oshiriladi. Sun’iy havo almashinish qurilmalarining afzalliklari shundaki, ular
yordamida xonaning istalgan joyidan iflos havoni haydab chiqarish yoki xonaga toza
havo yuborish hamda bu qurilmalarga havoni isitish,
namlash va tozalash
moslamalarini o’rnatish mumkin. Bunday shamollatish qurilmalari shamollatkichdan,
havoni yuborish yoki xaydab chiqarish qurilmasidan, havo kanallaridan va filtrdan
tashkil topgan bo’ladi. SHamollatkichlar markazdan qochma va o’qli bo’ladi.
Markazdan qochma ventilyatorlar hosil qilgan bosimlariga ko’ra 3 turga bo’linadi: past
bosimli - 1000 N/m
2
(Pa)gacha; o’rta bosimli- 1000...3000 N/m
2
(Pa); yuqori bosimli
- 3000... 15 000 N/m
2
(Pa).
Shamollatkichlarning markasida ko’rsatilgan raqam, ventilyator ish g’ildiragining
diametrini bildiradi, masalan,
N°5
shamollatkichining 5 soni shamollatkich ish g’ildiragining diametri Dig. =500 mm
ekanligini ko’rsatadi.
O’qli shamollatkichlar past bosimli havo almashinish
talab etiladigan ishlab
chiqarish xonalarida o’rnatiladi. Ular 250-300 N/m
2
atrofida bosim hosil qiladi. Suniy
shamollatish sistemalarining havo quvurlari po’latdan tayyorlanadi. Agressiv
ximiyaviy moddalar bilan ifloslangan havo harakatlanuvchi quvurlar esa
zanglamaydigan po’latdan, viniplastdan yoki keramikadan tayyorlanishi mumkin.
Havo quvurlari sistemasiga xonaga kiritiladigan
havoning miqdorini rostlash,
havoni tozalash, isitish, sovutish va namlash moslamalari o’rnatiladi. Havoni isitishda
kaloriferlardan foydalaniladi. Ular tuzilishi va ishlash prinsipi jihatidan
avtomobillarning radiatoriga o’xshash bo’ladi.
Havoni sovutish moslamalari esa 2 xil: sirt bo’yicha sovutish va kontaktli sovutish
qurilmalariga bo’linadi. Sirt bo’yicha sovutish qurilmalari kalorifer shaklida bo’lib,
sovutuvchi sifatida sovuq suv, ammiak yoki freondan foydalaniladi. Kontaktli sovutish
qurilmalarida havo suv kamerasida yuzaga keluvchi yomg’irli muhit orqali o’tib
soviydi.
Havoni tozalashda esa
turli xil material filtrlardan, yog’ filtrlaridan, elektrik va
ultratovushli filtrlardan foydalaniladi.