Zarafshon archasi mevasi - fructus juniperi zeravschanicae




Download 2,43 Mb.
bet9/15
Sana15.01.2024
Hajmi2,43 Mb.
#138039
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova Dilnozaxon

Zarafshon archasi mevasi - fructus juniperi zeravschanicae
O'simlikning nomi. 
Zarafshon archasi- Juniperus zeravs-chanica Kom.; sarvidoshlar- Cupressaceae oilasiga kiradi. Zarafshon archasi (qizil archa) ikki uyli, shox-shabbasi qa­lin, oval yoki konussimon, bo'yi 20 m gacha bo'lgan qizg'ish po'stloqli daraxt yoki ba'zan buta. Shoxlari yo'g'on, uchidagilari yashil-ko'kimtir, ingichka (yo'g'onligi 1-1,5 mm). Barglari tangachasimon, cho'ziq-tuxumsimon, o'tkir uchli. Erkak gullari (changchi boshoqchalar) kengtangachali, sporangiyalari 3-6ta, erkin holda; urg'ochi qubbalari o'zaro birlashgan, mevalari yetilish oldida shishib qalinlashadigan 3- 9 ta tangachadan tashkil topgan. Mevasi- sharsimon, qisqa bandli, xomligida yashil, pishganida to'q qo'ng'ir rangli, qattiq, 2-3 (ba'zan 4) urug'li g'udda meva. Aprel-iyun oylarida gullaydi, mevasi kelgusi yili oktabr-dekabr oylarida pishadi.
Geografik tarqalishi. Asosan, Pomir-Oloy, Tyan-Shan (Qora tog'gacha) tog' tizmalaridagi, dengiz sathidan 1000 m dan 2500 m gacha bo'lgan balandlikdagi adir va tog'larda, toshli hamda chag'ir toshli yonbag'irlarda o'sadi. O'zbekistonning Toshkent, Farg'ona, Samarqand va Buxoro viloyatlarida uchraydi, ba'zan katta archazorlar tashkil qiladi.
Mahsulot tayyorlash. Daraxtda bir vaqt ichida bu yilgi -xom va o'tgan yilgi pishgan mevalari bo'ladi. Hom mevalar archa tagiga yozilgan chodirga to'kilmasligi uchun tayoq bilan qoqmasdan, daraxtni kuzda (sentabr- oktabr oylarida) silkitib, pishgan mevalarni yig'ib olish kerak. Keyin mahsulot aralash-malardan tozalanadi va ochiq havoda quyoshda yoki qurit-
kichlarda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Mahsulot archaning mevasidan iborat. Meva deyarli sharsimon, diametri 8-12 mm, burishgan (qurigandan so'ng), usti ko'kimtir rangli mum qavati bilan qop-langan. Meva uchida uch nurli yulduzcha shakli (uchta yuqorigi tangacha bargchalarni birlashgan joyi) ko'rinadi. Meva po'sti qattiq. Mevaning ichida yumshoq qismida 2-3 (ba'zan 4) ta, qattiq, 3- 5 qirrali urug'lari bo'ladi. Mevalar ustidan to'q-qo'ng'ir (qo'ng'ir-gunafshaga o'xshash), ichi-yashil qo'ng'irroq rangli, hidi o'ziga xos xushbo'y, chuchmal mazaga ega.
Kimyoviy tarkibi. Meva tarkibida 3,9 foiz efir moyi, 2,4 foiz flavonoidlar, 0,37 foiz karotinoidlar, 6,15 foiz organik kislotalar, 16,2 foiz qandlar, oz miqdorda kumarinlar, 2,47 foiz oshlovchi va boshqa moddalar bor. Meva efir moyi 16,84 foiz karen, 25,01 foiz d-kamfen, 11,88 foiz a-pinen, 14,74 foiz mirtsen va boshqa terpenoidlardan tashkil topgan.
Ishlatilishi. Meva qaynatmasi va efir moyi diuretik hamda mikroblarga qarshi ta'sirga ega. Shuning uchun meva damlamasini O'zbekiston hududida tibbiyot amaliyotida peshob haydovchi vosita sifatida ishlatishga Respublika Sog'liqni saqlash vazirligi ruxsat berdi.
Dorivor preparatlari. Meva qaynatmasi.

2.1.3-rasm. Zarafshon archasi mevasi

Download 2,43 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Download 2,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zarafshon archasi mevasi - fructus juniperi zeravschanicae

Download 2,43 Mb.