Adabiyotshunoslik nazariyasi




Download 30,96 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi30,96 Kb.
#103935
Bog'liq
Adabiyotshunoslik nazariyasi. Oraliq test


“Adabiyotshunoslik nazariyasi” fani bo‘yicha Sirtqi ta’lim yo‘nalishi 5-kurs talabalariga oraliq nazorat uchun tuzilgan test savollari

Quyida berilgan qaysi javobda adabiyotning funksiyalari to‘g‘ri ko‘rsatilgan?


a) evristik, gnesologik, kommunikativ; b) kommunikativ, ekspressiv, funksional; *c) evristik, kommunikativ, ekspressiv; d) gnesologik, ekspressiv, kommunikativ

Adabiyotshunoslikka oid dastlabki nazariy asar muallifi kim?


a) Platon *b) Aristotel c) Yevripid d) Arximed

Badiiy obraz vositasida fikrlash san’atda nima deb yuritiladi?


*a) obrazlilik b) badiiyat c) badiiy obraz d) poetika

Rus tilidan “biror nimaning ongdagi aksi”, “biror nimaning tasviri” deb tarjima qilinuvchi adabiy terminni toping?


a) poetika *b) obraz c) kompozitsiya d) sujet

“Borliqning ijodkor ko‘zi bilan ko‘rilgan va ijodiy qayta ishlangan har qanday aksi” adabiyotshunoslikda nima deyiladi?


a) badiiy asar b) badiiy nutq c) badiiy uslub *d) badiiy obraz

Ijodkor estetik ideali bilan munosabatiga ko‘ra badiiy obrazning qanday turlari bor?


a) realistik, romantik b) fantastik, grotesk c) tragik, satirik, yumoristik *d) ijobiy, salbiy

Individual obraz – bu?


*a) o‘ziga xos fe’l-atvori, gap-so‘zlari, betakror xarakter-xususiyatlari bilan namoyon bo‘luvchi obraz; b) muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan obraz; c) muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o‘zida namoyon etgan obraz; d) barcha javob to‘g‘ri

Xarakter – bu?


a) o‘ziga xos fe’l-atvori, gap-so‘zlari, betakror xarakter-xususiyatlari bilan namoyon bo‘luvchi obraz; *b) muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan obraz; c) muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o‘zida namoyon etgan obraz; d) barcha javob to‘g‘ri

Tip – bu?


a) o‘ziga xos fe’l-atvori, gap-so‘zlari, betakror xarakter-xususiyatlari bilan namoyon bo‘luvchi obraz; b) muayyan davr va muhit kishilariga xos eng muhim, xarakterli umumiy xususiyatlar bilan alohida shaxsga xos individual xususiyatlarni o‘zida mujassam etgan obraz; *c) muayyan ijtimoiy-tarixiy sharoit, davr va muhitga xos muhim xarakterli xususiyatlarni o‘zida namoyon etgan obraz; d) barcha javob to‘g‘ri

Badiiy nutq – bu?


*a) muallif nutqi, personaj nutqi va hikoyachi bayonidan iborat matn; b) yuksak darajadagi assotsiativ tafakkur natijasi; c) obrazga bevosita yozuvchi tomonidan berilgan ta’rif; d) badiiy adabiyotning obraz yaratish vositasi;

Personajning so‘z bilan chizilgan tashqi qiyofasi adabiyotshunoslikda nima deyiladi?


a) tasvir b) kompozitsiya *c) portret d) badiiy obraz

Adabiyotshunoslikka doir manbalarda inson obrazi tushunchasi qaysi termin bilan ifodalanadi?


a) ramz *b) personaj c) arxetip d) prototip

“Badiiy obraz” atamasi tor ma’noda badiiy asardagi ............ni bildiradi?


a) tabiat tasviri *b) inson obrazi c) badiiy nutq d) badiiy portret

Adabiyotshunoslikda “badiiy til”, “poetik til”, “badiiy adabiyot tili”, “badiiy asar tili” atamalari o‘rnida istifoda etiladigan adabiy terminni ayting?


*a) badiiy nutq b) badiiy tasvir c) muallif xarakteristikasi d) milliy til
Adabiy asarlarni ilk bor turlarga ajratgan faylasuf sifatida kim e’tirof etiladi?
a) Suqrot b) Platon c) Demokrit *d) Arastu

Arastuning poeziyaga bag‘ishlangan asari qaysi?


*a) “Poetika” b) “Davlat” c) “Poeziya” d) “Poetik san’at”

Aflotunning qaysi asarida poeziya masalalari asosiy mavzu bilan bog‘liq holda muhokama qilingan?


a) “Siyosat” *b) “Davlat” c) “Poeziya” d) “Ritorika”

Aflotun nazariyasiga ko‘ra, “tragediya va komediya” .....?


*a) o‘zganing gaplaridan tarkiblanadi b) shoirning o‘z gaplaridan tarkiblanadi c) o‘zganing gaplari va shoirning o‘z gaplaridan qorishiq holda tarkiblanadi d) to‘g‘ri javob berilmagan

Aflotun nazariyasiga ko‘ra, “difiramblar” .....?


a) o‘zganing gaplaridan tarkiblanadi *b) shoirning o‘z gaplaridan tarkiblanadi c) o‘zganing gaplari va shoirning o‘z gaplaridan qorishiq holda tarkiblanadi d) to‘g‘ri javob berilmagan

Aflotun nazariyasiga ko‘ra, “epos” .....?


a) o‘zganing gaplaridan tarkiblanadi b) shoirning o‘z gaplaridan tarkiblanadi *c) o‘zganing gaplari va shoirning o‘z gaplaridan qorishiq holda tarkiblanadi d) to‘g‘ri javob berilmagan

Qaysi mutafakkir adabiy turlarni farqlashda asarning nutqiy tashkillanishini asos qilib oladi?


*a) Aflotun b) Suqrot c) Arastu d) A.Shlegel

Antik davrdan bizgacha yetib kelgan so‘z san’ati haqidagi ilk maxsus tadqiqotni belgilang?


*a) “Poetika” b) “Ritorika” c) “Poeziya” d) “Poetik san’at”

Arastu poeziyani nimaga taqlid deb bilgan?


a) san’atga b) insonga c) aqlga *d) tabiatga

San’atlarni “nima bilan”, “nimaga” va “qanday” taqlid qilishiga ko‘ra farqlagan ijodkor kim?


a) Aflotun b) Shlegel c) Gegel *d) Arastu

Adabiy turlarni ajratishda taqlid usulini asosga qo‘yish an’anasi, ya’ni Arastu fikrlarini qonun deb bilish qachongacha davom etdi?


*a) XVIII asrgacha b) XIX asrgacha c) XVII asrgacha d) XX asrgacha

Adabiy turga mansublikni belgilashda asarning shakliy xususiyatlarinigina emas, uning ma’naviy mohiyatini ham hisobga olgan nazariyotchi kim?


a) F.Shelling *b) A.Shlegel c) Gegel d) Arastu

Adabiy turlarni farqlashda asarning shakliy xususiyatlariga ko‘z yumib, falsafiy tushunchalarni asos qilib olgan nazariyotchi kim?


*a) F.Shelling b) A.Shlegel c) Gegel d) Jan-Pol

Adabiy turlarni farqlashda tasvir predmetini asos qilib olgan nazariyotchi kim?


a) F.Shelling b) A.Shlegel *c) Gegel d) Belinskiy

Gegel qaysi adabiy turning mazmunini “subyektivlik, ichki olam, mushohada va his qiluvchi - .... qalb” tashkil qiladi deb hisoblaydi?


a) epik tur *b) lirika c) dramatik tur d) tragediya

O‘zining “Poeziyaning tur va xillarga bo‘linishi” nomli maqolasi bilan Gegel an’analarini davom ettirgan, asardagi obyekt va subyekt munosabatiga ko‘proq urg‘u qaratgan faylasuf kim edi?


a) F.Shelling b) A.Shlegel c) Gegel *d) Belinskiy

Belinskiy “obyektiv poeziya” deb qaysi adabiy turni nomlagan?


a) lirikani *b) eposni c) dramaturgiyani d) balladani

Arastu qadim yunonlarning ilohlariga bag‘ishlagan madhiyalarini qanday nomlagan?


a) elegiya *b) difiramb c) yamb d) madh

Gegel ta’limotiga ko‘ra, lirik asarning predmetini nima tashkil qiladi?


*a) kechinma b) voqelik c) harakat d) barchasi

Gegel ta’limotiga ko‘ra, epik asarning predmetini nima tashkil qiladi?


a) kechinma *b) voqelik c) harakat d) barchasi

Gegel ta’limotiga ko‘ra, dramatik asarning predmetini nima tashkil qiladi?


a) kechinma b) voqelik *c) harakat d) barchasi

Lirik qahramon qaysi adabiy turning yetakchi obrazi hisoblanadi?


a) dramatik b) epik *c) lirik d) tragik

Hozir ko‘ngildan kechayotgan his-tuyg‘ularni tasvirlashi bilan xarakterlanadigan adabiy tur qaysi?


a) dramatik b) epik *c) lirik d) tragik

O‘tmishda bo‘lib o‘tgan voqealar qalamga olinadigan, hatto olis kelajak qalamga olingan fantastik asarlarda ham muallif bo‘lib o‘tgan “voqea”ni hikoya qiladigan adabiy tur qaysi?


a) dramatik *b) epik c) lirik d) fantastik

Ushbu ta’rif qaysi adabiy turga tegishli? “......da go‘yo hozir sodir bo‘layotgan voqea kabi taassurot qoldiradi, bu turdagi asarlarda xarakterlararo konflikt yetakchilik qiladi”.


*a) dramatik b) epik c) lirik d) epos

Fransuz tilidan olingan bo‘lib, “tur”, “xil” ma’nolarini bildiruvchi termin qaysi?


a) konflikt b) roman c) epos *d) janr

“Adabiy asarlarning bir tur doirasidagi tarixan shakllanuvchi, o‘zining nisbatan barqaror poetik strukturasiga ega tipi” degan ta’rif qaysi adabiy terminga berilgan?


a) adabiy tur b) sujet c) badiiy til *d) adabiy janr

Qaysi adabiy turning spetsifik xususiyatlari haqida gap ketganda, eng avval voqeabandlik tilga olinadi?


a) dramatik *b) epik c) lirik d) barchasi to‘g‘ri

Epik asarlarda adabiy janrlar voqelikning badiiy qamrov ko‘lami bo‘yicha farqlanadi. Qaysi epik janr muayyan epik asar hayotdan (yoki qahramon hayotidan) birgina epizodni ko‘rsatib beradi?


*a) hikoya b) qissa c) roman d) doston

Epik asarlarda adabiy janrlar voqelikning badiiy qamrov ko‘lami bo‘yicha farqlanadi. Qaysi epik janr qahramon hayotidan butun bir etapni ko‘rsatib beradi?


a) hikoya *b) qissa c) roman d) doston

Epik asarlarda adabiy janrlar voqelikning badiiy qamrov ko‘lami bo‘yicha farqlanadi. Qaysi epik janr qahramon hayotining katta bir davrini ko‘rsatib beradi?


a) hikoya b) qissa *c) roman d) doston

Epik tur hayotni qamrash ko‘lami jihatidan qanday tasniflanadi?


a) kichik epik janrlar b) o‘rta epik janrlar c) katta epik janrlar *d) barcha javob to‘g‘ri

Latifa, masal, hikoyat, rivoyat kabi epik janrlar hayotni qamrash ko‘lami jihatidan qaysi tasnifga kiradi?


*a) kichik epik janrlar b) o‘rta epik janrlar c) katta epik janrlar d) barcha javob to‘g‘ri

Qissa hayotni qamrash ko‘lami jihatidan qaysi tasnifga kiradi?


a) kichik epik janrlar *b) o‘rta epik janrlar c) katta epik janrlar d) barcha javob to‘g‘ri

Epos, epik doston, roman kabi epik janrlar hayotni qamrash ko‘lami jihatidan qaysi tasnifga kiradi?


a) kichik epik janrlar b) o‘rta epik janrlar *c) katta epik janrlar d) barcha javob to‘g‘ri

Mutaxassislar hikoya janrining nechta tipini farqlashadi?


*a) 2 ta b) 3 ta c) 4 ta d) 5 ta

Qaysi adabiy janr dastlab xalq og‘zaki ijodida shakllangan?


a) hikoya *b) qissa c) roman d) ocherk

Qaysi adabiy janrning poetik qurilishi qahramonga qaratilgani bilan belgilanadi?


a) hikoya *b) qissa c) roman d) ocherk

Tuyg‘u-kechinmani tasvirlashi qaysi adabiy turga xos xususiyat sanaladi?


a) epos b) drama *c) lirika d) to‘g‘ri javob yo‘q

Lirik subyekt, lirik qahramon tushunchalari qaysi adabiy turning istilohlari sanaladi?


a) epos b) drama *c) lirika d) to‘g‘ri javob yo‘q

Lirik kechinma egasiga ko‘ra lirika qanday turlarga bo‘linadi?


a) avtopsixologik b) ijroviy c) personajli *d) barchasi

Lirikaning lirik kechinma obyekti nuqtayi nazaridan farqlanuvchi nechta turi ajratiladi?


*a) 2 ta b) 3 ta c) 4 ta d) 5 ta

Adabiyotshunos D.Quronov o‘zbek she’riyatida shu paytgacha qo‘llangan lirik janrlarni nechta tasnifga ajratgan?


a) 2 ta b) 3 ta c) 4 ta *d) 5 ta

Dramaning tasvir predmeti nima?


a) voqea b) kechinma *c) harakat d) inson

Dramatik asarning qurilishi, poetik o‘ziga xosligini belgilovchi eng muhim xususiyatini belgilang?


*a) sahna uchun yaratilishi b) kechinmani ifodalashi c) voqeani tasvirlashi d) ma’lumot saqlashi

Qaysi adabiy turga mansub asarlarda voqealar ko‘pi bilan to‘rt-besh joydagina kechadi?


a) epos *b) drama c) lirika d) to‘g‘ri javob yo‘q

Yunonchadan tarjima qilinganda “echki qo‘shig‘i” ma’nosini beruvchi janr qaysi?


a) komediya *b) tragediya c) drama d) opera

Yunonchadan tarjima qilinganda “qishloq qo‘shig‘i” ma’nosini beruvchi janr qaysi?


*a) komediya b) tragediya c) drama d) opera

Dramaturgiyaning tragediya va komediya janrlarining kelib chiqishi qaysi yunon xudosi bilan bog‘liq?


a) Zevs b) Afina c) Apollon *d) Dionis

Satirik va yumoristik ruhda bo‘ladigan adabiy janr qaysi?


a) roman b) doston *c) komediya d) latifa
Download 30,96 Kb.




Download 30,96 Kb.