muhitning berilgan parametrlari (havoning
harorati, namligi, tozaligi va harakat
tezligi)ni bir xilda saqlab turadi. Buning uchun tizim o’z-o’zidan (avtomatik) rostlash
apparatlari bilan ta’minlanadi. Ular yordamida havo sharoiti
nazorat qilinadi va
kirayotgan toza havoga ishlov berish jarayonlari rostlanadi.
Havoni mo’’tadillash tizimlaridagi asosiy qism markaziy namunaviy
kondisionerdir.Unda havo turli xil ishlovlardan o’tadi. Kondisionerlarni butlash talab
etiladigan ishlab berish jarayoniga bog’liq.. Kondisioner ichida suv havo bilan o’zaro
ta’sirlashganda suvning adiabatik bug’lanishi (havodagi issiqlik miqdori o’zgarmas
bo’lganda) yoki politrik sovishi natijasida havo bilan sovuq suv o’rtasida
issiqlik
almashinishi tufayli havoning harorati pasayishi mumkin.
Adiabatik sovitish jarayonida «kondisioner-filtrkondisioner»dan iborat yopiq
siklda aylanib yuruvchi suv qatnashadi. Kondisionerning ho’llash kamerasida suvdan
ko’p marta foy- dalanilganda suv bakteriyalar bilan ifloslanadi.
Buning oqibatida
miqroblar toza havoga o’tib ketishi mumkin. SHu
sababli kondisionerdan
foydalanayotganda suvini doi tozalab turish kerak.
Politropik sovitishda
havoga ishlov berish maqsadida, oxirgi harorati ishlov
beriladigan havo uchun mo’ljallangan ho’l termometrning haroratidan past bo’lgan
sovuq suvdan foydalaniladi. Politropik sovitish jarayoni uchun suvning asosiy qismi
maxsus sovitish
qurilmalarida sovitiladi, ba’zi hollarda kichikroq qurilmalar uchun
tabiiy manbalardan olingan suvdan, masalan, artezian suvidan hamda tog’ daryolari
suvidan foydalanish mumkin.
Shamollatish qurilmalari xona mikroiqlim sharoitini sanitar
talablar asosida doimiy
ravishda me’yorlashtirish, ishchilarga qulay sharoit yaratish imkonini bermaydi. Shu
sababli, bu maqsadda konditsionerlardan foydalaniladi. Kondentsionerlar havoning
haroratini, namligini, harakatlanishini va tozaligini avtomatik ravishda rostlash hamda
havoni ozonlash va ionlash imkonini beradi. Konditsionerlar markaziy, ya’ni bir necha
xonaga xizmat qiluvchi yoki mahalliy - bitta xonaga xizmat qiluvchi bo’lishi mumkin.
Ma’muriy binolar va uy sharoitlarida xona mikroiqlimini
rostlash uchun
konditsionerlardan foydalaniladi. Konditsionerlar xona havosini sovutish, changlardan
tozalash, haroratni avtomatik ravishda saqlash,
havo namligini kamaytirish, havo
harakati tezligini va yo’nalishini o’zgartirish, shamollatkich rejimida ishlash
imkoniyatlariga ega.