moddalar qo’shni xonalarga tarqalib ketishi mumkin. Bunda xonadagi havoning so’rib
olish natijasida yangilanish darajasi tarmoq bo’yicha
xavfsizlik texnikasi va
promsanitariya qoida va normalarida keng chegaralarda beigilanadi. Masalan,
kaprolaktam ishlab chiqarishda havo almashtirish 15 marta, benzol hosil qilish sexida
10 marta, reaktor bo’limlarida 5 marta bo’lishi kerak.
26 - rasm. Avariya shamollatish tizimi
Havo almashtirish darajasini belgilashda avariya natijasida hosil bo’ladigan
moddaning zaharliligi va miqdoridan tashqari bu
moddaning ruxsat etiladigan
miqdoriga qadar suyultirishga ketadigan vaqtni ham hisobga olish muhim.
CHunki
bunday hollarda avariya rivojini bartaraf etish maqsadida bu zonaga xizmat ko’rsatish
va remont qiluvchi ishchilarni kirishga to’g’ri keladi.
Avariya ventilyatorlari analizatorlari xavfli holatni ko’rsatishi bilanoq
avtomatik
ravishda ishga tushishi kerak. Bundan tashqari zonaga kirish joyida maxsus uzoqdan
turib ishga tushirish pulti o’rnatilgan bo’lishi kerak
.
Nazorat savollari
1.
Ishlab chiqarish changlari moddalarni tozalash qurilmalari
2.
Ishlab chiqarish zaharli moddalarni tozalash qurilmalari
3.
Matoli filtrlarning ishlash prinsipi