O’simliklarning tabiatda va xalq xo’jaligidagi ahamiyati




Download 2,43 Mb.
bet12/15
Sana15.01.2024
Hajmi2,43 Mb.
#138039
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova Dilnozaxon

O’simliklarning tabiatda va xalq xo’jaligidagi ahamiyati. O’simliklar dunyosi vakillari tabiatda juda keng tarqalgan: ularni quruqlikda, chuchuk va sho'r suvlarda, hatto Arktika va Antarktida muzliklarida ham uchratish mumkin. O’simliklar Yer yuzasida keng tarqalishidan tashqari juda xilma-xildir. Bularni bir-biridan ajratish va turli maqsadlarda foydalanish uchun ularni har tomonlama o’rganish zarur. Yer sharida tarqalgan o’simliklarni o'rganish bilan botanika fani shug’ullanadi. Hozirda o'simliklaming ichki va tashqi tuzilishi, o'sishi, rivojlanish qonuniyatlari, tashqi muxit bilan o'zaro munosabatlari, Yer sharidagi o'simliklar qoplamining tarqalishi va taqsimlanish qonuniyatlari, o’simliklar olamining kelib chiqishi, o’simliklarning tasnifi, xo'jalik nuqtai nazaridan ahamiyatga ega bo’lgan qimmatli o’simlik turlarining tabiiy zahiralari va ulardan oqilona foydalanish yo’llarini, yem-xashak, dorivor, mevali, sabzavot, texnik va boshqa turlarni madaniylashtirishning ilmiy nazariy asoslarini ishlab chiqish tabiatni va o'simliklar resurslarim muhofaza qilishning ilmiy asoslarini yaratish botanikaning oldida turgan vazifalardir.
O’simliklar foydalanish xarakteriga ko’ra bir nechta guruhlarga ajratiladi. Bunda eng muhimi inson uchun ozuqa hisoblangan o’simliklardir. Ularga bug’doy, sholi, makkajo’xori kabi qimmatli o’simliklar kiradi. Sabzavot o’simliklari, rezavor mevali, yong'oq meva, boshoqli, dukkakli, madaniy o’simliklar ham katta ahamiyatga ega. O’simliklarning ikkinchi guruhini sanoatda foydalaniladigan turlar tashkil etadi. Ular moy beruvchi, efir moyli, tola beruvchi, oshlovchi, bo’yoq beruvchi o'simliklardir. Uchinchi guruhga dorivor o'simliklar kiritilib, ular kishilarni turli kasalliklardan davolashda ishlatiladi. Qishloq xojaligida yem -xashak hisoblangan o'simliklar to'rtinchi guruh sifatida ahamiyatga ega. Beshinchi guruhni bakteriya va zamburug'lar tashkil etib bijg’ish jarayonlarida va tuproq unumdorligini oshirishda katta ro’l o’ynaydi. Insonning xo'jalik faoliyatida o'simliklardan hosil bo’lgan mahsulotlar toshko'mir, yonuvchi slanetslar, torf va neft kabilar muhim ahamiyatga ega. Tirik tabiatning muhim tarkibiy qismi bo’lgan o’simliklar biologik moddalarni normal aylanishini ta’minlaydi, atmosferani kislorod bilan boyitadi, organik moddalarni to'playdi. Bu esa o'z navbatida inson va hayvonlar uchun ozuqadir. O’simliklar mikroiqlimga ham ta'sir etadi, issiqlik balansini shakllanishida muhim aliamiyatga ega. Havoning nisbiy namligini oshiradi va joyning suv va shamol rejimlariga ta’sir etadi. Barcha o’simlik turlari ilmiy-amaliy maqsadlar uchun bitmas-tuganmas boylik hisoblanadi. Shuning uchun ham noyob va yo’qolib borayotgan o'simlik turlarini muhofaza qilish muhimdir. O’zbekistonda 1998 yillarda chop etilgan Qizil kitobga 301 ta o’simlik turlari kiritildi.
Mutaxassislarning ta’kidlashlariga yer yuzida 250 ming atrofida gullaydigan o‘simlik turlari mavjud. SHular jumlasidan Evropa va Osiyo qit’alarida kamida 75 ming turi tarqalgan. Hamdo‘stlik mamlakatlarida 20 mingga yaqin, O‘rta Osiyoda esa 7 ming atrofida gullaydigan o‘simliklar o‘sadi. O‘zbekiston hududiga yuqori o‘simliklardan 4230 tur o‘simliklar tarqalgan bo‘lib, ular 138 oilani va 1028 avlodni tashkil qiladi. 79 oilaga kirgan 492 tur o‘simliklar madaniylashtirilgan o‘simliklar hisoblanadi. O‘zbekiston florasidan 577 turi dorivor hisoblanadi. Dorivor o‘simliklarni ko‘pchiligi tog‘li hududlarda, tayyorlash qiyin bo‘lgan joylarda tarqalgan. Qir, adir, daryo bo‘ylarida ham katta-katta maydonlarda bir qancha o‘simliklar o‘sadi va ularni sanoat miqyosida tayyorlash imkoniyati mavjud. O‘zbekiston hududida ma’lumki asosiy qishloq-xo‘jalik ekini paxta hisoblanadi. Paxta ekiladigan maydonlarni haddan tashqari kengaytirilishi, shu joylardagi yovvoyi holda o‘suvchi dorivor o‘simliklar zahirasini qisqarib ketishiga olib keldi. SHuning uchun O‘zbekiston florasidagi noyob dorivor o‘simliklar bilan Sog‘liqni saqlash tizimini ehtiyojini qondirish uchun, ularni etishtiradigan xo‘jaliklarni tashkil qilish muammosini xal qilish zaruriyati mavjud.
Mamalakatimizda dorivor o‘simlik mahsulotlariga bo‘lgan xalqimiz ehtiyojini iloji boricha to‘la qondirishning eng zaruriy shart-sharoitlaridan biri – dori vositalarining ro‘yxati (katalog)ning mavjudligidir. Bu ro‘yxat ma’lum bir davrda qaytadan ko‘rib chiqiladi. Undan samarasi kam bo‘lganlari chiqarib tashlanadi, hamda horijdan keltiriladiganlariga hojat qolmaganlari ham ro‘yxatdan olib tashlanadi, shu bilan birga Respublikada ishlab chiqarilayotgan yangi, samarali dori vositalari ushbu ro‘yxatga (katalog) kiritiladi. Bu o‘ta muhim ishda farmakognoziya ilmi katta o‘rin tutadi, chunki amalda qo‘llanilib kelinayotgan dori vositalarining katta bir qismini dorivor o‘simliklar va ularning mahsulotlari tashkil qiladi. Vatanimizda dorivor o‘simliklarni keng o‘rganilishi va sanoatda ularni asosida yangi dori vositalarini ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yilishi natijasida dorivor o‘simliklar ro‘yxatida (nomenklaturasi) katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Qo‘llaniladigan dorivor o‘simliklar ro‘yxati bir necha barobarga ortdi, ularni orasida horijdan keltiriladiganlari ancha kamaydi (strofant, kuchala va boshqalar). 200 dan ortiq maxalliy (yovvoyi va madaniylashtirilgan) o‘simliklar ro‘yxatdan joy olgan. Ammo ular dorivor o‘simliklar bilan ta’minlay olinishi mumkin bo‘lgan katta imkoniyatning bir qisminigina tashkil qiladi. Hozirgi zamondagi dorivor o‘simliklar ilmini rivojlanish bosqichidagi muhim vazifalardan biri, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini eng kerakli, samarali dori vositalarini yaratishga jalb qilishdan iborat. Dorivor o‘simliklar va ulardan dori vositalarini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlar bir qancha usullarga bo‘linadi.
Xalq tabobatida qo‘llanadigan o‘simliklar ichidan kelajagi istiqbolli dorivor o‘simliklarni izlab topish. Hammaga ma’lumki xalq tabobati (xalq va an’anaviy tibbiyot)ning asosiy dorivor vositalarini dorivor o‘simliklar tashkil qiladi. Insonlar qadim zamonlardan beri o‘simliklardan dorivor vosita sifatida foydalanib kelganlar. CHunki ular o‘z atrofidagi tabiatda o‘zlariga zarur bo‘lgan ovqat, ichadigan suvni qidirib topganlaridek, tinchlik bermayotgan kasalliklariga davo qidirishlari, ularning tabiiy talablari bo‘lgai. SHuning uchun inson atrofini o‘rab turgan o‘simliklar dunyosi uning kasalliklarini davolashda asrlar davomida birinchi va eng oson topiladigan birdan-bir yagona shifobaxsh vositasi bo‘lgan. Masalan, qadimgi xaqlar tabobatida ham dorivor vosita sifatida avvalo o‘simliklardan, so‘ngra hayvon mahsulotlari va mineral moddalardan foydalanganlar. «Bu o‘rinda, chamasi jamoa qozonlarida inson organizmiga (kasal va sog‘lom holatida) tonuslovchi, mustahkamlovchi, tozalovchi va kuch beruvchi ta’sirlarni ko‘rsatish maqsadida ovqatlarni tayyorlashda o‘simliklardan ksng foydalangan tajribasi o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lsa kerak». Demak «Dorivor o‘simliklarni ishlatish butunlay insoniyat jamoasining tajribasi bo‘lgan», shuning uchun «tibbiyot boshlanishida hammani, har bir kishining vazifasi bo‘lgan, faqatgina ko‘p bo‘lmagan qobiliyatlilarni kasbi bo‘lgan". Insoniyat madaniyatining eng qadimgi yozma yodgorliklarining ko‘rsatishicha inson tomonidan dorivor vosita sifatida o‘simliklardan foydalanish tarixi juda qadimiy va albatta yozuv paydo bo‘lishdan oldin boshlangan. SHuning uchun ham inson o‘zini-o‘zi o‘simlik yordamida davolagan vaqtini aniqlash qiyin. CHamasi u ibtidoiy odam bilan tengdir. Ehtimol er yuzida inson iaydo bo‘lishidan ancha burun ba’zi o‘simliklarni shifobaxsh xususiyatlaridan hayvonlar «foydalanganlardir». Haqiqatdan ham ba’zi farmakologik faol ta’sirga ega bo‘lgan o‘simliklarni hayvonlar iste’mol qilgan hollar tarixda ma’lumdir.
Assuriyada topilgan eng qadimgi -sopolga bitilgan birinchi yozma manbalarda xam dorivor o‘simliklar to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lgan. Assuriyalilar dorivor o‘simliklarning shifobaxsh xususiyatlarini yaxshi bilganlar, ulardan davolanish maqsadida foydalanganlar. Assuriyalilar dorivor o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z navbatida asosan shumerlar va bobilliklardan olganlar, keyinchalik bu ma’lumotlar assuriyaliklardan misrliklarga o‘tgan. Eramizdan -miloddan 4000 yil avval misrliklar -Misrning dorivor o‘simliklari mantiqiy tasvirini tushirganlar. Ovrupada qadimiy tibbiyot sifatida yunon tibbiyotini qabul qilshgan. U dunyo tibbiyoti rivojiga o‘zining juda katta ta’sirini ko‘rsatgan va insoniyatga Buqrot, Dioskorid va boshqalar kabi buyuk namoyandalarni bergan. Yunonlarning bu sohadagi muvaffaqiyatlari rimliklar tomonidan, so‘ngra sharqda - Suriya va Eronda qabul qilingan. Bu yerda yunon kitoblari arab tiliga tarjima qilinmadi, ulardan nusxalar ko‘chiriladi, qayta ishlab chiqiladi va ularga ilovalar yoziladi. Ovrupa tibbiyoti esa o‘z navbatida Misr, Vavilon va Assuriyaning eng qadimgi ananaviy madaniyati bilan chambarchas bog‘langan va shular asosida fan taraqqiy etgan Gretsiya sivilizatsiyasining samarasidir. Bu borada Ovrupa tibbiyoti yuqorida aytib o‘tilgan davlatlarni an’anaviy madaniyati ta’sirida taraqqiy etgan arab tibbiyoti kabidir. Hozirgi O‘rta Osiyo va Qozog‘iston respublikalari territoriyasida joylashgan davlatlarning tibbiyoti ham, ularni arablar bosib olgaidan so‘ng shu yuqorida zikr etilgan yutuqlar va an’analar asosida hamda ta’sirida taraqqiy qilgan. SHuning uchun ham Ovrupada Abu Ali Ibn Sinoni arab tibbiyot maktabining buyuk namoyandasi deb hisoblaydilar.
Insonlar avvalo o‘z atrofida o‘sadigan o‘simliklardan dorivor vosita sifatida foydalanganlar. SHuning uchun xar qaysi yerning dorivor o‘simliklari bo‘lgan. Uzoq vaqtlar davomida bu dorivor o‘simliklar xayot sinovidan o‘tganlar, saralanganlar va eng samaralilari to‘g‘risidagi ma’lumotlar shu yer (shu xudud)ning o‘zida og‘zaki avloddan avlodga o‘tgan. Qachonki xalqlar orasida aloqalar tuzilib, mollar almashina boshlangandan so‘ng dorivor o‘simliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ham bir xalqdan ikkinchisiga o‘ta boshlaydi. Bu esa har bir yerning dorivor o‘simliklar assortimentini xam yerli flora turlari, ham chetdan kelgan o‘simliklar hisobiga boyishga olib keladi (1-jadval).

Download 2,43 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 2,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’simliklarning tabiatda va xalq xo’jaligidagi ahamiyati

Download 2,43 Mb.