• 3.1 Asosiy ma’lumotlar
  • Amaliy mashg‘ulot 3 Detallarni ta’mirlash texnologik jarayonini ishlab chiqish Ishdan maqsad




    Download 17.79 Kb.
    bet1/2
    Sana27.02.2024
    Hajmi17.79 Kb.
    #163366
      1   2
    Bog'liq
    3-amaliy mashg\'ulot Detallarni ta’mirlash texnologik jarayonini ishlab chiqish
    RP.-pm-01-v (1), 2024-06-june-calendar-printable-sunday-start-en

    Amaliy mashg‘ulot 3
    Detallarni ta’mirlash texnologik jarayonini ishlab chiqish


    Ishdan maqsad: lokomotiv detallari yoki uzellarini ta’mirlash texnologik jarayonini ishlab chiqish tartibi va tarkibini o‘rganish, ta’mirlash ta’mirlash texnologik jarayonini ishlab chiqish ko‘nikmalarini egallash.


    3.1 Asosiy ma’lumotlar

    Texnologik jarayonni ishlab chiqish tartibi barcha korxonalarda mavjud. Ishlab chiqaruvchi zavod to’liq lokomotiv parkini ehtiyot qismlar bilan ta’minlash imkogniyatiga ega emas. Bu muammo ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish va murakkab detal va uzellarni tiklash uchun mo’ljallangan ixtisoslashgan ta’mirlash korxonalarini tashkil yetish yo’li bilan echimini topadi.


    Detallarni sifati texnik talablar bilan belgilanadi, ular detalning ishchi chizmasi bilan aniqlanadi. Detalning ishchi chizmasi detalni ishlab chiqarish texnologik jarayonini ishlab chiqishda asosiy boshlang’ich hujjat hisoblanadi. Unda detalni ishlab chiqarish uchun kerakli bo’lgan barcha ma’lumotlar bo’lishi kerak.
    Ishlab chiqarish texnologik jarayonini ishlab chiqish tartibida yig’ilgan uzelda detalni ishlash sharoitini bilish, detalga ta’sir etuvchi yuklamalarni tahlil qilish, ularga qo’yiladigan talablarni belgilash va yig’ilgan uzelda detal boshqa detallarga nisbatan qanday joylashganligini bilish lozim.
    Belgilangan miqdorda va sifat bilan detallarni ishlab chiqarishda detalni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan eng kam narx texnologik jarayonning bir nechta variantlarini ishlab chiqish, variantlarni iqtisodiy samaradorligini taqqoslash va eng maqbulini tanlash yo’li bilan aniqlanadi.
    Ta’mirlashning texnologik va ishlab chiqarish jarayonlari. Lokomotivdan foydalanish jarayonida uning texnik holati o’zgarishi yuz beradi. Bu o’zgarishlar turli omillar ta’sirida kelib chiqadi, ularga quyidagilar taalluqli: atrof-muhit ta’siri; foydalanish sharoitlari; materiallarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini o’zgarishiga olib keluvchi turli ichki jarayonlar. Buning natijasida lokomotivning yoki uning detallarini odatiy ish tartibi buziladi. Natijada lokomotivda nosozliklar yuzaga keladi, ularni bartaraf yetish uchun esa ta’mirlash talab etiladi.
    Ishlab chiqarish jarayoni deb mahsulotni ishlab chiqarish yoki ta’mirlash uchun korxonada qo’llaniladigan texnologik harakatlar va mehnat qurollari majmuiga aytiladi. Texnologik operatsiyalarning bir qismi mahsulotni shakli, o’lchami, xususiyatlari, shuningdek holatini o’zgartirilishi bilan bog’liq. Texnologik operatsiyalarning yana bir qismi esa transport va ombor ishlari, bino va jihozlarni tartibda saqlash va ta’mirlash, moddiy-texnik ta’minot va boshqalardan iborat yordamchi ishlarni bajarish bilan bog’liq.
    Ta’mirlash texnologik jarayoni lokomotivlarni ta’mirlash bo’yicha bajariladigan asosiy ishlardan tarkib topgan ishlab chiqarish jarayonining bir qismidir. Ta’mirlash texnologik jarayonlariga quyidagilar kiradi: lokomotivlar, ularni agregatlari, uzellari va detallarini qismlarga ajratish; detallarni ta’mirlash; lokomotivni yig’ish, bo’yash, sinash, shuningdek, lokomotivni buyurtmachiga topshirish. Ushbu texnologik operatsiyalar teznologiya va ishlarni tashkil etilishiga muvofiq ravishda ma’lum bir ketma-ketlikda bajariladi.
    Har qanday texnlogik jarayon quyidagi elementlardan tarkib topadi: operatsiya, qurilma, o’tish, uzatish, ishchi usul, ishchi harakat.
    Operatsiya bitta ish joyida, bir kasbdagi ishchi tomonidan, ma’lum bir turdagi jihozlar yordamida uzluksiz bajariladigan ta’mirlash taxnologik jarayonining qismidir. Masalan, yig’ish operatsiyasi yig’ish tsexida yig’uvchi-chilangan tomonidan maxsus yig’ish jihozlari yordamida amalga oshiriladi.
    Qurilma mahsulotni asbob yoki jihozga nisbatan holatini o’zgartirish bilan bog’liq texnologik operatsiyaning bir qismidir. Masalan, lokomotivni qurishda yig’ish operatsiyalari sifatida dizel, kompressorlar, tortuv motorlarini sovitish ventilyatorlari, ikki mashinali agregatlar va boshqalarni keltirish mumkin.
    O’tish mahsulotning bir uchastkasida, bitta asbob yordamida, bir xil ish rejimida bajariladigan o’rnatma yoki texnologik operatsiyaning bir qismidir. Masalan, lokomotivga dizelni o’rnatishda bir nechta o’tishlar mavjud: dizelni ko’tarishga tayyorlash, ko’tarish, siljitish, lokomotiv ramasiga o’rnatish, uni ramaga mahkamlash.
    Uzatish, biridan so’ng keyingisi keluvchi bir nechta o’tishlardan biridir. Masalan, simchiviqni bir tomondan dizelga mahkamlash va ikkinchi uchini kran changagiga osish.
    Ishchi usul o’tishning bir qismi bo’lib, ishchi harakatlarning yakunlangan tsiklidir. Ishchi harakat texnologik operatsiyaning eng kichik tarkibiy qismidir. Masalan, ishchi qo’liga u yoki bu detalni olganda ishchi harakatni amalga oshiradi.
    Texnologik jarayonni ishlab chiqish va uni to’g’ri tashkil qilish mohiyati shundaki, har bir element uchun bajariladigan ishlar tartibi, kerakli jihozlar, asboblar, moslamalar va uskunalar ro’yhati, shuningdek bajariladigan ishlar murakkabligi va sarf me’yorlari o’rnatiladi. Barcha ma’lumotlar texnologik xaritaga kiritiladi. Texnologik jarayonning turli elementlari uchun ishlab chiqish batafsilligi darajasi bajariladigan ishlar hajmiga bog’liq. Kichik ish hajmiga ega korxonalar uchun texnologik jarayon o’rnatmalar va universal jihoz va asboblar qo’llaniladigan texnologik operatsiyalar darajasida ishlab chiqiladi. Bunday korxonalarda texnologik xaritada faqatgina operatsiyalarni bajarish tartibi keltiriladi. Bunday texnologik xarita marshrutli texnologik xarita deb ataladi. Barcha ishlar yuqori malakali ishchilar tomonidan bajarilishi kerak.
    Ish hajmi yyetarli darajada katta bo’lgan lokomotivlarni ta’mirlash korxonalarida texnologik xaritalar o’tishlar darajasida ishlab chiqiladi. Bundan tashqari ushbu xollarda xaritalarda ishlar hajmi har bir texnologik operatsiya uchun ko’rsatiladi. Barcha ishlar operatsion texnologik xaritalar bo’yicha maxsus jihozlarda maxsus asboblar va moslamalarni qo’llagan xolda bajariladi.
    Texnologik jarayonni ishlab chiqish alohida birinchi va ikkinchi kapital ta’mirlar uchun, shuningdek joriy va kapital ta’mirlar uchun ishlab chiqiladi.
    Eng katta ish hajmlari, odatda, ixtisoslashtirilgan lokomotivlarni ta’mirlash korxonalarida bajariladigan lokomotivlarni kapital ta’mirlashda kuzatiladi. Kapital ta’mirga qabul qilinayotgan lokomotivlar albatta tozalanadi va yuviladi, so’ng qismlarga ajratish operatsiyasiga uzatiladi. Qismlarga ajratish jarayonida ramadan barcha agregatlar yechib olinadi, moy va turli iflanishlardan tozalanadi, keiyn esa uzel va detallarga ajratiladi. Lokomotivdan yechib olingan detallar yaroqli, ta’mir talab va yaroqsizlariga saralanadi. Yaroqli detallar qaytadan yig’ishga uzatiladi. Ta’mir talab detallar tiklanadi va ular ham yig’ishga uzatiladi. Yaroqsiz detallar metallolomga tashlanadi. So’ng uzellar yana agregatlarga yig’iladi va lokomotiv ramasiga o’rnatiladi.
    Dizel-generator qurilmasi kapital ta’mirdan so’ng teplovozga o’rnatilgunga qadar stendda obkatka, rostlash va topshirish sinovlaridan o’tkaziladi.
    Zavodda teplovozning reostat sinovlari uning jihozlarini o’zaro bog’liq tarkibiy qismlarini yig’ilish sifatini tekshirish, elektr sxemasini tortuv generatorini talab etiladigan quvvat tavsiflarini olish bo’yicha rostlash, bir vaqtda dizel-generator va sovitish qurilmalari hamda teplovoz ramasida joylashgan boshqa yig’ish birliklarini birgalikda ishlashini tekshirish imkonini beradi.
    Depoda reostat sinovlarida dizel-generator qurilmasini yuklama ostida obkatkadan o’tkazish va rostlash, elektr sxemasini rostlash, teplovoz ramasida joylashtirilgan barcha yig’ish birliklarini yig’ish va ishlash sifatini tekshirish imkonini beradi.
    Yurish sinovlari kapital va JT-3 joriy ta’miridan keyin o’tkaziladi, bunda ekipaj qismi, g’ildirak-motor bloklarini ta’mirlash sifati, shuningdek tormoz va pnevmatik jihozlar va umumiy mo’ljallanishdagi boshqa yig’ish birliklarini ishi tekshiriladi, eletkr sxemasi parametrlari rostlanadi.
    Teplovozni ekipirovkalash, dizelni ishga tushirish, yig’ish birliklarini rostlash va sozlash bilan bog’liq ishlar, shuningdek reostat va yurish sinovlaridagi faoliyati mos seriyadagi teplovozlardan foydalanish bo’yicha yo’riqnomaga asosan bajariladi. Rostlash parametrlari ta’mirlash Qoidalari bilan belgilanadi.
    Ta’mirlash texnologik jarayonini ishlab chiqish ham shunga o’xshash amalga oshiriladi, faqat bu xolda bajariladigan ish hajmi kamroq bo’ladi va texnologik operatsiyalarning soni ham ancha kam bo’ladi.
    Lokomotivlar va ularning tarkibiy qismlarini kapital ta’mirlash texnologik jarayonlari sxemasi. Lokomotivdan yechib olingan yoki kapital ta’mirga tovar mahsuloti sifatida keltiriladigan agregatlar tashqi yuvish bajarilib, qismlarga ajaratishga uzatiladi. Agregatlara qismlarga ajratilgach ularning detallarini tashqi va ichki sohalari yuviladi, kuyindi, qotishma, eski bo’yoq, korroziya mahsulotlari, koks va smola qatlamlaridan tozalanadi.
    Defektlarni aniqlashda detallar uchta guruhga ajratiladi: brakka chiqariladigan (tiklash uchun texnik imkoniyat yo’q yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq emas), ta’mirlashsiz ishga yaroqli (edirilishlar texnik shartlar bilan belgilangan ruxsat etilgan qiymatlardan ortmagan) va tiklash talab etiladigan. So’nggi guruh detallari turli usullar yordamida tiklanadi va nazoratdan o’tkazilgach jamlashga o’tkaziladi, u erda jamlanib agregatni yig’ish uchun uzatiladi.
    Dizellar, odatda, oqimli liniyalarda yig’iladi, boshqa agregatlar esa – ixtisoslashgan ish o’rinlarida. Yig’ilgan agregatlar sinovdan o’tkaziladi va mavjud defektlar bartaraf etilgach, bo’yaladi. Texnik nazorat bo’limi tomonidan qabul qilib olingan agregatlar lokomotivlarni yig’ish konveyeriga yoki tayyor mahsulot omboriga uzatiladi, u erdan esa buyurtmachilarga topshiriladi.



    Download 17.79 Kb.
      1   2




    Download 17.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Amaliy mashg‘ulot 3 Detallarni ta’mirlash texnologik jarayonini ishlab chiqish Ishdan maqsad

    Download 17.79 Kb.