2-Topshiriq Erta tashxis dasturi maqsad va vazifasi




Download 25,03 Kb.
bet1/3
Sana13.05.2024
Hajmi25,03 Kb.
#228919
  1   2   3
Bog'liq
2-topshiriq


2-Topshiriq


1.Erta tashxis dasturi ……..maqsad va vazifasi

Erta tashxis va abilitatsiya fanni o‘qitishdan maqsad - talabalarni ilk yoshdagi


bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni iloji boricha ertaroq aniqlash va bunday
bolalar, ularning oilalariga qanday yordam ko‘rsatishni aniqlashdan iborat.
Shuningdek, jismoniy rivojlanish qonuniyatlari, ilk yoshdagi bolalarni psixologik,
pedagogik, logopedik tashxis qilish, rivojlanmay qolgan funksiyalarni abilitatsiya
qilishga tayyorlikni shakllantirishdir.
Erta tashxis va abilitatsiya fanning vazifasi - ilk yoshdagi bolalarni erta
tashxis qilish va abilitatsiyasining nazariy asoslarini yoritib berish, ilk yoshdagi
bolalarni psixologik, pedagogik va logopedik tashxis qilish, tekshirish metodlarini
amalda qo‘llash yuzasidan tushuncha va ko‘nikmalar bilan qurollantirishdan iborat.
Dasturda berilgan mavzular bо‘yicha materiallarni о‘zlashtirish jarayonida
talabalar ilk yoshdagi rivojlanishida nuqsoni bо‘lgan bolalarni psixologik-
pedagogik tekshirish, korreksion-rivojlantiruvchi ishlar olib borish, ota-onalarga
maslahatlar berish ishlari bilan tanishadilar. О‘quv dasturiga talabalar amaliy
faoliyatlarida bilishlari zarur bо‘lgan mavzular kiritilgan.
Fanni o‘zlashtirish natijasida talabalar quyidagi bilim, ko‘nikma, malaka va
kompetensiyalarga ega bo‘ladi:
- ilk yoshdagi bolalarning psixomotor, nutqiy, jismoniy rivojlanish
qonuniyatlarini, ilk yoshdagi bolalarning psixologik, pedagogik, logopedik
o‘rganish vazifalari, ilk yoshdagi bolalarni psixologik-logopedik o‘rganish
tamoyillari va metodlari, metodik materiallar tanlash, ilk yoshdagi bolalarning
psixologik, logopedik tekshirish, erta tashxis qilish va barvaqt aralashuv
xususiyatlari, ilk yoshdagi bolalarda abilitatsiyalash yo‘llarini bilishi kerak;
- ilk yoshdagi bolalarni tekshirish uchun uslubiy materiallar tanlash, ilk
yoshdagi bolalarni psixologik, pedagogik, logopedik tekshirish va maslahat berish,
bolaning rivojlanishi bo‘yicha tavsifnoma tuzish, ilk yoshdagi bolalarni psixologik,
logopedik tekshirish va bolalarni rivojlantirish usullarini aniqlash ko‘nikmasiga
ega bo‘lish kerak;
- ilk yoshdagi bolalarni rivojlantirish, nuqsonlarni oldini olish, bartaraf
etishda turli metodlarni qo‘llay olish, ilk yoshdagi bolalarni tekshirish natijalarini
tahlil qilish; ilk yoshdagi bolalarni o‘rganish, rivojlantirishga oid izlanishlar olib
borish malakasiga ega bo‘lishi kerak;
Talabalar ma’ruza mashg‘ulotlarida egallagan bilimlarini amaliy
mashg‘ulotlarda mustahkamlashlari fanning mazmun-mohiyati va amaliy
ahamiyatiga mos ta’lim texnologiyalaridan samarali foydalanish imkoniyatlarini
oshiradi. Bugungi kunda ta’lim tizimida asosiy e'tibor ta’Iimning sifatini oshirishga
qaratilgan.
Oliy ta’limda o‘qitishning sifatini oshirish ilg‘or o‘qitish usullaridan qanday
foydalanishga bog‘liq bo‘lmoqda. Talabalar bilim saviyasini rivojlantirish va
takomillashtirish mavzusi doimo oliy ta’lim tizimida dolzarb muammolardan biri
bo‘lib kelgan. Shu sababli talabalar puxta va chuqur bilim hamda ko‘nikmalarga
ega bo‘lishlari, yuqori malakali raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib yetishishlari
uchun o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalari va ilg‘or pedagogik
texnologiyalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Axborotlar va bilimlar ko‘lami
kengayayotgan hozirgi davrda talabalarga ta’lim berish jarayonini ulaming
shaxsiga yo‘naltirish alohida dolzarblik kasb etmoqda. Bunda talabalaming
layoqati, ehtiyojlari, o‘ziga xosliklari alohida hisobga olinib, ularni
rivojlantiruvchi, yo‘naltiruvchi o‘quv-tarbiyajarayoni tashkil etiladi. Shu maqsadda
darslarni tashkil etuvchi sifatida biz pedagoglardan talabalaming ma’ruza va
amaliy mashg‘ulotlarda, shuningdek, mustaqil ish, referat va kurs ishi, bitiruv
malakaviy ish bajarish kabi faoliyatlarida ijodiy ishchan muhitda ularning o‘quv
mehnati jarayonida faol ishtirok etishlarini ta'minlashimiz talab etiladi,

Download 25,03 Kb.
  1   2   3




Download 25,03 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



2-Topshiriq Erta tashxis dasturi maqsad va vazifasi

Download 25,03 Kb.