|
“PEDAGOGS”
international research journal ISSNBog'liq 20-22“PEDAGOGS”
international research journal ISSN:
2181-4027
_SJIF:
4.995
www.pedagoglar.uz
Volume-25, Issue-2, January - 2023
22
1) tilshunoslikda – tilda so’zlarning o’zgarish shakllari tizimi, grammatikaning
so’z shakllarining yasalish usullari hamda so’z yasash qoidalari haqidagi bo’limi;
2) botanikada – tuproqning tuzilishi va shaklini o’rganadigan fan sifatida;
assimilyatsiya:
1) biologiyada – organism faoliyati jarayonida organic moddalarning o’zlashishi,
singishi va hazm bo’lishi;
2) tilshunoslikda – so’zlarning talaffuzida ularning tarkibidagi ikki tovushning
bir-biriga ta’sir qilish natijasida bir-biriga muvofiqlashuvi, bir-biriga singib, o’zshab
ketishi;
3) tarix va etnografiyada – biror xalqning ikkinchi bir xalq urf-odatlarini,
madaniyati va tilini o’zlashtirishi natijasida unga aralashib qo’shilib ketishi kabi.
Til taraqqiyotida buning aksi ham kuzatiladi. Ma’lum fan sohasi yoki kasb-
hunarga tegishli bo’lgan atamalarning ma’no doirasi kengayadi – determinlashish
jarayoni ro’y beradi, ya’ni ular tor atamalilik doirasidan chiqib, ommalashadi va barcha
vazifaviy uslublarda qo’llanila boshlaydi. Masalan: odamni operatsiya qilmoq –
valyuta operatsiyasini amalga oshirmoq – harbiy operatsiyani bajarmoq kabi. Ular shu
tariqa turg’un birikmalar tarkibida ham qo’llanila boshlaydi: gegemonlik, avtomat
bo’lib ketmoq, reytingi baland, qo’shtirnoqqa olmoq va boshqalar. Tilda ma’lum
paytda paydo bo’lib, asosan so’zlashuv nutqida qo’llanilib va me’yorlashib, lug’atlarga
kirib ulgurmasdanoq iste’moldan chiqib ketadigan birliklar ham uchraydi. Ayollar
ko’ylak qilib tikadigan turli xil materiallar va ayrim kiyim nomlari haqida shunday
deyishimiz mumkin: kelin kiysin, qaynonasi kuysin; marg’ilon nusxa, bargi karam,
namozshomgul, tohir-zuhra, suv parisi, skarlet kabilar. Mana shu tarzda o’zbek tilida
mavjud bo’lgan barcha kasb-hunarga doir so’zlarning til me’yorlari xususida tahlilni
davom ettirish mumkin.
|
| |