|
Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi
|
bet | 7/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 2,43 Mb. | | #138039 |
Bog'liq O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova DilnozaxonKiyiko’ti yer ustki qismi- Herba Ziziphorae pedicellatae
O’simlikning nomi. Gulbandli kiyiko’t-Ziziphora pedicellata Pazij et Vved.;
Oilasi. Yasnotkadoshlar - Lamiaceae. Ko’p yillik, asos qismi yog’ochlangan, to’rt qirrali, shoxlanmagan yoki yuqori qismi shoxlangan, bo’yi 20-40 sm li ko’p sonli poyali o’t o’simlik. Barglari lantsetsimon yoki tor lantsetsimon, o’tkir uchli, tekis qirrali, qisqa bandli bo’lib, poyada qarama-qarshi joylashgan. Gullari uzun, tukli gul bandida osilgan holda joylashib, poya va shoxlari uchida ko’pgulli boshchasimon gulto’plamni hosil qiladilar. Gulkosachasi tor naychasimon, bilinar-bilinmas ikki labli, gul tojisi ikki labli, och-gunafsha rangli. Mevasi - to’rtta yong’oqcha.Iyun-avgustda gullaydi, iyul-sentyabrda mevasi yetiladi.
Mahsulot tayyorlash. O’simlik qiyg’os gullagan vaqtida yer ustki qismi (10-20 sm uzunlikda) o’rib olinadi va soya yerda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko’rinishi. Mahsulot butun yoki qisman maydalangan barglar va serbargli - gulli, uzunligi 20 sm gacha bo’lgan poyalardan tashkil topgan. Poyalar to’rt qirrali, ingichka, ba’zi joylari yog’oylangan. Barglari lantsetsimon yoki tor lantsetsimon, o’tkir uchli, qisqa bandli, tekis qirrali. Gullari ikki labli bo’lib, poya va shoxlari uchida ko’p boshchasimon gul to’plamini tashkil qiladi. Barglari yashil-kulrang, gullari och binafsha rang. Hidi kuchli yoqimli, hushbo’y, mazasi o’tkir, hushbo’y.
Kimyoviy tarkibi. Mahsulot tarkibida 0,96% efir moy, 1,04% flavonoidlar, 0,19% kumarinlar, 1,02% antotsianlar, 170 mg% vitamin C, 11,3% qandlar, 4,82% organik kislotalar, 0,67% ursol kislota, 3,40% polifenollar, 4,69% smolalar va boshqa birikmalar bo’ladi.
Ishlatilishi. Kiyiko’ti yer ustki qismining damlamasi qon bosimini pasaytiruvchi va peshob haydovchi vosita sifatida ishlatishga O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi ruxsat bergan.
Dorivor preparatlari. Damlama.
2.1.1-rasm. Kiyiko’ti yer ustki qismi
|
| |