|
Muxokama va natijalar. O’zaro hamkorlikka asoslangan ta’lim
|
bet | 3/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 199 Kb. | | #141370 |
Bog'liq ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalarMuxokama va natijalar. O’zaro hamkorlikka asoslangan ta’lim. Hamkorlik pedagogikasida interaktivlik (“inter”-“o’zaro”, “akt”-“faoliyat”) muhim ahamiyat kasb etadi. Interaktivlik – o’qituvchi va o’quvchining o’zaro ta’siri. Hamkorlik faoliyatini takomil bosqichiga o’tish jarayonida o’zaro ta’sir o’tkazish harakatini baholashdan o’zo’zini baholash darajasiga ko’tarilishi sodir bo’ladi. Ushbu jarayon hamkorlik dinamikasidan dalolat beradigan eng muhim omillardan biri vazifasini o’taydi. “Sub’ekt-Sub’ekt” munosabatlariga asoslangan hamkorlik namunalari bo’lmish o’yin texnologiyalari bolalarda ijodkorlik qobiliyatlarini shakllantiradi, mustaqil fikrlash, keng mushohada yuritish ko’nikmalarini rivojlantiradi. O’quvchilarning kichik guruhlardagi o’quv faoliyati o’yin (viktorina, breyn ring, turnir, musobaqa) shaklida, individual tarzda ham tashkil etilishi mumkin. Quyida shunday texnologiyalardan namunalar keltiramiz.
Pedagogik tenalogiyada o’quvchining o’quv jarayonida tutgan o’rnini va pedagogning o’quvchilarga nisbatan bo’lgan munosabati muhim o’rin tutadi. Bunda quyidagi texnalogiyalarni ajratish mumkin:
Avtoritar texnalogiya. Bunda pedagog o’quv tartiblovchi jarayonining asosiy sube’kti, o’quvchi esa, faqat ab’ekt sifatida qatnashadi. U o’quvchilarning erkinligini bo’g’ishi, majburiy o’qitish, tashabbusni bo’g’ish va o’quv tarbiyaviy jarayonini (O’TJ) qattiq qo’llik bilan olib borishga asoslanadi.
Didaktotsentrik texnalogiyalar – o’quvchi shaxsiga e’tibor bermaslik bilan ajralib turadi. Bunda ham sub’ekt-ab’ekt munosabat bo’lib, shaxsni shakllantira olish, didaktik vositalaridan iborat bo’ladi.
v) Shaxsga yo’naltirilgan texnalogiyalar – buning markazida o’quvchi shaxsi uni rivojlantirish uchun, barcha sharoitlarni yaratish, uning tarbiyaviy salohiyatini namoyon qilishga yordam berish yotadi. Bunda o’quvchi shaxsi faqatgina sub’ekt bo’lmay, prioritetga ega bo’lgan sub’ekt bo’ladi. Bunda u ta’limiy tizimning maqsadiga aylanadi. Bunday texnalogiyalar “antropoyentrik texnalogiyalar” deyiladi.
Shunday qilib, shaxsga yo’naltirilgan texnalogiyalar antropotsentrik, gumanistik va psixoterapistik, har tomonlama erkin, ijoddiy rivojlangan shaxsni tarbiyalashdan iborat.
|
| |