|
Jamoa bo’lib o’qitishning dolzarbligi
|
bet | 5/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 199 Kb. | | #141370 |
Bog'liq ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalarJamoa bo’lib o’qitishning dolzarbligi
Ushbu pedagogik texnalogiyalarning dolzarligi shundaki, u to’planib qolgan muammollarni va zamonaviy ta’limning ziddiyatlarini ochishga yo’l beradi.
An’anaviy ta’limda yuz berayotgan krizisni barcha pedagoglar tan oladi. U quyidagi ziddiyatlarda yaqqol ko’rinadi:
O’quvchilarni o’qitish mativayiyasi va rag’batlantirish orasidagi ziddiyat. O’qituvchilar o’quvchilarni o’qishmayapti deb shikoyat qilishadi, o’quvchilar esa, o’qishning zerikarliligi, bir xilligi va kuchi etmasligiga shikoyat qilishadi. Jamoaviy o’qitish esa, o’qituvchilardagi mativatsiyani hamkorlik asosida shakllanadi va rivojlanadi.
O’qituvchi yangi mavzuni tushuntiradi, qolganlar eshitadi. Bu butun dars davomida davom etishi mumkin. Jamoa bilan o’qitish esa har bir o’quvchini dars davomida faol ishlashga undaydi.
Psixologik komfort va diskomfort o’rtasidagi ziddiyat. Oddiy klassik darsda pedagog 1soat 20 minut davomida butun sinfni o’z qo’lida ushlab turishi kerak. Jamoaviy o’qitish usuli esa, majburli bo’lmagan va qiziqarli muloqot uchun, sharoit yaratadi.
Tarbiya va o’qitish orasidagi ziddiyat. Oddiy darsda o’quvchilarning o’zaro tarbiyaviy ta’siri o’qtuvchi tomonidan “gaplashmang”, “o’rgatmang” degan so’zlar bilan chegaralab qo’yishadi. Jamoaviy o’qitishda esa aksincha : “Suhbatlashing”, “To’g’irlang”, “bir-biringizni baholang” degan so’zlar ishlatiladi.
Induvidual rivojlanish bilan o’qitish standartlari orasidagi ziddiyat: 1- sentyabrda auditoriyaga 30 ta o’quvchi keldi va 1 iyungacha ularning hammasi sinfdansinfga o’tishi kerak. Rivin buni poda o’tish deb atagan. Jamoaviy o’qitishda esa, o’quvchi sinfga istagan vaqtda kelishi mumkin va imthonni ham istagan vaqtda topshirishi mumkin.
Jamoaviy o’qitish usullarining metodikasi
Jamoaviy o’qtish usullari quyidagi tamoyillarga rioya qilishni talab qiladi:
O’zgarib turadigan o’quvchilar juftligi bo’lishi;
Ularning bir-birini o’qitishi;
O’zaro nazorat;
O’zaro boshqaruv.
|
| |