• Kalit so‘zlar
  • Asosiy qism.
  • Ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texnologiyalar n. B. Ismatova Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi annotatsiya




    Download 199 Kb.
    bet1/6
    Sana19.01.2024
    Hajmi199 Kb.
    #141370
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalar





    TA’LIM JARAYONIDA QO’LLANILAYOTGAN TEXNOLOGIYALAR
    N. B. Ismatova
    Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi
    ANNOTATSIYA
    Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimini mazmunan modernizatsiyalash va ta’limtarbiya samaradorligini yangi sifat bosqichiga ko’tarishdan asosiy maqsad yoshlarimizning zamonaviy bilim va kasbga ega bo’lishiga qaratilgan. O’ta murakkab va tahlikali zamonda mavjud bo’lgan har qanday xatarga, zararli ta’sir va oqimlarga nisbatan ogoh, sezgir va hushyor bo’lib yashashini va jamiyatimiz hayotida munosib o’rin egallashini ta’minlashdan iborat hisoblanadi.
    Kalit so‘zlar: texnologiya, pedagogik texnologiya, ta’lim, o‘qituvchi, o‘quvchi shaxsi, guruhda ishlash.
    Kirish: O’quv jarayonida o’zaro hamkorlikka asoslangan do’stona muhitni vujudga keltirish shaxsga yo’naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etish nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega. Kasb-hunar ta’limidagi o’quv-biluv jarayoni o’quvchining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish asosida tashkil qilinishi lozim. O’qituvchi bilan o’quvchi orasida o’zaro hamkorlik muhiti yaratilayotganda barcha o’quvchilarning imkoniyatlari va ehtiyojlari hisobga olinishi juda muhimdir. Bu jarayonda o’zaro tenglik muhiti hukmron bo’ladi, o’quv jarayonida o’quvchilarning aksariyat muammolarini echishga ko’maklashadigan ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladi. Ta’lim-tarbiya maktab, ota-onalar, mahalla va o’quvchilar jamoasi hamkorligida, demokratiya va tolerantlik tamoyillari asosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda o’quvchilar oddiy ta’lim oluvchilar emas, ta’lim-tarbiya jarayonining teng huquqli, hamkorlik asosida jipslashgan ishtirokchilari bo’lishlariga erishiladi.
    Asosiy qism. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, o’qituvchi o’quv-biluv jarayonini tashkil etar ekan, har bir o’quvchining betakror ekanligi, uning ta’lim-tarbiyasi oilaviy muhitga, sinfdagi mavqeiga, o’stozlarining munosabatiga, ruhiy kechinmalari va kayfiyatiga ko’p jihatdan bog’liq bo’lishini unutmasligi lozim. Umumiy o’rta ta’lim muassasasidagi har bir pedagog o’quvchining qalbidan chuqur joy ola bilishi, ularning hurmat-ehtiromiga sazovor bo’la olishga erishishi, o’quvchining eng yaqin kishilaridan biriga aylanishi, quvonchi va tashvishiga sherik bo’lishi, muammoli vaziyatlarda to’g’ri yo’l ko’rsata olishi zarurki, shundagina ta’lim-tarbiya oldiga qo’yilgan maqsadga erishiladi.
    O’quvchilar orasidagi o’zaro hamkorlik muhitini shakllantirish uchun, avvalo, quyidagilarni amalga oshirish kerak:
    − o’quv jarayonida ijodkorlik muhitini vujudga keltirish;
    − o’quvchilar faoliyatini muayyan tartib asosida tashkil etish;
    − o’quvchilar jamoasi orasida o’zaro do’stona muhitni vujudga keltirish kabilar.
    O’zaro hamkorlik va do’stona muhitni vujudga keltirish uchun muayyan maqsadga yo’naltirilgan pedagogik jarayonni shunday tashkil etish lozimki, buning uchun o’quv-tarbiya jarayonining ochiq xarakter kasb etishi va o’zaro axborotlar almashinuvi uchun qulay bo’lishini ta’minlash muhimdir.
    Ta’lim jarayonida o’zaro hamkorlikni yo’lga qo’yish uchun o’quvchilarda ongli faoliyat ko’rsatish ko’nikmasini tarkib toptirish, ularni mustaqil, ijodiy fikrlashga o’rgatish alohida ahamiyatga ega. Chunki umumiy o’rta ta’lim o’quvchilari murakkab, ruhiy inqirozlar vujudga keladigan, yuqori quvvatga ega bo’lgan, shijoatli, yangilikka chanqoq, olamni o’zlashtirishga intiluvchan, mustaqillik va moslashuvchanlikka moyil, xulq-atvorida ijtimoiy me’yorlarning shakllanishi jadal sur’at bilan kechadigan yoshda bo’ladilar. Shunga ko’ra quyidagilarning muhimligi kuzatilmoqda:

    • o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligini boshlang’ich sinflardayoq yo’lga qo’yishning zarurligi;

    • o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligini ta’minlashga xizmat qiladigan metodlarni qo’llashning muhimligi;

    • o’quvchilarga taqdim etiladigan axborotlar hajmining kengligi va ularni o’zlashtirish o’zaro hamkorlik va fikr almashinish muhitini taqozo qilishi;

    • o’qituvchi bilan o’quvchilar orasida do’stona hamkorlikka asoslangan muhitning vujudga kelishi o’qituvchi pedagogik faoliyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarurligi;

    • o’quvchilar va o’qituvchilar munosabatlarida an’anaviy pedagogik yondashuvlarning saqlanib qolayotganligi va uni bartaraf etish ehtiyojining kuchayayotganligi;

    • ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlashda o’qituvchi bilan o’quvchilar hamkorligining muhimligi;

    • o’qituvchining muomala odobi, nazokati, shaxslararo muomala maromi, o’quvchilar bilan do’stona munosabatni o’rnatuvchi muhim omil ekanligi va boshqalar.

    Ta’lim jarayonida o’quvchilarning hamkorlikka asoslangan ijodiy faoliyatini tashkil etish uchun axborotli mahsullarni tayyorlash va ulardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Mazkur jarayonda sun’iy intellekt yoki mantiqiy-lingvistik modeldan unumli foydalanish mumkin. Bilimlarni modellashtirish turli ilmiy yo’nalishlarda turli maqsadlarda amalga oshiriladi. Ekspert tizimlar nazariyasida bu metoddan intellektual vazifalarni kompyuter vositasida echishda foydalaniladi. O’quv muhitida o’qituvchi ham jismoniy, ham virtual ekspert model sifatida namoyon bo’ladi. Pedagogika fani uchun umumlashgan quvvatlarni qo’lga kiritish o’ta muhim ahamiyatga ega. Chunki u yangi bilimlarni o’zlashtirishni ta’minlaydi. Umumlashgan quvvatlarni sarflash o’quv jarayonida juda zarur hisoblanadi. Jumladan,

    1. o’quvchilarni aniq ilmiy, amaliy muammolarni echishga jalb etish, bu jarayonda ularda muayyan qiziqishlarni hosil qilish;

    2. o’quvchilarning o’quv ishlarini shunday tashkillashtiriladiki, mantiqiy-lingvistik modeldan topshiriqlarni echish vositasi va ularning echimlarini tekshirish usuli sifatida foydalanish imkoniyati vujudga kelishi;

    3. qo’lga kiritilgan natijalar aksariyat hollarda elektron ko’rinishlarda ifodalanishi lozim.

    Buning natijasida o’quvchilarda kompyuterdan foydalanishga oid dastlabki ko’nikmalar tarkib topadi va har bir o’quvchida o’zlari uchun zarur bo’lgan axborotlar bazasini yaratishga bo’lgan intilish vujudga keladi. Bu jarayonda guruh a’zolari birgalikda harakat qila boshlaydilar, har bir o’quvchi o’z bilim zahirasini guruhdoshlari egallagan bilimlar yordamida boyitish imkoniyatini qo’lga kiritadi. Bunda ularga yangi bilimlar bilan boyitilgan o’quv materiallari yaqindan yordam beradi, shuningdek, o’qituvchi intellektual xarakterdagi o’quv topshiriqlaridan kengroq foydalangan holda hamkorlikka asoslangan o’quv muhitini vujudga keltirishi lozim. Ta’lim-tarbiya tizimiga bunday yodashuvni tatbiq qilish natijasida maktab ta’limida yangi yo’nalish vujudga keladi.
    Pedagogik hamkorlik o’zida quyidagilarni mujassamlashtiradi:

    1. o’quvchilarning quvvatlarini mujassamlashtirish asosida umumlashgan natijani qo’lga kiritishga asoslangan jamoa mehnatini tashkil etish texnologiyasi;

    2. intellektual texnologiyalarga asoslangan axborotlarga ishlov berish usullari.

    Bunday yondashuv natijasida intellektual madaniyatning yuqori darajasiga erishishi ta’minlanadi.
    Pedagogik hamkorlik va hamjihatlikka asoslangan bilimlar to’rt ko’rinishda namoyon bo’ladi. Hamkorlik nazariyasi –

    1. fundamental ilmiy nazariyalarning vujudga kelishiga asos bo’ladigan, umumiy ilmiy nazariyalar, dunyoqarashlar, g’oyalar, tamoyillar, timsollar, tasavvurlar tizimidan iborat paradigma;

    2. nomuntazamlik, ochiqlik, o’tish xarakteridagi jarayonlarning tengsizligiga asoslangan g’oya atrofida birlashadigan muayyan xususiy ilmiy qarashlar;

    3. tizimlarning o’z-o’zini tashkil etish yoki o’tish jarayonlariga oid umumiy ilmiy yondashuvlar;

    4. ilmda mavjud bo’lgan hukmron tafakkurga barham berish, o’zgarmas tushunchalar va barqaror tafakkur, o’tish xarakteridagi daliliy shakllar va obrazlar, yangicha dunyoqarash − asosini tashkil qiladi.

    Ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini, dunyoqarashini har tomonlama o’zgartirish tamoman yangi ilmiy-pedagogik asoslarga tayanishni taqozo qilmoqda. Umumiy o’rta ta’lim oldiga qo’yilgan maqsad, vazifa va tamoyillarni amalga oshirish nafaqat ta’lim mazmunini o’zgartirishni talab qilmoqda, balki uning shakllari, metodlari, o’qituvchi faoliyatini ham takomillashtirishga bo’lgan ehtiyoj kuchaymoqda.
    Hamkorlikda o’qitish texnologiyasida o’quvchilarni hamkorlikda o’qitishni tashkil etishning bir necha metodlari mavjud:

    Download 199 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 199 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texnologiyalar n. B. Ismatova Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi annotatsiya

    Download 199 Kb.