Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning




Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana29.09.2024
Hajmi489,68 Kb.
#272890
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
8-MA\'RUZA

Siklonlar.
Sanoat korxonalarida havoni changdan tozalash qurilmalari ichida eng 
sodda tuzilgani va shuning uchun keng ommalashgani siklondir. Siklonlardan deyarli 
hamma sanoat korxonalarida foydalaniladi. Siklonlarda changlangan havodan changni 
ajratib olish markazdan qochma kuchga asoslangan. Changlangan havo siklonga 
yo’naltiruvchi qurilma orqali yuboriladi. Bu qurilma havo oqimini siklon qobig’iga 
qiyalab spiralsimon harakatlanib ishga mo’ljallab o’rnatilgan. Havo o’z harakati 
davomida konussimon asosga o’tadi va konus toraygan sari havo harakati tezlashadi 
va siklon qobig’ining eng quyi qismida havo harakati bosimining keskin pasayishi 
kuzatiladi. 
 
 
 
 
Buning natijasida siklon konusining quyi qismiga etib kelgan havo o’z yo’nalishini 
keskin o’zgartirib, spiralsimon harakatlanishi holatini saqlagan holda yuqoriga tomon 
yo’naladi va truba orqali tashqariga chiqarib yuboriladi. CHangning havodan ajralishi 
siklon 
konussimon asosining quyi qismida, havo harakatini keskin o’zgar- tirgan vaqtda yuz 
beradi. Chunki havo tarkibidagi changlar havodan og’irroq bo’lganligi sababli, havo 
bilan birga keskin burila olmaydi, balki inersiya kuchi bilan havo tarkibidan otilib 
chiqib ketadi. Siklon radiusini o’zgartirish imkoniyati bor. Siklon diametri qancha 
katta bo’lsa, uning chang tutish qobiliyati shuncha kam bo’ladi, siklon diametrini 
kichraytira borsak, uning samaradorligi orta boradi. Bu ham o’z navbatida ma’lum 
qiyinchiliklar tug’diradi. Katta siklon bir yo’la katta miqdordagi changlangan havoni 
qabul qila oladi. Uning hajmi kichrayishi bilan havo qabul qilish quvvati ham pasayadi. 
Bu esa, siklonlar sonini oshirishga olib keladi. Ko’p sonli siklonlarni havo bilan 
ta’minlash havo taqsimlash vositalari yordamida amalga oshirilishi kerak. 
Sanoat ishlab chiqarishi zonalaridagi havo tarkibidagi chang miqdorini aniqlash 
muhim ahamiyatga egadir. Ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishishda chang 
manbalarini va chang hosil bo’lish sabablarini belgilash, ma’lum hajmdagi havoda 
bo’lgan changning sifat tarkibi va uning miqdorini hisobga olgan holda gigienik baho 
berilishi zarur. Buning asosida chang omilining ahamiyati baxolanadi, zarur bo’lganda 
ishchilarning salomatligi haqidagi ma’lumotlar to’planadi va bu dalillar asosida 
changga qarshi kurash chora tadbirlari belgilanadi. 
Sanoat korxonasi havo muhitidagi chang miqdorini aniqlash asosan og’irlik usuli 
asosida olib boriladi. Bu usul changlangan havoning chang zarrachalarini ushlab 
qoladigan filtr orqali so’rilishiga asoslangan. Havo sinamasi olinguncha va olingandan 
keyin filtr og’irligini, shuningdek, so’rilgan havo miqdorini bilish bilan hajm 
birligidagi havoda bo’gan chang miqdorini aniqlash mumkin. 
Filtrlarni tayyorlashda ko’pincha perxlorvinil mato ishlatiladi (AFA filtrlari, FPP 
matosidan ishlangan filtrlar). Bu matolar havoni katta tezlik bilan o’tkazishga imkon 


beradi. Bundan tashqari, bu filtrlar kimyoviy zararli va emiruvchi muhitga chidamli 
bo’lib, har qanday zarrachalarni yuqori samaradorlikda ushlab qoladi. 
Bundan tashqari xavo tarkibida chang miqdorini aniqlashning bir necha usullari 
mavjud: 
-aspiratsion-xavoni g’ovak materiallar yoki suyuqliklar (suv, moy) orqali so’rilishi. 
-sedimentatsion-changni tabiiy shisha plastinkalariga qo’nishi va sirt yuzasida 
changni xisoblash 
-changni elektr cho’ktirish-yuqori kuchlanishga ega bo’lgan maydon xosil qilib, 
bunda chang zarrachalari elektrlanib elektrodlarga tortiladi. 
-fotometrik usul-kuchli yorug’lik nuri orqali chang zarrachalarini aniqlaydi 
-radioizotop usuli- changlanishdan oldin va keyin filtr orqali o’tkazilgan P-
zarrachalari oqimini
 
ssusayishi darajasi xisobiga filtrda ushlanib qolgan chang 
og’irligini o’lchashga asoslangan. 
Chang tutqichlar va filtrlarning yong’in xavfsizligiga qo’yiladigan talablari.
Chang tutqichlarning yong’in xavfsizligiga nisbatan qo’yiladigan asosiy talablar 
quyidagilardan iborat: 

Download 489,68 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ishlab chiqarish changlari va zaharli moddalarning

Download 489,68 Kb.
Pdf ko'rish