• BINONING KONSTRUKTIV YECHIMI Binoning konstruktiv yechimi
  • Loyihalanayotgan bino quyidagi konstruksiyalardan tashkil topgan. Poydevor
  • Ichki devorlar
  • Eshik bloklari
  • Zina to`sig`i
  • Tashqi pardoz
  • Sanitar gegiyinik kabinalar
  • BINONING HAJMIY - PLAN YECHIMI




    Download 375,01 Kb.
    bet3/6
    Sana19.01.2024
    Hajmi375,01 Kb.
    #141186
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Абдуқаюмов Изохнома панел

    BINONING HAJMIY - PLAN YECHIMI
    Loyihalanayotgan bino to`g`ri to`rtburchak shaklida bo`lib, 1-13 o’qlar orasidagi uzunligi L=36.0 m, A-С o’qlar orasidagi masofa B=12 m ni tashkil etadi. Binoning sokol qismi balandligi esa hts=0,9 m ni tashkil etadi. Binoning umumiy balandligi esa H=19.8 m ni tashkil qiladi.
    Xona binonig asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Xona uchun asosiy narsa bu uning funksional vazifasidir, ya`ni kishilarning ishlab chiqarish, ijtimoiy va shaxsiy hayot faoliyatining ma`lum talablarini qondirishdir. Binodagi xonalar vazifasiga qarab asosiy (ishchi) va yordamchi xonalariga bo`linadi.
    Asosiy xonalarga binoning funksional vazifasiga mos ravishda kishilarni doimiy yashashi va faoliyati uchun mo`ljallangan xonalar kiradi, ya`ni yashash xonalari.
    Binodagi asosiy jarayonni amalga oshirish uchun asosiy xonalardan tashqari yordamchi xonalar ham kerak bo`ladi. Bu xonalar binoda amalga oshiriladigan jarayonlarning bajarilishini ta`minlash uchun zarur, lekin binoning vazifasini belgilamaydi. Yordamchi xonalarga oshxona, vannaxona, hojatxona, kladofka kabi xonalar kiradi.
    Binolardagi asosiy va yordamchi funksional vazifani bajaruvchi barcha xonalar kommunikatsiya xonalari vositasida o`zaro bog`langan bo`ladilar. Ularning asosiy vazifasi – kishilarning harakatlanishiga qulaylik yaratishdir.
    BINONING KONSTRUKTIV YECHIMI
    Binoning konstruktiv yechimi- loyhalashtirishning konstruktiv va qurulish sistemalarini hamda konstruktiv sxemalarini tanlash bosqichlaridan iborat.
    Konstruktiv sistema binoning mustahkamkigini, ustuvorligini ta`minlovchi, o`zaro bog`langan yuk ko`taruvchi konstruksiyalardir. Konstruktiv sistemani tanlash bilan binodagi har bir konstruksiyaning statik roli belgilanadi. Binodagi yuk ko`taruvchi konstruksiyalar gorizontal va vertikal elementlardan iborat. Gorizontal yuk ko`taruvchi konstruksiyalar (tom yopmalari, qavatlararo yopmalar) o`zlariga tushadigan barcha vertikal yuklarni qabul qilib, vertikal yuk ko`taruvchi konstruksiyalar (devorlarga) uzatadilar. Gorizontal yuk ko`taruvchi konstruksiyalar binodagi bikrlik diofragmasini ham bajaradilar, ya`ni gorizontal yuklar va shamol, zilzila va ta’sirlarni qabul qilib vertikal yuk ko`taruvchi konstruksiyalarga uzatadilar. Bu loyihada vertikal yuk ko`taruvchi konstruksiyalar devorlardir.
    Loyihalanayotgan bino quyidagi konstruksiyalardan tashkil topgan.
    Poydevor: - bu konstruksiya binodan tushadigan barcha yuklarni o`ziga qabul qilib asosga uzatuvchi konstruksiya hisoblanadi. Binoning uzoqqa chidamligi, mustahkamligi va ustivorligi ko`p jihatdan poydevorning sifatiga bog`liq. Bino lentasimon yig’ma beton bloklardan iborat bo`lib, uning tagligining eni δ=1200 mm, o’rnatilish chuqurligi polga nisbatan hf=-2,400 mm chuqurlikda joylashgan. Barcha asosiy devorlarning ostida yig’ma betondan yotqizilgan. Yig’ma beton bloklar tagliklarga yotqizilgan. Tagliklar quyma manalit betondan tayyorlangan
    Devorlar: - tashqi va ichki devorlar bu konstrusiya binodan tushadigan yuklarni qabul qilishdan tashqari binodagi ichki su’niy yaratilgan muhitni tashqi muhitdan ajratib turadi va bino fasadining asosiy kompozitsiya vazifasini bajaradi.
    Binoning tashqi devorlari Seriya 1.132.1-12c da berilgan tashqi devor panellaridan olingan bo`lib, uning qalinligi δ=300 mm qilib berilgan. Tashqi panellar paneldan chiqib turadigan armatura orqali bir biriga tutashtirilgan.
    Ichki devorlar: - bu konstruksiya yuk ko`tarish hamda to`siq vazifasini bajaradi. Binoning ichki devorlari Seriya 1.132.1-12c da berilgan ichki panellardan tayyorlangan bo’lib uning qalinligi δ=160 mm qilib berilgan. Devor boshqa ichki va tashqi panellarga panel uchidan chiqib turadigan armtura bilan biriktirilgan.

    Yopmalar: - Ushbu konstruksiya binoning ichki fazosini qavatlarga bo`lib, turuvchi gorizontal to`siq konstruksiyadir. Orayopma konstruksiyalari otsek chegarasida gorizontal va vertikal tekisliklar bo`yicha bikr mustahkam, vertikal elementlarga bog`langan. Bu bog`lanish gorizontal kuchlarni vertikal elementlarga uzatishi zilzila jarayonida konstruksiyalarning birgalikda ishlashini ta`minlaydi. Loyihalanayotgan binoda orayopma sifatida uzunligi L1=6000, eni B=3000-3600-3900mm, qalinligi h=300 mm bo’lgan yig’ma temirbeton plitalar qo’llanilgan.
    Derazalar: - kesaki va tavaqalardan iborat oynavand konstruktiv element bo`lib, xonalarni tabiiy yoritishda xizmat qiladi. Loyihalanayotgan binoda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy romlardan foydalanish nazarda tutilgan. Ularning o’lchamlari balandligi h=0,9-1,5 m; eni B=0,9-1.26 m; ni tashkil etadi.
    Eshik bloklari: - kesaki va tabaqalardan tashkil topgan xonalarni o`zaro bog`lash uchun xizmat qiladigan konstruksiya hisoblanadi. Loyihalanayotgan binoda respublikamizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy eshiklar qo’llash mo’ljallangan, ularning o`lchamlari h=2.1-2.2 m, eni B=0.7-0.9-1 m ni tashkil etadi. Deraza va eshiklarnning o’lchamlari loyihaning grafika qismida jadval shaklida keltirilgan
    Zina: - bu konstruksiya marsh va pog`onalardan tashkil topgan bo’lib bir qavat orasida joylashgan marshlar soniga qarab zinalar 1, 2 yoki 3 marshli bo`ladi. Zina marshlari betondan qilingan bo’lib, umumiy uzunligi L=3000 mm ni; eni B=1200 mm; ni tashkil etadi. Zina pog’onalari ostki qovurg’aga mahkamlangan.



    Zina to`sig`i: - Zina to’sig’i temirdan qilingan bo’lib, balandligi 900 mm ni tashkil etadi. U panjalari to`siq ko`rinishida keltirilgan


    Ichki pardoz: - binoning hamma ichki tomoni hajmiy og`irligi γ=1600 kg/m3 bo’lgan sement-qum qorishmasi asosida shuvalgan. Vannaxona, xojatxona va oshxona devorlari 1.80 m balandlikda sement qum qorishmasi asosida keramik plitka bilan pardozlanadi. Shiftlar osma bo`lib metal karkaslarga gipsokarton qotirilgan. Devor va shiftlar emulsiya asosida 3 marta ranglangan.
    Tashqi pardoz: - bino tashqi devori hajmiy og`irligi γ=1800 kg/m3 bo’lgan sement qum qorishmasi asosida δ=20 mm qalinlikda shuvoq qilinadi. Biroz muddatdan keyin vodaemulsiya asosida 3 marta ranglanadi.
    Otmostka: - Bino atrofida sement-qum qorishmasidan stiyashka qatlam qilingan: - bu qatlam atmosfera suvining bino atrofidan qochirish uchun xizmat qiladi. Binoning perimetri bo`ylab 1.5 m endilikda beton to`shama δ=60 mm qalinlikda to`shaladi, tagidan δ=80 mm qalinlikda sheben to`shama to`shalib tekislanadi.
    Sanitar gegiyinik kabinalar: - Loyihalanayotgan binoyimizda 3 xonali kvartira uchun bir eshikli 1610x1480 blokli, 5 xonali kvartiralar uchun ikki eshikli ya`ni, hojatxonasi hamda vannaxonasi alohida bo`lgan 2550x1480 o`lchamli blok qo`llangan bo`lib, hojatxona qismi 1000x1200 ni tashkil qiladi. Hojatxona qismida ham alohida rakvina mavjud.




    Download 375,01 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 375,01 Kb.