|
INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCEBog'liq IRS 0901INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE
International scientific-online conference
6
BFQ mahsulotlarining savdosi maʼlum dozalarda oziq-ovqat mahsulotlaridan
alohida yuritilishi;
BFQ mahsulotlarida farmakologik taʼsirning yoʻqligi;
BFQ mahsulotlarida nojoʻya taʼsirning yoʻqligi;
BFQ inson organizmi va tizimining fiziologik barqaror boʻlmagan hollarda
ularning funksional faoliyatini qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallanganligi;
Biofaol ozuqaviy qoʻshimchalar dori vositalari sirasiga kirmaydi. Olimlar va
shifokorlarning fikriga ko’ra, biofaol moddalarni to’g’ri va muntazam iste’mol
qilish nafaqat yoshlikni, sog’liqni va quvvatni saqlab qolish imkonini beradi,
balki hayot tarzini sezilarli darajada yaxshilaydi. Nutritsevtik vositalar oziq-
ovqat yoki ichimlik tarkibiga qo’shilganda, ularni muhim moddalar
(aminokislotalar, vitaminlar, minerallar, ko’p to’yinmagan yog’li kislotalar,
ozuqaviy tolalar va boshqalar) bilan boyitadi va inson tanasining ayrim
fiziologik faoliyatini hamda inson tanasining tizimini tartibga soladi. Ularni
boshqacha ko’rinishda (ekstraktlar, surtmalar, nastoyka, kontsentratlar va
boshqalar) ham iste’mol qilish mumkin. Biofaol qo’shimchalar majmuasi asosan
o‘simliklarning bargi, guli, ildizi va mevalaridan olinadi, ularni tayyorlashda
ba’zan bakteriyalar, mikroblar hamda ayrim hayvonlarning a’zolari va mineral
xom ashyolaridan ham foydalaniladi. Biologik faol moddalar (BFQ) atamasi
nutritsiologiya (ovqatlanish haqidagi fan)ga keyingi yillarda kirib kelgan. Aslida
esa qadim zamonlardayoq Xitoy, Hindiston, Arabiston tabiblari BFQdan ko‘plab
kasalliklarni davolashda foydalanishgan. Endilikda deyarli barcha davlatlarda
biologik faol moddalar foydalanib kelinmoqda. Xo‘sh, bunga sabab nima?
Birinchidan, yer yuzi aholisi soni keskin ko‘payib ularni tarkibida barcha kerakli
moddalar mavjud bo‘lgan taomlar bilan ta’minlash qiyin kechmoqda.
Ikkinchi sabab shuki, ota-bobolarimizning yegulik ovqatlarini asosan o‘simlik
mahsulotlari tashkil qilgan, ular ko‘prok “tirik” holda, ya’ni qaynatmasdan,
quritmasdan iste’mol qilingan, shu bois mikronutriyentlarga muhtojlik
sezilmagan. Hozirgi zamonda esa kuchli biotexnologik qayta ishlovdan o‘tib
zarur moddalardan deyarli mahrum bo‘lgan mahsulotlar ishlatilmoqda.
|
| |