• 2. Issiqqa chidamlilar.
  • 3. Issiqqa chidamsizlar.
  • Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi




    Download 2,43 Mb.
    bet6/15
    Sana15.01.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #138039
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova Dilnozaxon

    1. Yuqori haroratga bardoshlilar. Bu guruhga termofil ko‘k yashil suvo‘tlar
    ularni qaynoq mineral buloqlarning 75-1000C gacha haroratda ham faoliyatda bo‘la oladiganlari mansub. Termofil mikroorganizmlardagi yuqori haroratga chidamlik, ularda metabolizm jarayonlarini yuqori darajada o‘tishi, hujayrasida RNK miqdorining ko‘pligi, sitoplazmasidagi oqsilni yuqori haroratda ham kaogulyatsiyaga uchramasligi bilan ifodalanadi.
    2. Issiqqa chidamlilar. Bu guruhga sahrolar, yog‘ingarchilik deyarli ro‘y
    bermaydigan hududlarda o‘sadigan sukkulent o‘simliklar, kaktuslar,
    semizo‘tdoshlar, semizaklar oilalariga mansub o‘simliklari mansub. Issiqqa
    chidamli sukkulentlar, kaktuslarning hujayralaridagi sitoplazmani qovushqoqlik
    darajasi yuqoriligi, bog‘langan xoldagi suvning ko‘pligi va moddalar almashinuvi
    jarayonlarini pastligi bilan ifodalanadi.
    3. Issiqqa chidamsizlar. Ular mezofitlar va suv xavzalarining o‘simliklari
    hisoblanadi. Ochiq maydonlarda uchraydigan mezofitlar qisqa muddat 40-470C,
    soya joydagilari 40-420C, suvdagi o‘simliklar 38-420C gacha haroratga chiday
    oladi. Qishloq xo‘jaligimizda, bizning Respublikamizning ekin maydonlarida
    issiqqa chidamli ekinlar ekilib yuqori hosil olishga erishiladi. Kuzda havo haroratining past kelishi, yog‘irgarchilikni me‘yoridan ortiq bo‘lishi ekinlarimizda
    donni, chigitni to‘la yetilishi imkonini bermaydi. Mezofit o‘simliklarning ko‘pchiligi havoning qizib ketishiga, tanasini qizishidan saqlash maqsadida barglari, novdasi orqali transpiratsiyani kuchaytiradi. Anchagina issiqqa chidamli mezofitlarning hujayralarini sitoplazmasida qovushqoqlik yuqoriligi hamda issiqqa chidamli oqsil-fermentlarni ko‘p hosil qilishi bilan ifodalanadi.
    Yuqori haroratning ta’sirida o’simliklardagi moddalar almashinuvi,
    o’sishi va rivojlanishi. Yuqori haroratga chidamlik ko‘p xollarda uning ta‘sir
    etish davriga, absolyut qimmatiga bog‘liq bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligi ekinlarning
    ko‘pchiligi muhit havo haroratning 35-400 C ga yetguncha qiynala boshlaydi. Bu va undan yuqori haroratda o‘simlikda ro‘y berayotgan bir qator fiziologiya jarayonlari so‘na boradi, 500 C ga yaqinlashganda hujayra tsitoplazmasini qo‘yiqlashib uning halokati sodir bo‘ladi. Foydali o‘simlik uchun optimal bo‘lgan haroratni ko‘tarilishi qisman yoki ommaviy ravishda hujayradagi oqsilllarning denaturatsiyasiga olib keladi. Bu esa plazmolemmaning oqsil-lipid majmuini buzilishiga va hujayradagi boshqa membranalarning faoliyatiga salbiy ta‘sir qiladi. Provard natija hujayraning osmotik xususiyatini buzilishiga olib keladi. Hujayraning ko‘plab bajaradigan vazifalari izdan chiqadi, turli fiziologiya jarayonlarining ro‘y berishidagi tezlik sekinlashadi. Misol olganimizda, 200C haroratda o‘simlikning barcha hujayralarida mitoz bo‘linish me‘yorida sodir bo‘lsa, havoning harorati 380 C ga ko‘tarilganda mitoz yettita hujayradan bittasida ro‘y beradi, harorat 420 C ga borganda bo‘linayotgan 513 hujayradan bittasidagina bo‘linadi holos [Yu.T.Dayakov, 1993].
    O‘simlikka ta‘sir etadigan yuqori harorat avvalo unda sodir bo‘ladigan nafas
    jarayonlaridan ko‘ra ko‘proq fotosintezga kuchliroq salbiy ta‘sir qiladi.
    Fotosintezni amalga oshiradigan bir qator reaktsiyalar havoning yuqori haroratiga
    nafas jarayonlaridagiga nisbatan bir muncha sezgir. Optimal haroratdan pastroqda
    o‘simlik o‘sishi va fotosintez jarayoni-fotoassimilyatsiyani deyarli to‘xtatadi. Bu
    jarayon fermentlar faoliyatidagi buzilish-o‘zgarishlar bilan bog‘liq. Bu vaqtda
    nafas jarayonidagi gazlar almashinuvi kuchayadi, uning energetik samaradorligi
    pasayadi, parchalanish mahsulotlari (ammiak) ta‘sirida protoplazmani zaharlanishi
    ro‘y beradi. Bu jarayonlarning hammasi o‘simlikni- holdan toyishiga uni
    zo‘riqishiga olib keladi. Yaproqning ayrim joylarida- kuyish alomatlari hosil
    bo‘ladi. Yuqori haroratning ta‘siriga irsiy jihatdan moslashgan o‘simliklarda
    bunday holatlarda zaharlanishga sabab bo‘ladigan ortiqcha ammiak kabi
    moddalarni bog‘lovchi birikmalar hosil bo‘ladi. O‘simlikda barglar orqali ro‘y beradigan transpiratsiya natijasida ba‘zan 10-150C gacha harorati pasayadi. Yaproqlardagi ustitsalari yopiq, tez so‘liydigan o‘simliklar suv bilan yetarli ta‘minlanadiganlarga nisbatan tez quriydi. O‘simlik quruq issiq havoga nam issiqqa nisbatan osonroq chidaydi. Havoning namligi yuqori bo‘lib, harorat ham ancha baland bo‘lganda transpiratsiya bilan barg haroratini nazorati cheklanadi. O‘simlik dala sharoitida suvsizlanib chanqaganida yuqori harorat unga halokatli ta‘sir qiladi. O‘simlikni barglari yoki uning tanasini hammasi ancha so‘liganda fotosintez va nafas jarayonlarida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘lganidan boshqa bir qator fiziologik jarayonlari ham buziladi. O‘simlikni atmosfera havosining yuqori haroratga chidamligi uning ontogeneziga-o‘sish va rivojlanishning davrlariga bog‘liq bo‘ladi. Yuqori haroratning eng katta halokatli ta‘siri o‘sish va rivojlanishning dastlabki davrlariga to‘g‘ri keladi.
    Faol tarzda rivojlanayotgan yosh to‘qimalar eski, qari, tinimga o‘tayotganlariga nisbatan yuqori haroratga chidamsiz. O‘simlikning turli qismlari ham yuqori haroratga chidamligi turlicha: yer osti qismi kam chidaydi, poya, novda, kurtaklarning chidamligi, bardoshligi bir muncha yuqori bo‘ladi [Yu.T.Dayakov,1993]. O‘simliklarda ro‘y beradigan issiqlikka nisbatan zo‘riqishga u tezda moslanishni boshlaydi. Yuqori haroratning ta‘siriga o‘simlik bir necha soat oldin tayyorgarlikni boshlaydi. Kunlar issiq bo‘lganida uning yuqori haroratiga o‘simliklarning chidamligi choshgoxdan keyin kuchliroq, choshgoxgacha kuchsizroq bo‘ladi. Odatda bu chidamlik barqaror emas, mustahkamlanib qolmaydi, havoning harorati pasayishi bilan u yo‘qoladi.
    Tuproqda namlikni kamayishi bilan unda qurg‘oqchilikni sodir bo‘lishi
    havoning yuqori harorati donli o‘simliklarda boshoq shakllanayotganida undagi
    gul tugunchalarini shikastlanishiga, boshoqlanish tugashiga uni qurib qolishiga
    olib keladi. Natijada donsiz boshoq soni ko‘payadi. O‘simliklarning ko‘pchiligi
    uchun atmosfera havosining yuqori harorati ayniqsa ular gullayotgan davrida xavfli
    bo‘lib, gulni to‘kilishiga, tugunchani rivojlanmasligiga, sterillikka olib keladi
    [L.V.Metlitskiy.,1991]. Endi biz ayrim foydali o’simliklarning hususiyatlarini o’rganamiz.

    Download 2,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 2,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi

    Download 2,43 Mb.