Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning




Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana29.09.2024
Hajmi489,68 Kb.
#272890
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
8-MA\'RUZA

-
 
kattaligi 10 mikrondan katta bo’lgan changlar; 
-
 
kattaligi 10 mikronda 0,25 mikrongacha bo’lgan changlar. Bu changlarni mayda 
changlar yoki mikroskopik changlar deb yuritiladi. 
-
 
kattaligi 0,25 mikrondan kichik bo’lgan changlar. Bu changlar ultramikroskopik 
changlar deb yuritilib, ular erga qo’nmay havoda uchib yuradi. 
Ishlab chiqarish changining inson salomatligiga zararli ta’siri katta. Changning 
asosiy ta’siri, eng avvalo, nafas olganda yuzaga keladi. Bunday havo bilan nafas olish, 
asosan, nafas organlarini zararlantiradi: ya’ni bronxit, pnevmokonioz yoki umumiy 
allergik reaktsiyalar rivojlanishiga sabab bo’ladi. Changning o’pka yo’liga kirishi 
pnevmoniya, sil, o’pka rakining kelib chiqishiga sharoit yaratishi mumkin. 
Kattaligi 4-5 mk bo’lgan changlar juda xavfli hisoblanadi. Yirik zarrachalar nafas 
olganda burun bo’shlig’ida ushlanib qoladi. Mayda zarrachalar esa o’pkaga o’tgach, 
changli «pnevmokonioz» kasalliklarini vujudga keltiradi. Kremniy oksidi changi 
ta’siridan «silikoz», ko’mir changidan «antrakoz», alyuminiy oksidi changi ta’siridan 
«alyuminoz», silikatlar ta’siridan «silikoz» kabi kasallik turlari yuzaga keladi. 
Changning odam organizmiga ta’siri uning havodagi miqdoriga, kattaligiga va 
maydaligiga, elektrlanishiga bog’liq. 
Chang zarralarining shakli sferik, yassi va boshqa ko’rinishda bo’ladi. Aerozollar 
hosil bo’lishida chang zarralari kondensatsiya- sining ko’p qismi yumaloq shaklga ega 
bo’ladi. Zarrachalarning shakli aerozolning turg’unligiga va organizmdagi holatiga 
ta’sir etadi. Chetlari o’tkir qirrali chang zarralari o’pka to’qimalarini jarohatlaydi. 
Shisha-tola, asbest kabi chang turlari yuqori nafas yo’llarining hujayralarini 
mikrojarohatlashi, ko’zning shilliq qavatiga va teriga ta’sir ko’rsatishi ham mumkin. 
Mehnat Kodeksiga asosan, ishchilar ishga kirishdan oldin tibbiy ko’rikdan 
o’tkaziladi. O’pka sili, yuqori nafas yo’llari va bronxlar kasalligi, yurak-tomir 
xastaliklari yoki boshqa kasalliklar bilan og’rigan kishilar changli ishga qabul 
qilinmaydi. Xavfsiz va sog’lom mehnat sharoiti bilan ta’minlash uchun ishlab 
chiqarish zonalarida havo muhitining chang miqdori yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan 
miqdordan ortmasligi kerak. Changning hosil bo’lishi va tarqalishiga qarshi kurashda 
texnologik jarayonlarni avtomatik usullarga o’tkazilishi, shuningdek, jihozlarning 
zichligini oshirib, ma’lum masofadan turib boshqarish tizimlariga o’tish muhim 
ahamiyatga ega. 
Nazorat savollari 

Download 489,68 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning

Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish