konstruktiv elementlari maksimal darajada unifiksiyalangan, yuritma validagi
ruxsat etilgan momentni chegaralovchi maxsus qurilmalari va boshqaruv
sxemalariga ega elektr yuritmalarini ekspluatatsiya sharoitlariga ko’ra normal
holatda ishlashi uchun 1-jadvalda ularni tiplariga ko’ra texnik ma’lumotlar
keltirilgan. Elektr yuritmalarining normal holatidagi joylashtirilishi vertikal holat
hisoblanadi (yuritma vali vertikal joylashtiriladi).
1-jadval
Elektr
motor
tipii
Joylashtirilishi
Ishchi
harorat
oralig’i S
Тashqi muxitning
nisbiy namligi
20 Sda %
Moylash
davriyligi
M
Хonalardagi
va
ochiq
havodagi
statsionar
qurilmalar
-20…+35
80gacha
Uch oyda 1
marta
A
-
-40…+40
95 gacha
B,V,G,D
Bir
yildan
kam emas
B,V,G,D tipli elektr yuritmalarining ish prinsipi va tuzilishini ko’rib
chiqamiz.
Elektr yuritmaning knematik sxemasi 8.3 - rasmda keltirilgan. Elektr yuritma
quyidagi asosiy elementlar va qismlardan tashkil topgan: korpus chervyakli
silindrik
reduktor, qo’l dubleri qismi elektr motori yo’l va moment o’chirgichlari
qutilari.
Yo’l va moment o’chirgichlari qutilari korpusga mahkamlanadi. Korpusga
podshipniklardagi 46-chervyakli 45 shlikli val montaj qilingan. Shirikli valda
aylantiruvchi momentni chegaralovchi mufta joylashgan. 6-maxovikli qo’l
dublerlari sharikli valni oxiriga ulangan. Shu yerda bo’sh qilib kulachokli 4-
silindirik g’ildirak joylashtirilgan. Korpusga xuddi shunday ravishda yo’l va
moment o’tkazgichlari qutisiga aylanishni uzatuvchi 43-chervyakli g’ildirakka
ega bo’lgan va 40, 41-silindrik shestrnyalari bilan plita ulangan.
1- rasm. Тakomillashtirilgan elektrik ijro mexnizmlari
(elektr yuritmalar surgichlar)iing knematik sxemasi
Quti quyidagi asosiy elementlarda tashkil topgan. 34-chervyakli yo’l
o’chirgichlari qismi, 33- chervyakli g’ildirak, 27,30-kulochoklar,25,26-
moment
o’tkazgichlari: 24 va 36-richaglari, purjinalar 22, 35-blokirovka kulochoklari
23,31- mikroutkazgichlar 21,32 shestrnali ko’rsatkich qismi 19,20: strelka 18, 17-
shestrnyali distansion ko’rsatkichlar qismi, 16-potensioner.
Elektr motori ishga tushirilganda elektr yuritma quyidagicha ishlaydi.
Aylanma xarakat elektr motoridan 2,3,4-silndirik g’ildirak va 5-kulachokli mufta
orqali 45 sharikli valga uzatiladi. 46 chervyak g’ildirak orqali aylantiruvchi
moment ishchi organning (surg’ich) yuritma valiga uzatiladi. Bundan tashqari, 47
chervyak 43 chervyali g’ildirak, 41 va 40- silindirik shestrnalar orqali xarakat 39-
vilka, 33 va 34 chevyak jufti 0,19 shestrnya 18 ko’rsatkich strelkasi va 17 shesterna
orqali 16-potensiometr valikiga uzatiladi. Elektr motorini ishida aylanishi
momentini maxovikka uzatish mumkin emas, chunki maxovikni 7- kulochokli
vtulkasi ajratilgan holatda bo’ladi. Bu vaqtda 5 muftoning kulokchalari 5-silindirli
g’ildirak kulokchalari bilan bog’lanib qoladi va ular orqali harakat 45 shlitsli valga
uzatiladi. Elektr motori qo’shilganda 6-mufta kulachoklari bilan 4 g’ildirak
kulachoklari birlashadi, bu holda 5-mufta 9 shtok orqali 7 vtulkani 45 shpitsli val
kulachoklaridan bo’shatadi. Bunday mexanik blokirovka 45
shlitsli valni
birvaqtning o’zida elektr motori va qo’l boshqaruvida ishlashini oldiini oladi. Elektr
yuritmalar aylanish momentini 3 tomonlama chegaralovchi mufta bilan ishlab
chiqariladi. Ularning ish prinsipi quyidagicha: maxkamlovchi armatura ishchi organi
uning «Ochiq» va «Yopiq» holatlarining qandaydir. Oraliq holatlarida aylanish
momenti maksimal qiymatida bo’lgan 44 yuritma vali to’xtaydi. Bu vaqtda 46
chervyak, 42 chervyakli g’ildirak o’qiga uraladi va buni natijasida
xarakatlanayotgan 1 elektr motori orqali shtitslar bo’ylab o’qning yo’nalishida
xarakatlana boshlaydi.
46 – chervyakning oldinga xarakati 10 richag, 11, uk, 12 – tishli sektor, 14 va
39 vilkalar, 13, 15, 37, 38 – silindrli g’ildiraklar yordamida 25 va 26 moment
kulachoklarining aylanma xarakatiga o’zgartirib beradi. Ular aylanganda 24 va 36
richaglar 21 va 32 mikroalmashlab ulagichlarni quyib yuboradi va elektr motor
zanjiri uziladi. M va A tiplaridagi elektr motorlari tuzilishi jixatidan B,V,G va D
tipidagi elektr motorlaridan farq qiladi. Ularda chervyakli reduktor o’rniga silindrli
reduktor qo’llaniladi. Yana bir qancha kinematik bo’g’inlarda ma’lumot o’zgarishlar
bor, lekin motorlarining barcha turlarining ish prinsipi bir xil.
Maksimal tok relesiga ega bo’lgan elektr yuritmalar. Elektr motorlarni
yuklamalardan ximoyalash va maxkamlovchi armaturani maxkamlab yopish
maqsadida ish tipdagi elektr yuritmalar statorining fazalaridan biriga tok relesi bilan
ta’minlanadi.
Elektr motori validagi qarshilik momenti ortishi
bilan ishchi tok taxminan
aylanish momenti kavadratiga proporsional ravishda ortadi. Shuni hisobga olib,
aylanish momentini chegaralovchi mufta o’rniga tok relesini qo’llash mumkin. Shu
maqsadda elektr motorini ta’minlovchi kuch tarmog’ining fazalaridan biriga oniy
xarakatli maksimal tok relesi ulanadi. Uning ajratuvchi kontakti esa reversiv magnit
ishga tushirgich g’altagi zanjiriga ulanadi.
Maksimal tok relesini qo’llash elektr yuritma konstruksiyasini
soddalashtirish, uning massasi va gabarit o’lchamlarini kamaytirish imkoniyatini
beradi, lekin bu holda boshqaruv sxemasi bir muncha murakkablashadi. Maksimal
tok relesi bo’lgan elektr motorlari faqat so’rg’ichlarda o’rnatiladi. Shpindel
armaturasidagi aylanish momenti siljiganda elektr motori rele yordamida yo’l
o’chirgichi bilan xarakatga keladi.