Kurs ishi mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash. Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash




Download 0,94 Mb.
bet11/12
Sana16.12.2023
Hajmi0,94 Mb.
#120134
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kurs ishi 007

Yorqinlikning to‘lqin uzunliklari bo‘yicha taqsimlanishiga asoslangan usul. Absolyut qora jism yorqinligining to‘lqin uzunliklari bo‘yicha taqsimlanish egri chizig‘ining shakli yolg‘iz birgina parametr - temperatura yordamida belgilanadi. Ana shuning uchun egri chiziqning shakliga qarab T temperaturani bevosita aniqlash mumkin. Taqsimlanish maksimumiga to‘g‘ri keladigan max to‘lqin uzunligi topilsa bas, unda Vin formulasiga binoan:

(14.9)

topiladi, bundagi max to‘lqin uzunligi mikronlar bilan ifodalanishi kerak. Bu metod yordamida, masalan, Quyosh temperaturasi o‘lchanadi. Quyosh nurlarining maksimumi, yer atmosferasida yutilishga doir tuzatmalarni hisobga olganda, = 0,47 mk to‘lqin uzunligi yaqinida yotadi. Bundan esa Quyoshni absolyut qora jism deb hisoblab, uning tashqi sirtiga oid temperaturaning qiymati T=61500K ekanini topamiz.

Absolyut qora bo‘lmagan jismlar uchun esa (14.9) formula haqiqiy T temperaturani bermaydi. Bunday jismlarning (14.9) formula vositasida topilgan temperaturalari rang temperaturasi deb ataladi.

Yorqinlik usuli. Yorqinlik usulida temperaturani Plank formulasi vositasida yolg‘iz birgina ( to‘lqin uzunligiga tegishli yorqinlikni o‘lchash yo‘li bilan topish ham mumkin, lekin bu holda yorqinlikni absolyut o‘lchovda belgilashga to‘g‘ri keladi.

Yorqinlikni absolyut o‘lchovda o‘lchash ancha qiyin, shuning uchun odatda kuzatilayotgan jism yorqinligini ma’lum bir yorqinlikka taqqoslash bilan chegaralaniladi. Buning uchun ko‘rinmay ketadigan simli pirometr deb atalgan asbob ishlatiladi. Bu asbobning sxemasi 14.5-rasmda tasvirlangan. Asbobning asosiy qismi O ob’ektiv va O’ okulyar ko‘rish trubasidan iborat. Kuzatilayotgan jism sirtining tasviri O ob’ektivning fokal tekisligida hosil bo‘ladi. Tasvir yorqinligining obekt yorqinligiga proporsional ekanini keyinroq ko‘ramiz. O obektning fokal tekisligiga shisha ballon shaklidagi bir jinsli shaffof devorli А elektr lampochka o‘rnatilgan bo‘ladi.


Download 0,94 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 0,94 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kurs ishi mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash. Mavzu: Issiqlik beruvchi elementlarda haroratlar maydonini hisoblash

Download 0,94 Mb.