|
Mavzu: Zahira logistikasi Reja
|
bet | 1/3 | Sana | 13.12.2023 | Hajmi | 7,67 Kb. | | #117976 |
Bog'liq Mavzu Zahira logistikasi Reja-fayllar.org
Mavzu: Zahira logistikasi Reja
Mavzu: Zahira logistikasi
Reja:
1. Zaxiralar turlari va ularni boshqarish tizimida xarajatlar.
2. Zaxiralarni nazorat qilish tizimlari.
3. Zaxiralarni aniqlash usullari va optimallashtirish.
Zaxiralar turlari :
Moddiy zaxiralar — bu ishlab chiqarish jarayoniga yoki shaxsiy iste’molga kirishini kutayotgan xomashyo, materiallar, yig‘uvchi qismlar, tayyor mahsulot va boshqa moddiy qiymatlardir. Korxonada zaxiralarning asosiy qismini moddiy oqimning texnologik qayta ishlanishining har xil bosqichlarida uning tarkibiga kirib keladigan ishlab chiqarish predmetlari tashkil etadi.
Zaxiralarni tashkil etishga olib keladigan ba’zi bir boshqa sabablar ham mavjud. Bular— narxlarning mavsumiy o‘zgarishi; yetkazib berishlarning qabul qilingan grafigining buzilishi (kirib kelayotgan moddiy oqim intensivligining kutilmagan pasayishi); talabning o‘zgarishi (chiqib ketayotgan oqim intensivligining kutilmagan holda oshishi) va boshqalar.
Moddiy zaxiralarni tashkil etish sabablari.
Kelib tushishning hajmi bitta iste’mol hajmiga mos kelmasligi
Material kelib tushishi bilan uning iste’moli orasida vaqt o'zgarish-larining mavjudligi.
Moddiy zaxiralarning turlari
Ishlab chiqarish zaxiralari iste’mol-chi tashkilotlarda shakllantiriladi va ishlab chiqarish jarayonining uzluk-sizligini ta’minlashga mo‘ljallangan.
Mahsulot zaxiralari-ishlab chiqaruvchi korxonalarda tayyor mahsulot zaxiralaridan hamda mahsulotni yetkazib beruvchidan iste’molchiga qaratilgan haraka-tidagi zaxiralardan iborat:
-joriy ;
-tayyorlov ;
-sug‘urta ;
-mavsumiy;
-Zaxiralarni boshqarish tizimida xarajatlar.
Materiallarni xarid qilish va saqlash tizimida xarajatlar quyidagi
guruhlarga ajratiladi:
- buyurtmani bajarishga ketadigan xarajatlar(buyurtmani joylashtirish va yetkazib berish bilan bog’liq;
- yetkazib berish shartlarini ishlab chiqish va ularni qabul qilishni tayyorlashga ketadigan xarajatlar;
- buyurtma bajarilishi ustidan nazorat va ularning bajarilish muddatlarini qisqartirish bilan bog’liq xarajatlar; transport xarajatlari);
- xarid narxi bilan belgilanadigan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar(xarid qilina-yotgan materiallar narxi bilan belgilanadi va buyurtma partiyasining o'si-shida o‘matiladigan ulgurji narxlarning arzonlashishiga qarab o‘zgaradi);
- zaxiralarni saqlashga ketadigan xarajatlar(materiallarni saqlash xarajatlari va zaxiralarning mavjudligi bilan aniqlanadi);
- “defitsit” natijasidagi yo‘qotishlar(qandaydir davr ichida u yoki bu moddiy resurslarning cheklanganligi natijasida yuzaga keladigan xarajatlardan iborat).
|
| |