• Qabul qildi: _________________ Toshkent – 2023 Etika standartlariga rioya etish yuzasidan nazorat
  • Jurnal muharriri amal qilishi kerak bo’lgan tamoyillar
  • Mustaqil ish mavzu: etika standartlariga rioya etish yuzasidan nazorat guruh




    Download 1.28 Mb.
    bet1/4
    Sana30.10.2023
    Hajmi1.28 Mb.
    #91072
      1   2   3   4
    Bog'liq
    Etika standartlariga rioya etish yuzasidan nazorat
    Risklarni boshqarishning tarkibiy-tashkiliy asoslari, maktabgacha-ta-lim-tashkilotlarida-pedagogik-jarayonni-tashkil-etish, bir-quduq-bilan-ikki-gaz-qatlamini-alohida-ishlatish, 3.Amaliy ish Power point 23-16, идрок-лаборатория иши, КРУЖОК УЗБЕК АДИБЛАРИ (2), 8-mavzu O’rta osiyo hududlarining xonliklarga bo’linib ketishi,-fayllar.org, 1701542240, Mavzu qattiq magnit disk-fayllar.org, 1. Qattiq disk bu Kompyuterning asosiy xotirasi

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI SIRTQI FAKULTETI
    BIZNES ETIKASI FANIDAN





    MUSTAQIL ISH
    MAVZU: ETIKA STANDARTLARIGA RIOYA ETISH YUZASIDAN NAZORAT

    Guruh: _________________
    Bajardi: Mirfayziyeva Madina Farrux qizi
    Qabul qildi: _________________
    Toshkent – 2023
    Etika standartlariga rioya etish yuzasidan nazorat


    O’zbekistonda xorijiy tillar” elektron jurnalida material chop etish etikasi
    “O’zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal umumqabul qilingan axloq me’yorlari va ilmiy nashrlar standartlariga rioya etadi hamda saviyasiz maqolalarni chop etilishining oldini olish uchun barcha choralarni ko’radi. Jurnal Tahrir hay’ati o’z faoliyatida ilmiylik, xolislik, professionallik va betaraflik tamoyillariga amal qiladi. Mualliflar bilan aloqa adolatlilik, xushmuomalalik, xolislik, to’g’rilik va shaffoflik tamoyillari asosida olib boriladi.
    Jurnal muharriri amal qilishi kerak bo’lgan tamoyillar
    Muharrir o’z faoliyatida mualliflarning asarlarini e’lon qilish bo’yicha mas’uliyatni zimmasiga olgan holda, quyidagi asosiy tamoyillarga amal qiladi:

    • Muharrir tahririyat etikasi standartlariga rioya etadi va uning buzilish holatlari oldini oladi.

    • Jurnal muharriri maqolani chop etish bo’yicha qaror qabul qilishda shaxsan mas’uliyatni o’z zimmasiga oladi, uning asosida doimo ko’rilayotgan ishning haqiqiyligi va uning ilmiy ahamiyati yotadi. Muharrir tijoriy maqsadlarni o’z ichiga olmagan adolatli va betaraf qarorlar qabul qilish majburiyatini zimmasiga olib, maqolani xolisona taqrizdan o’tkazish jarayonini tashkillashtiradi. Maqolani chop etish bo’yicha qaror qabul qilishda muharrir boshqa muharrirlar va taqrizchilar fikrini inobatga oladi.

    • Muharrir maqolani chop etish bo’yicha quyidagi asosiy mezonlarga tayangan holda qaror qabul qilishi lozim: qo’lyozmaning jurnal mavzusiga mosligi; maqola mavzusining dolzarbligi, yangiligi va ilmiy ahamiyati; bayonning aniqligi; natijalarning ishonchliligi va xulosalarning tugallanganligi. Tadqiqotning sifati va uning dolzarbligi maqolani chop etish uchun qaror qabul qilishga asos bo’ladi.

    • Muharrir chop qilinadigan maqolalarning yuqori sifati va shaxsiy ma’lumotlarning maxfiyligini saqlash bo’yicha barcha choralarni ko’rishi lozim. Maqolaning mazmunidagi noaniqliklar, shuningdek grammatik, uslubiy xatolar mavjud bo’lsa, tahririyat ularni bartaraf etish yuzasidan barcha choralarni ko’rishni o’z zimmasiga oladi.

    • Muharrir maqolani chop etish bo’yicha hal qiluvchi qarorni qabul qilishda taqrizchilarning tavsiyalarini inobatga oladi. Maqolaning chop qilinishi bo’yicha qaror qabul qilish to’liq tahrir hay’ati zimmasidadir.

    • Muharrir maqolani qabul qilinishi yoki qilinmasligida o’z qarorini asoslab beradi.

    • Muharrir taqriz qilinadigan maqola muallifiga o’z tadqiqot pozitsiyasini asoslab berishga imkon beradi.

    • Muharrir bahslarni qo’llab-quvvatlaydi va opponentlar o’z fikrlarini bildirishlariga imkon beradi.

    • Muharrir muallifining dini, irqi, diniy va jinsiy qarashlari, kelib chiqishi, fuqaroligi yoki siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar qo’lyozmaning intellektual mohiyatiga baho beradi.

    • Jurnal muharriri va tahririyat kengashi a’zolari muallif, taqrizchilar (ehtimoliy taqrizchilar)dan tashqari o’zgalarga qo’lyozma haqida ma’lumotlarni bermasliklari lozim.

    • Muharrir maqolaning butunligini saqlaydi, mualliflarga zarur o’zgartirishlarni kiritgan holda maqolani adabiy tahrirdan o’tkazishga yordam beradi va ilmiy maqolalarga qo’yiladigan, tadqiqot va nashriy etika talablariga mos kelmaydigan maqolalarni rad etadi. Muharrir yuqorida ko’rsatilgan qoidalar buzilgan taqdirda maqolani qabul qilmaslik huquqiga ega.

    • Ko’rib chiqish uchun taqdim etilgan maqolalardagi chop etilmagan ma’lumotlarni muallifning yozma ruxsatisiz shaxsiy tadqiqotlarda foydalanish mumkin emas. Taqriz yoki muallif bilan yozishmalar jarayonida olingan ma’lumot va g’oyalar sir saqlanib shaxsiy manfaat olish yo’lida foydalanmasligi lozim.

    • Muharrirlar mualliflar, qo’lyozmaga bog’liq bo’lgan boshqa tashkilotlar bilan raqobat natijasida kelishmovchiliklar bo’lgan taqdirda qo’lyozmani ko’rib chiqishni rad etishlari mumkin.



    Download 1.28 Mb.
      1   2   3   4




    Download 1.28 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mustaqil ish mavzu: etika standartlariga rioya etish yuzasidan nazorat guruh

    Download 1.28 Mb.