Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalarning o‘rni va roli




Download 81.66 Kb.
Sana04.04.2023
Hajmi81.66 Kb.
#48702
Bog'liq
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish-hozir.org
8-mavzu. Qish. R T, PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNI LOYIXALASHTIRISH VA REJALASHTIRISH, 6 - mavzu. O\'quv animatsion roliklar tayyorlash dasturlari bilan ishlash, Пахта хом ашёсини сақлаш ва қайта ишлаш (3), 6-amaliyot, Ta\'limda AT1 2021-(TS va MG), jadval Qudratov Alijon, Бухгалтерия Ўқув қўлланмаси 2021 1С, O\'rinova Shahlo ij, 4.9-шакл. ОАК (2), ANNOTATSIYA, Amirillayeva, 1-MA\'RUZA, 5.амалий, Html Haqida Qullanma copy

Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalarning o‘rni va roli

Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida fan-texnika taraqqiyoti (FTT) va uning natijasida yuzaga kelgan innovatsion siljishlaming ahamiyati beqiyosdir. Chunki, ilm-fan taraqqiyotisiz hech qanday innovatsiya ham, modernizatsiya va diversifikatsiyalash jarayonlari ham amalga oshmaydi.

Mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’sir


qiluvchi eng asosiy omillardan biri boigan = fan texnika
taraqqiyoti (FTT) juda murakkab va ko‘p qirrali jarayondir. U ijtimoiy-iqtisodiy va shaxsiy hayotning hamma tomonlarini o‘z ichiga qamrab oladi. Shu sababli ham fan-texnika taraqqiyoti doimo harakatda va rivojlanishda bo'ladi. Shuning uchun ham mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda “2017-2021 -yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida “Ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag‘batlantirish, ilmiy
va innovatsiya yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o‘quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental
laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklami tashkil etish” masalalari alohida belgilab qo‘yilgan. Fan-texnika taraqqiyotining asosini ilmiy bilimiar tashkil yetadi. Ilm va bilim asosida yangi texnika va texnologiya yaratiladi, eskilari esa takomillashadi. Fan-texnika taraqqiyoti - ishlab chiqarishning yangidanyangi vosita va predmetlari, yoqilg‘i va energiya, texnologik jarayon, boshqarish, mehnatni texnik jihatdan qurollantirish kabilarning zamonaviy usullarini yaratishni o‘z ichiga oladi. Ijtimoiy ishlab chiqarishda band bo’lgan ishlovchilaming umumiy ma’lumoti, mahoratini uzluksiz, tizimli ravishda rivojlantirish va takomillashtirish ham fan-texnika taraqqiyotining mohiyati va ahamiyati bilan chambarchas bog‘liqdir.
Fan-texnika taraqqiyotining vazifasi quyidagilardan iborat:

  • tejamkorlikni amalga oshirish (vaqt, xomashyo va materiallar, yonilg’i, elektr energiyasi va h.k. lami tejash);

  • ishlab chiqarish jarayonlarini osonlashtirish, mehnatni engillashtirish;

  • mehnatning mazmuni va xarakterini o‘zgartirish;

  • ishlab chiqarishning ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yana-da yuqori darajaga ko'tarish.

Fan texnika taraqqiyoti va uning natijasida yuzaga keladigan innovatsion g‘oyalar mamlakatda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot natijalari hamda ulaming amaliyotga joriy qilinganlik darajasiga bogiiq. Ilmiy tadqiqot faoliyati bilan esa tegishli ta’lim muassasalari, ilmiy tekshirish va ilmiy-tadqiqot institutlari, turli xildagi ixtisoslashtirilgan markazlar va hokazolar shug‘ullanishi hech kimga sir emas. Masalan, dunyodagi rivojlangan mamlakatlarning aksariyatida ilmiy tadqiqot faoliyatlarining takomillashganligi va ular natijalaridan amaliyotda samarali foydalanilishi tufayli ishlab


chiqarish sohasi bo‘yicha “Innovatsion faol korxonalar5’ sanoatdagi barcha korxonalaming 1/3 qismini tashkil qiladi. Bu juda katta ko‘rsatkich hisoblanadi va bunday natijaga ular faqatgina FTTni jadallashtirish hisobiga erishganligi hammaga ma’lum.
Shu sababli mamlakatda fan texnika taraqqiyoti darajasini yuksaltirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456 sonli Farmoniga asosan dissertatsiya himoya qilish va fan doktori ilmiy darajasini berish bo‘yicha oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning bir bosqichli tizimi joriy qilindi, bu katta ilmiy xodim izlanuvchilar sonining ortishiga ham sabab bo‘ldi.
Hususan, ushbu muassasalarda doktorant sifatida o‘qiyotganlar soni 2016-yilda 2000-yildagi sonidan 4 barobardan ortiqroqqa oshdi va 334 nafardan 1370 nafargacha yetdi.

http://hozir.org
Download 81.66 Kb.




Download 81.66 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda innovatsiyalarning o‘rni va roli

Download 81.66 Kb.