QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
MATEMATIKA VA KOMPYUTER ILMLARI
FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA TA’LIM
YO’NALISHI 4-KURS 02079–GURUH TALABASI
SHONAZAROV UCHQUNNING “ SONLI USULLAR”
FANIDAN TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Mavzu: Splayn funksiyalar va ularning xossalari
Tayyorladi: Shonazarov U.
Qabul qildi: Shukurov O.
2024-yil
Mavzu: Splayn funksiyalar va ularning xossalari
Mundarija:
I. KIRISH
II. ASOSIY QISM
2.1. Interpolyatsiyalash va splayn funksiya tushunchasi
2.2. Splayn funksiyalarning xossalari va ularning qo'llanilishi
2.3. Chiziqli splayn funksiyalar
2.4. Kvadratik splayn funksiyalar
2.5. Kubik splayn funksiyalar
2.6. Splayn funksiyalar implementatsiyasi
III.XULOSA
Foydalanilgan adabiyotlar
I. Kirish
Hayotimizdagi har qanday jarayon, har qanday faoliyat ularning ixtisoslashgan rolini bajaradigan tegishli qoidalar, ko'rsatmalar, qoidalar bilan tartibga solinadi. Binobarin, differensial tenglamalar uni tadqiq etish va tahlil qilish uni vakolatli qo'llash va tayyorlash, shuningdek bajaruvchining samarali ishlashi uchun eng yaxshi tizimni yaratish uchun zarurdir.
Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek “Dunyoqarashni nima o’zgartiradi - ilm, daromad, manfaat” va “Xalqimiz ertaga emas, uzoq kelajakda emas, aynan bugun o’z xayotida ijobiy o’zgarishlarni qurishni istaydi. Bizning mexnatkash, oqko’ngil, bag’rikeng xalqimiz bunga to’la xaqlidir” bular esa o’z navbatida kadrlar salohiyati va hujjatlashtirish tizimi, davlat va vazirlik tomonidan qabul qilinayotgan farmonlarga bog’liq.
Kompyuterning qo’llanilish sohalaridan biri matematik, mexanik va fizik jarayonlarni va ob’ektlarning matematik modellarini hisoblash usullari va kompyuterlarning dasturiy vositalari yordamida tadqiq etish bo`lib qolmoqda. Hisoblash matematikasi usullari va kompyuterlarning zamonaviy imkoniyatlari birgalikda bunday jarayonlar va ob`yektlarning shu paytgacha noma`lum xususiyatlarini ochishga va shu asnoda, texnologik jarayonlarni takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Ushbu kurs ishining mavzusi ham hisoblash matematikasi va kompyuterning ilmiy tadqiqot ishlarda qo’llanilishiga bog`liq bo’lib, ilmiy va amaliy jihatdan dolzarbdir.
Hozirgi kunda fan-texnika rivojlanib borgan sari matematika va konpyuterning o’rni ortib bormoqda. Shu jumladan matematikadan fizika, mexanika, biologiya, kimyo va astronomiya hamda iqtisodiy masalalarni yechishda, bu jarayonlarni tahlil etishda va boshqa ko’p sohalarda foydalaniladi. Bu sohalardagi jarayonlar matematik modelining bir qismi splayn funksiyalarga tayanadi.
Hozirgi kunda tayyorlanayotgan bakalavrlarning matеmatik ma`lumoti oliy matеmatika fanida o‘qitilayotgan an`anaviy bo‘limlar bilan chеgaralanib qolmasligi zarur. Ayniqsa, "Informatika va axborot tеxnologiyalari" yo‘nalishi bo‘yicha ta`lim olayotgan talabalardan zamonaviy matеmatikaning zarur bo‘limlarini bilishni, birinchi galda esa, hisoblash matеmatikasining zamonaviy usullarini mustahkam egallashni va ulardan amaliy masalalarni yechishda foydalanishni hamda yechilayotgan masalani dasturini yaratib, zarur sonli yechimni olishga erisha olishlari talab etiladi.
Yangi tеxnika va tеxnologiyaning kеskin o‘sib borishi matеmatika fanining zamonaviy bo‘limlarini xalq ho‘jaligi masalalarini yechishga yanada ko‘proq qo‘llanila boshlagani amaliy masalalarni yechishga ixtisoslashtirilgan bakalavrlar va magistrlarni tayyorlashga bo‘lgan talabni borgan sari orttirib bormoqda. "Informatika va axborot tеxnologiyalari" yo‘nalishi bo‘yicha ta`lim olayotgan bakalavrlar amaliy masalalarni kompyuterda yechishlari uchun ikkita asosiy yo‘nalish bo‘yicha yetarlicha chuqur bilimga ega bo‘lishlari kеrak. Birinchidan, ular biror zamonaviy algoritmik tilda
ma`lum algoritm asosida dastur tuzishni yoki matеmatik dasturlar asosida hisoblash jarayonini tashkil etishni bilishlari, ikkinchidan amaliy masalalarni yechishning sonli-taqribiy usullari haqida ham yetarlicha bilimga ega bo‘lishlari kеrak.
|