|
Ta’lim jarayonida qo’llanilayotgan texnologiyalar n. B. Ismatova Pedagogika kafedrasi katta o’qituvchisi annotatsiya
|
bet | 2/6 | Sana | 19.01.2024 | Hajmi | 199 Kb. | | #141370 |
Bog'liq ta-lim-jarayonida-qo-llanilayotgan-texnologiyalarGuruhlarda o’qitish (R.Slavin, Ishmuhamedov) da o’quvchilar teng sonli ikki guruhga ajratiladi. Har ikkala guruh bir xil topshiriqni bajaradi. Guruh a’zolari o’quv topshiriqlarini hamkorlikda bajarib, har bir o’quvchi mavzudan ko’zda tutilgan bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishga e’tiborni qaratadi.
Kichik guruhlarda hamkorlikda o’qitish . Bu yondashuvda kichik guruhlar 4 ta o’quvchidan tashkil topadi. O’qituvchi avval mavzuni tushuntiradi, so’ngra o’quvchilarning mustaqil ishlari tashkil etiladi. O’quvchilarga berilgan o’quv topshiriqlari 4 qismga ajratilib, har bir o’quvchi topshiriqning ma’lum qismini bajaradi. Topshiriq yakunida har bir o’quvchi o’zi bajargan qism yuzasidan fikr yuritib, o’rtoqlarini o’qitadi, so’ngra guruh a’zolari tomonidan topshiriq yuzasidan umumiy xulosa chiqariladi.
O’qituvchi har bir kichik guruh axborotini tinglaydi va test savollari yordamida bilimlarni nazorat qilib baholaydi.
O’qituvchi va o’quvchining hamkorlikdagi faoliyatiga doir tadqiqotlarda asosiy e’tibor o’zaro munosabatning rivojlanishini o’rganishga qaratiladi, o’qitishni guruhli tashkil qilish jarayoni bayon qilinadi.
Hamkorlikdagi faoliyat usuli deganda, o’qituvchi bilan o’quvchining birgalikdagi hatti-harakatlarining tizimini tushunish kerak. Bunday xatti-harakat o’qituvchining o’quvchiga ko’rsatadigan yordamidan boshlanadi;
O’quvchilarning faolligi asta-sekin o’sib borib, butunlay ularning o’zi boshqaradigan amaliy va aqliy harakatiga aylanadi; o’qituvchi bilan o’quvchi o’rtasidagi munosbata esa sheriklik pozitsiyasi xususiyatiga ega bo’ladi.
Pedagogika – psixologiya fanida hamkorlikning 8 ta shakli mavjud. Ular quyidagilardan iboratdir:
faoliyatga kirish;
mustaqil harakatlar o’qituvchi bilan o’quvchi hamkorlikda bajaradilar;
o’qituvchi harakatni boshlab beradi va unga o’quvchini jalb etadi;
taqlid harakatlari (o’qituvchidan ibrat olgan o’quvchi anna shu namuna asosida harakat qiladi);
madad harakatlari (o’qituvchi o’quvchiga oraliq maqsadni va unga erish usullarini tanlashda yordam beradi va oxirgi natijani nazorat qiladi);
o’zini – o’zi boshqarish harakatlari (o’qituvchi umumiy maqsadni
ko’rsatishda oxirgi natijani baholashda ishtirok etadi);
o’zini – o’zi ko’rsatuvchi harakatlar;
o’zini – o’zi uyushtiruvchi o’yinli harakatlar.
Qo’llanmaning keyingi sahifalarida shunday hamkorlik namunalari bo’lmish o’yin texnologiyalarini keltirib o’tamiz.
|
| |