Botanika fanining qisqacha rivojlanish tarixi va bo’limlari




Download 2,43 Mb.
bet11/15
Sana15.01.2024
Hajmi2,43 Mb.
#138039
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova Dilnozaxon

Botanika fanining qisqacha rivojlanish tarixi va bo’limlari. O’simliklar haqidagi bizgacha yetib kelgan dastlabki ilmiy ma’lumotlarni eramizdan avvalgi III—IV asrlardagi grek klassik faylasufi Aristotel va uning shogirdi, botanika fanining asoschisi Teofrast asarlarida kuzatish mumkin.
XV-XVIII asrlar botanikaning rivojlanishida o'simliklarni dastlabki ro'yxatga olish davri hisoblanadi. Bu davrda o'simliklar morfologiyasining asosiy tushunchalari, ilmiy atamalar vujudga keldi. O’simliklarning klassifikatsiya qilishning metodlari va qonun-qoidalari ishlab chiqildi. O’simliklar dunyosining dastlabki sistemalari yaratildi.
Shved botanikshunosi Karl Linneyning tizimi o'simliklaming sun’iy tavsifl borasida tuzilgan birinchi ilmiy ishi edi. K.Linney o'zining sun’iy tizimini yaratishda changchilarning xususiyatlari, ularning soni va birikish xolatlarini hisobga olgan. U «O’simlik turlari» asarida 1260 turkum va 7540 turni tahlil qilgan. Linney tur asosiy sistematik birlik ekanligini ta’kidlaydi, hamda u o'simliklarni nomlashda binar nomenklaturasini birinchi bora fanga kiritdi. Har-bir o'simlikning nomi 2ta lotin so’zlari bilan yoziladi. Bulardan birinchisi turkumni, ikkinchisi esa turni bildiradi (masalan, Lathyrus pratensis L. o'tloq burchog'i, Lathyrus- turkum, pratensis- tur).
XVII-XVIII asrlarda organizmlaming tuzilishi va vazifalari, ba’zi bir umumiy qonuniyatlar haqida juda ko'p ashyoviy ma’lumotlar to'plandi.
XVIII asrda olimlar tabiiy sistemani yaratishga harakat qilganlar. Tabiiy sistemalami yaratishda o'simliklarning bir necha belgilari, ularning rivojlanishi, o'zaro qon-qarindoshlik belgilari nazarda tutiladi. Bunday sistemalardan biri frantsuz botanigi A Jyuse sistemasidir. Uning tizimiga 15 sinf, 100 oila va taxminan 20000 tur kiritilgan. U fanga oila tushunchasini kiritgan.
Organizmlarning evolyutsiyasi haqidagi ilmiy asoslangan fikrlar XIX asr boshlarida Frantsiyada J. Lamark tomonidan beriladi.
XIX asrining o'rtalarida hujayra nazariyasining yaratilishi M. Shleyden va T.Shvannlar bilan bog'liq. Floristik ishlami rivojlantirishda akademik V.L.Komarovning xissasi katta. Uning rahbarligida yirik ilmiy ekspeditsiyalar tashkil qilingan va botaniklar uchun muhim qo’llanma bo'lgan 30 jildli asarlar yaratildi. Yuksak o'simliklar filogenetik sistemalari A.A.Grossgeym, A.L.Taxtadjyan, B.M.Kozo-Polyanskiy va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan. Tuban o'simliklami o'rganishda A.A.Blenskin, A.A.Yagevskiy, L.I.Kursanov, A.S.Bondarnov va boshqalar katta hissa qo'shdilar.
Tabiat hodisalarining takomillashib, evolyutsion tarzda rivojlanib borishidagi tushuncha va ta’limotlar Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino kabi allomalaming asarlarida o'z ifodasini topgan.
O’rta Osiyo olimlarining fan tarixida qoldirgan olamshumul ko'p qirrali ilmiy merosini o'rganishga e’tibor har tomonlama ortib bormoqda. Ayniqsa, alohia ta’kidlash zarurki, keyingi o'n yilliklar davomida O’rta Osiyo mazkur olimlar ilmiy merosini o'rganish markaziga aylanib qoldi. O’rta Osiyolik olimlarning tabiiy-ilmiy merosini o'rganish borasida olib borilgan yutuqlarini tahlil qilish shundan dalolal beradiki, ular o'z asarlari bilan jahon biologiya fanlarini rivojlantirishga ulkan hissa qo'shganlar. Keyingi vaqtda O’rta Osiyo olimlarining asarlarini har tomonlama tahlil qilinayotganligi va ularni chop etib, keng kitobxonalar ommasi hukmiga havola etilayotganligi ham fikrimizning dalilidir. Ayniqsa, O’rta Osiyo olimlari, jumladan, A.N.Forobiy va Ibn Sino kabi allomalaming ilmiy merosini o'rganishga bag'ishlab o'tkazilgan yubiley sessiyalari munosabati bilan olib borilgan ilmiy tadqiqotlar ularni tabiiy fanlar sohasida qoldirilgan ilmiy me’rosini va biologiya fanlarini rivojlantirishga qo'shgan hissalarini aniqlash va uni chuqur o'rganishda yuksak omil bo’ldi.
Forobiy olim, shoir, tabib, sozanda va bastakor, filosof, adabiyotchi sifatida tanildi. O’sha vaqtlarda ilm-fan sohasida erishilgan yutuqlar majmuasi hisoblangan «Hindiston dorilari va dorivor o'simliklari», «Nabotiya dehqonchiligi haqida» kabi kitoblar bir qancha tillarga tarjima etilgan edi.
Forobiyning tabiatshunoslikka doir «Inson a’zolari haqida risola», «Hayvon a’zolari to'g'risida so’z», «Aristotel bilan Galen o'rtasidagi munosabat» kabi asarlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, ular inson va hayvon organlari, ularning funktsiyasi, bir biriga o'xshash xossalari va tafovuti kabi masalalar yoritilgan, tirik organizmlar anatomiyasi, fiziologiyasi va psixologiyasi fanlariga mos bo'lgan olamshumul asarlardir.
Tabiatshunoslik ikki xil tanlashni tan oladi - bu inson qo'li va faoliyati bilan yuzaga keltirilgan tanlash va tabiatning o'zi yaratgan va yaratadigan tanlash. Forobiy o'z asarlarida sun’iy (inson yordamida) turlarning vujudga kelishini va tabiiy (inson aralashuvisiz) o'simlik va hayvon turlarini vujudga kelishini dunyoda birinchi bo'lib ta’riflaydi va biologiyaning fundamental asosi bo'lgan mazkur masalani ilk bor ilmiy asoslab beradi. Bu shuni ko'rsatadiki mazkur masala bilan shug’ullangan ingliz olimi Ch.Darvingacha hali ming yil avval mazkur masalani Forobiy birinchi bo'lib hal qilgan edi.
Shunday qilib, Forobiyning tabiiy-ilmiy asarlari anatomiya, fiziologiya, tibbiyot va biologiyada tabiiy evolyutsiya qonunlarini asoslashda ilmiy-nazariy zamin bo'Iib xizmat qiladi. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» va «Kitob ash-shifo» nomli asarlarida Turkistonda o'sadigan ko'pgina dorivor o'simliklami tavsiflab, ularning shifobaxsh xususiyatlarini ko rsatgan.
O’rta Osiyo shu jumladan O’zbekistonda zamburug', tuban va yuksak o'simliklami har tomonlama o'rganishda B.A.Fetchenko, M.G.Popov, Q.G'.Zokirov, A.M.Muzaffarov, E.P.Korovin, I.I.Granitov, F.N.Rusanov, A.LVvedenskiy, P.A.Baranov, J.K.Saidov, M.M.Nabiyev, O.Xasanov, S.S.Saxobiddinov, S.S.Ramazanova, M.A.Qo'chqarova, R.X.Xudoyberdiyev, A.X.Xamidovlar va boshqalarning xizmatlari benihoya katta bo'lgan. Ta’kidlash joyizki aksariyat ilmiy tadqiqot ishlari O’zR FA Botanika institute (hozirgi Botanika ilmiy ishlab chiqarish markazi)da olib borilgan. Ko'p yillik izlanishlar natijasida 6 jildlik «Flora Uzbekistana» , 10 jildlik «Opredelitel rasteniy Sredney Azii», 3 jildlik «Paleobotanika Uzbekistana», 10 jildlik «Flora gribov Uzbekistana», 3 jildlik « Opredelitel sinezelyonnix vodorosley Sredney Azii», O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobi (o'zbek, rus, ingliz tillarida), «Ekologicheskaya anatomiya pustinnix rasteniy», «Rastitelniy pokrov Uzbekistana» kabi qator ilmiy asarlar nasr etildi. Shuningdek fan yutuqlarini targ'ibot qilishda o'rta maktab o'quvchilari va oliy o'quv yurtlarini talabalari uchun darslik va o'quv qo'llanmalar yaratishda salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda, Bu soxada institute xodimlaridan T.O.Odilov, O.A.Ashirmetov va O’.P.Pratovlarning roli samarali bo'ldi.
O’simlik organizmi oddiy ko'z bilan yoki maxsus asboblar bilan o'rganiladi. Bu bilan strukturaviy botanika shug'ullanadi. Morfologiya bo'limi qolgan barcha botanika bo'limlari uchun dastlabki va asosiy bo'lim hisoblanadi. O’simliklar morfologiyasi o'z navbatida bir necha bo'limlarni birlashtiradi. Hujayra haqidagi ta’limot sitologiya va to'qimalar haqidagi ma’lumot gistologiya, hamda odatda mustaqil bo'lim sifatida qaraladigan o'simliklarning ichki tuzilishi haqidagi o'simliklar anatomiyasi kabilardir. O’simliklardagi hayotiy jarayonlarni (modda almashish, o'sish va rivojlanish) o'rganadigan bo’lim o'simliklar fiziologiyasidir. O’simlik turlarini u yoki bu belgilariga ma’lum taksonomik guruhlarga, tur-turkum, oila, qabila, ajdod va bo'limlarga kiritish, hamda o'simIiklaming tadrijiy rivojlanish yo'llarini tiklash bilan o'simliklar sistematikasi shug'ullanadi. O’simlik jamoalari yoki fitotsenozlami fitotsenologiya o'rganadi. O’simliklarning tashqi muhit sharoiti bilan o'zaro munosabatini o'rganadigan fan o'simIiklar ekologiyasidir. O’simliklarning Yer yuzasida tarqalishi va taqsimlanish qonuniyatlarini organuvchi fan o'simliklar geografiyasidir. Bulardan tashqari bakteriologiya, algologiya, mikologiya, fitopatologiya, dendrologiya, introduktsiya, o’simliklar genetikasi, palinologiya va boshqa bir qancha bo'limlarni sanab o’tish mumkin.

Download 2,43 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Download 2,43 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Botanika fanining qisqacha rivojlanish tarixi va bo’limlari

Download 2,43 Mb.