koeffisienti α=0,5ga, β=0,346 ga teng. Koeffisient Km=1 ga teng. Dastgohni sozlashni ishchining o‘zi bajaradi, shu sababli sozlovchi ish haqini hisoblamaymiz.
    5-bo‘lim tavsiyalariga asosan donabay-kal'kulyasiyali vaqt me'yorini hisoblaymiz va “Qopqoq” detalining tannarxini hisoblaymiz. Tannarxni hisoblash ketma-ketligini 010 tokarlik operatsiyasi misolida ko‘rsatamiz.
    1-ilovadagi formulalarga muvofiq, birinchi o‘rnatishda 5ta o‘tishni va ikkinchi o‘rnatishda 2ta o‘tishni me'yorlaymiz. Barcha o‘tishlarning mashina vaqtlarini jamlaymiz va 010 operatsiyaning mashina vaqtini aniqlaymiz va 6-jadvalning 5-grafasiga yozamiz (Tmash =2,78 min.). 3-jadvaldan φ koeffisientni φ=2,14 ga tenglab olamiz va 7-grafada 010 operatsiyaning donabay-kal'kulyasiyali vaqtini topamiz: T dona-kal'k. = Tmash* φ = 2,78*2,14 = 5,95 min.
    [5] adabiyotning 48-ilovasidan 16B16P modelli tokarlik-vintqirqish dastgohi uchun mashina-soat koeffisientini topamiz: Km-s =1,0 ga teng. Natijani 6-jadvalning 8-grafasiga yozamiz.
    (22) formulaga muvofiq “K baho” masshtabli-baholash koeffisientini qabul qilamiz: th =2011 yil va t =1985 yil.
    K baho = (1+0,1)2011-1985 =1,126 =11,92 ga teng deb olamiz. Xisoblar natijasini 6-jadvalning 9-grafasiga yozamiz.
    3-razryadli ishchining T dona-kal'k. vaqt ichidagi ish haqini (18) formuladan topamiz va 6-jadvalning 10-grafasiga yozamiz. ZO = 5,95/60,42*1*1,5*1,432*100=847 so‘m.(bu yerda 100-so‘mni rublga nisbati, 100 so‘m – 1 rubl').
    Mayda seriyali ishlab chiqarish sharoiti uchun ishlatilayotgan jihozlarni saqlash va ishlatish uchun ishlab chiqarish xarajatlari me'yorini NJ =312 tiy/soat deb qabul qilamiz.
    Jihozlarni saqlash va ishlatish sarf-xarajatlarini hisoblaymiz:

    SJ = (NJ*T dona-kal'k.* K mash-soat*K baho) / 100*60 = 3,68 rub*100 = 368 so‘m. (bu yerda 100-so‘mni rublga nisbati, 100 so‘m = 1 rubl').


    Natijasini 6-jadvalning 11-grafasiga yozamiz. Shunda, detalga 010 operatsiya bo‘yicha ishlov berishning jami tannarxini 10 va 11-grafalarning yig‘indisi sifatida aniqlanadi: S j.t. = 847 + 368 = 1215 so‘m.
    Shunga o‘xshash hisob-kitoblar detalga ishlov berishning boshqa operatsiyalari uchun ham amalga oshiriladi.
    Asosiy (osnovnoy) ishlab chiqaruvchi ishchilarning ish haqi, mehnatga ishbay haq to‘lash tizimida quyidagi formula bilan hisoblanadi (18):

    Bu yerda: mOP –texnologik jarayondagi operatsiyalar soni. t sht (don)i-“i” raqamli operatsiyani bajarish uchun donabay vaqt me'yori, min. Chsti – “i” raqamli operatsiyani bajarish uchun ishchining bir soatli tarif stavkasi, so‘m. Km – ko‘p sonli dastgohlarga xizmat ko‘rsatuvchi, ya'ni ko‘p sonli dastgohlarda ishlovchi stanokchi-ishchining ish haqiga qo‘shimcha koeffisient, quyidagi jadvaldan olinadi:

    α-ishchiga qo‘shimcha ish haqi to‘lanishini hisobga oluvchi koeffisient.
    β-yagona ijtimoiy to‘lov (2011 yilda Rossiyada 34,2% bo‘lgan), O‘zbekistonda 2021 yilda 12%ga teng.
    3-jadval. φX- koeffisentning qiymatlari



    Дастгоҳларнинг турлари

    Ишлаб чиқариш тури

    Якка, донабай, майда серияли

    Ўртача серияли

    Йирик серияли

    1

    Токарлик-винтқирқиш

    2,14

    1,75

    1,36

    2

    Токарлик-револьвер

    1,98

    1,67

    1,35

    3

    Кўп кескичли токарлик

    -

    1,95

    1,50

    4

    Вертикал-пармалаш

    1,72

    1,51

    1,30

    5

    Радиал-пармалаш

    1,75

    1,58

    1,41

    6

    Ичини йўниш

    3,25

    2,7

    -

    7

    Айлантириб-жилвирлаш

    2,10

    1,83

    1,55

    8

    Рандалаш

    1,73

    1,55

    -

    9

    Фрезерлик

    1,84

    1,68

    1,51

    10

    Тиш қирқиш

    1,66

    1,30

    1,27

    11

    Агрегат-пармалаш

    -

    1,50

    11,28

    12

    Бўйлама-фрезерлик

    1,7

    1,5

    1,35

    13

    Рақам-дастур бошқарувли дастгоҳлар

    3,6

    3,0

    -

    2011- yil uchun ish vaqti jamg‘armasi quyidagi www.buh.ru internet-saytda berilgan. Ishlov berishning donabay-kal'kulyasiyali vaqti quyidagicha aniqlanadi:
    T sht (don-kal'k) = Tm*φX,
    bu yerda:
    Tm- mashina vaqti, 1-ilovaning taxminiy formulalari bo‘yicha aniqlanadi. φX – ishlab chiqarish turi va dastgohlarga bog‘liq koeffisient (3-jadval).
    Sarf-xarajatlarni hisoblash yiliga keltirishning masshtab-baholi koeffisienti Kbaho quyidagi formuladan aniqlanadi:
    Ye n – har xil yillardagi xarajatlarni va natijalarni hisoblash yiliga keltirish me'yori, son jihatdan kapital mablag‘larning samaradorlik me'yoriga teng (En = 0,1). tr –hisobiy yil (raschetniy god)- avvalgi yillardagi sarf-xarajatlarni va natijalarni hisoblash yiliga keltirishni nazarda tutadi.

    Dastgohlarda ishlov berishda asosiy vaqtni taxminiy aniqlash uchun jadval.


    Download 1,4 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 1,4 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    MISOL: “Qopqoq” detaliga ishlov berish bo‘yicha texnologik hujjatlarni ishlab chiqish tartibi

    Download 1,4 Mb.