• Kurs loyihasining tuzilmasi.
  • I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI
  • Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi




    Download 2,43 Mb.
    bet2/15
    Sana15.01.2024
    Hajmi2,43 Mb.
    #138039
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova Dilnozaxon

    Mavzuning maqsadi: Kurs ishining asosiy maqsadi ba‘zi tanlangan, xalq xo‘jaligida keng foydalanib kelinayotgan foydali o‘simliklarga tashqi muhit omillari hisoblangan abiotik omillarni ta‘sirini o‘rganishdan iborat.
    Mavzuning vazifasi: Foydali o‘simliklarni rivojlanishini optimal muhitini aniqlash va olingan tadqiqot natijalari asosida O’zbekiston tabiatida foydali o‘simliklarni yetishtirish texnologiyalari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berish hisoblanadi.
    Kurs loyihasining tuzilmasi. Mazkur kurs loyihasi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat. Matn qismi 47 bet unda 4 ta jadval, 7 ta rasm, adabiyotlar tahlili mavjud. Foydalanilgan adabyotlar ro’yhatida jami 27 ta adabiyotlardan foydalanilgan bo’lib, shundan 8 ta chet el adabiyoti.


    I BOB. ADABIYOTLAR TAHLILI
    O`zbekiston florasi yoki foydali o`simliklarga bag`ishlangan qator tadqiqotlar orasida aynan to`qaylarga bag`ishlangan ilmiy izlanishlar deyarli yo`q holatda. Ular to`g`risidagi uzoq ma`lumotlarni Farg`ona vodiysi bo`ylab olib borilgan botanik tadqiqotlarning ichidan topish mumkin. Shuning uchun mazkur ishning bu bobida Farg`ona vodiysida olib borilgan ayrim tadqiqotlarga to`xtalamiz. Bu erda turli yillarda qator olimlar tomonida ilmiy izlanishlar olib borilgan. Eng dastlabki izlanishlar 19 asrning oxirlaridan boshlangan.
    1868- yilning o`rtalaridan B.A.Fedchenkoning turmush o`rtog`i O.A. Fedchenko Xo`jand uezdida floristik izlanishlar olib boradi. O.A. Fedchenko tomonidan yig`ilgan botanik ma`lumotlar hajmi juda keng bo`lib, Farg`ona vodiysi to`g`risida katta ma`lumotlar beradi.
    Ularning to`liq kollektsiyasi Sankt- Peterburgdagi Rossiya FA Botanika institutda gerbariysida saqlanmoqda. 1890 yilda V.I. Lipskiy o`zining ekspeditsiyalari Qo`qon atroflaridagi foydali o`simliklari qoplamini o`rganadi va o`sha davr o`simliklar qoplami borasidagi qimmatli ma`lumotlarni qoldiradi.
    1908-yilda dehqonchilik departamentining Ko`chma boshqarmasi tomonidan uyushtirilgan botanik geografik tekshiruvlari O`rta Osiyodan boshlanadi. Bu ishga B.A.Fedchenko raxbarlik qiladi. Bu ekspeditsiya tarkibida Farg`ona vodiysi bo`yicha Z.A. Minkvits, O.E. Knorring, N.A. Desyatova, N.N. Titurinlar ish olib borishadi. Shu ekspeditsiya davomida hozirgi Pop tumani hududida ham dala tadqiqotlari olib borilgan. Jumladan o`simliklardan yig`ilgan gerbariy namunalari hozirgacha Toshkent, Moskva, Sankt-Peterburg shaharlaridagi gerbariylarda saqlanmoqda.
    1920-yilda O`rta Osiyo universiteti tashkil etilishi munosabati bilan Farg`ona vodiysidagi botanik tadqiqotlar ham ancha kuchayadi. Universitetga taniqli botaniklar P.A. Baranov, E.P. Korovin, V.P. Drobov, I.A. Raykova, A.I.
    Vvedenskiy, M.M. Sovetkinalar tashrif buyurishadi. Bu universitetning tashkil
    etilishi Farg`ona vodiysi florasi va foydali o`simliklar o`rganishda muxim
    ahamiyatga ega bo`ldi. Unda Botanika kafedrasi tashkil etilib, unda bir qator yirik
    botanik olimlar ham pedagogik, ham ilmiy faoliyat olib borishadi.Ular bilan birga 1932-1933 yillar tashrif buyurishgan Leningradlik botaniklar P.N. Ovchinnikov,
    F.A. Zapryagaev, V.I. Zapryagaeva, Yu.S. Grigor'ev, A.S. Koroleva, K.S. Afanas'ev, V.N. Nikitinlar ham Farg`ona vodiysi florasini o`rganish va tahlil
    qilishda katta ishlar olib borishadi.
    1956- yilda Toshkent Botanika institutining xodimasi O.N. Bondarenko Namangan viloyati foydali o`simliklar mavzusidagi dissertatsiya ishini himoya qiladi. Aynan uning ishida birinchi bor viloyatning eng katta qismini egallagan Pop tumaning foydali o`simliklar, uning tarkibi va tuzilishi borasidagi qimmatli ma`lumotlar keltiriladi. Jumladan, Namangan viloyatining tekislik qismidagi o`simlik jamoalari haqida ma`lumlotlar keltirilib, ulardagi ma`lumotlarga qaraganda tekislik qismidagi o`simliklar jamoalari hozirga nisbatan ancha katta maydonlarni egallaganligini ko`rishimiz mumkin. O`sha davrdagi yirik olimlardan ta`lim olgan mahalliy botanik olimlarning xizmatlari Farg`ona vodiysining o`simliklarini o`rganishga katta xissa qo`shadi.
    1967-yil M.M. Arifxonova Farg`ona vodiysi foydali o`simliklari o`rganishga bag`ishlangan tadqiqotlariga yakun yasab, "Rastitelnost Ferganskoy dolini" nomli monografiyasini chop etadi. Bu asarda bu hududda mavjud bo`lgan barcha o`simlik
    tiplari to`g`risida ba`tafsil ma`lumotlar berilgan. Bizning tadqiqotimiz obyekti
    bo`lgan to`qay o`simliklari borasidagi ilk to`laqonli ma`lumotlar ham aynan M.M. Arifxanovaning izlanishlarining natijasi hisoblanadi. So`nggi yillar davomida Farg`ona vodiysining foydali o`simliklar o`rganish K.Sh. Tojibaev (2002, 2010), T. Maxkamov (2009), F. Karimov (2010) kabi olimlarning nomlari bilan bog`liq bo`lib kelmoqda. Xususan, K.SH. Tojibaev 1999-2002 yilar davomida Pop tumani hududidagi Chodaksoy havzasining o`simliklar qoplamini tadqiq qilgan va 50 yildan ortiq vaqt davomidagi antropogen ta`sirlar ostida ro`y bergan o`zgarishlarni tahlilini keltirgan. Uning 2010- yilda yakunlangan tadqiqotlari G`arbiy Tiyonshon tog`larining florasiga bag`ishlangan bo`lib, Farg`ona vodiysining shimoliy qismi bu tadqiqotlarda o`z aksini topgan. Bu izlanishlar davomida fan uchun yangi bo`lgan turkumlar aniqlandi. T. Maxkamov Farg`ona vodiysining foydali o`simliklarining tur tarkibi va o`simliklar qoplamidagi o`rnini o`rgangan. Xozirgi kunda F.I. Karimov Farg`ona vodiysi florasidagi Piyozdoshlar, Loladoshlar kabi turlarning tarkibi va o`simliklar qoplamidagi o`rnini aniqlash borasida izlanishlar olib bormoqda. F.I. Karimov tomonidan olib borilayotgan tadqiqotlar hali o`z nihoyasiga yetgani yo`q. Shuni alohida e`tibor bilan aytish lozimki, Karimov F.I. Namangan davlat universtiteti Biologiya fakultetining bitiruvchisi hisoblanadi. Hozirda O`zR FA O`simliklar va hayvonot olami genofondi instituti qoshidagi Markaziy gerbariy laboratoriyasining ilmiy xodimi sifatida ilmiy faoliyat olib bormoqda. Uning izlanshlarini mavzusi Farg`ona vodiysi florasida mavjud bo`lgan bir urug`pallali geofitlarning tarkibini aniqlash va zamonaviy konspektini tuzishga bag`ishlangan va uning izlanishlarida Namangan viloyati Pop tumani hududi katta ahamiyatga ega bo`lib kelmoqda. Farg`ona vodiysi florasining geofitlarini konspekti muallifning dala tadqiqotlari va adabiyot ma`lumotlari, gerbariy namunalarini o`rganish asosida tuzilgan.To`plangan ma`lumotlarni umumlashtirish bu hudud florasida 12 oila, 28 turkumga mansub bo`lgan 200 turdagi bir urug`pallali geofitlarning mavjudligini aniqlangan. Konspektda har bir tur uchun birlamchi ma`lumot manbaiga ko`rsatma "Flora Uzbekistana", "Flora Kirgizii", "Flora Tadjikistana", "Opredelitel rasteniy Sredney Azii", "Rod Allium L. vo flore Sredney Azii" [Xasanov, 2008] asosiy manbalar sifatida qabul qilingan. Konspektda geofit o`simlik turlarining oilalari A.L. Taxtadjyan (1995) tizimi asosida joylashtirilgan. Oila ichida turkumlar va turlar esa alfavit tartibida joylashtirilgan.
    Farg`ona vodiysi hududi yovvoyi piyozlarga mansub bo`lgan gerbariy
    namunalarining yig`ilgan nuqtalari (o`tgan 100 yil davomidagi ma`lumotlar
    asosida tayyorlangan). Nuqtalar 2000 dan ortiq bo`lib, 87 turga tegishli. Xaritada
    tabiiy populyatsiyalarning saqlanib qolinishini uch hil darajasi keltirilgan:

    • Qizil maydonlar - tabiiy populyatsiyalar yo`q bo`lib ketgan;

    • ko`k maydonlar - yo`qolib ketish havfi ostida;

    • yashil maydonlar - tabiiy populyatsiyalar saqlanib qolgan.

    Farg`ona vodiysi geofitlarining konspektida oila, turkum va turlarning lotincha nomlari S.K. Cherepanov bo`yicha keltirilgan. Shuningdek, Alliaceae uchun 10 yetakchi monograflarning ilmiy asarlaridan foydalanildi [Fritsch et al.1996; Fritsch et al, 2010]. Konspektda har bir turning ekologiyasi, tarqalgan balandlik mintaqasi, florotsenotipi hamda botanik-geografik okrugi, rayoni keltirildi [Kamelin, 1973; Tojibaev, 2009]. AABH larni ajratish va ularda botanik tadqiqotlarni olib borishning umum qabul qilingan metodlari Farg`ona vodiysida olib borilgan tadqiqotlar uchun ham manba sifatida qabul qilingan. Ular Evropa mamlakatlari uchun tuzilgan va hozirda keng qo`llanilib kelmoqda [Anderson, 2003; Al-Abbasi, 2010; Llewellyn et al., 2011; Hall et al., 2011; Artemov, 2012 va boshqa.]. Yevropada o`simlik turlarini saqlab qolish strategiyasi yoki shunga o`xshash dasturlarga ko`ra [Slashev, Gilyashova, 2010] AABH lar qatoriga kamyob va yo`qolib borayotgan o`simlik turlari o`sadigan maydonlar kiritiladi. Farg`ona vodiysida ham shu holat asos sifatida qabul qilingan. Bu ro`yxat tarkibiga kirishi mumkn bo`lgan o`simlik turlarini tanlashda avvalo O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga (2009) kiritilgan va Farg`ona vodiysida tarqalgan turlar tanlangan. Shuningdek, O`zbekiston florasining endemlari, Farg`ona vodiysi endemlari yoki Farg`ona vodiysi florasi uchun kamyob hisoblangan turlar ham hisobga olingan. Yevropa sharoiti uchun AABH larni ajratishning kategoriyalari va kriteriylar yaxshi ishlab chiqilgan. Osiyodagi ayrim mamlakatlarda ham bunday tadqiqotlar olib borilgan bo`lib, ilmiy manbalar bilan tanishish ular asosan arab mamlakatlari hududida bo`lganligini ko`rishimiz mumkin [Al-Abbasi, 2010; Llewellyn et al., 2011; Hall et al., 2011]. O`rta Osiyo yoki O`zbekiston sharoitida bu mavzudagi izlanishlar ilk marotaba olib borilayotgani uchun tadqiqotlar metodologik jihatdan ayrim qiyinchiliklarga uchragan. Shuning uchun metodikadagi A kategoriyasining kriteriylari tog`li O`rta Osiyo uchun moslashtirilgan, ya`ni, A kategoriyasining quyidagi gradatsiyalari ishlab chiqilgan:
    Ai - xalqaro Qizil kitobga kiritilgan turlar (IUCN).
    Aii - O`zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga 0, 1 va 2 statuslar bilan kiritilgan turlar.
    Aiii – Farg`ona vodiysining endem turlari (vodiyning tabiiy chegaralari
    doirasida, ya`ni O`zbekiston, Qirg`iziston va Tojikiston Respublikalari hududida).
    Aiv – Tog`li O`rta Osiyoning endemlari. Farg`ona vodiysi AABX lari bo`yicha olib borilgan tadqiqotlarda faqat A kategoriyasi bo`yicha ishlangan. V kategoriya ham mavjud bo`lib, u turlar darajasida emas, balki o`simlik jamoalari darajasida ishlaydi. Ai kriteriysiga javob beradigan turlar Chap adirlari florasida uchramaydi, ya`ni xalqarо Qizil kitob sahifalariga kiritilgan turlar bu florada yo`q.
    Aii talablariga javob beradigan turlar Chap adirlarida kam sondagi turlar bilan ishtirok etadi. Aiii kriteriysining talablari bo`yicha tadqiqot olib borilgan hududdan lola turkumiga mansub ayrim turlar kiradi. Aiv talablariga javob beradigan turlar eng ko`p sonli bo`lib, ular Tog`li O`rta Osiyo chegaralaridan tashqariga chiqmaydigan turlardan iborat va bu holat Yevropa mamlakatlari uchun qabul qilingan metodika talablariga javob beradi [Anderson, 2003].O`simlik turlarining ilmiy nomi va mualliflarning yozilishi o`n jilddan iborat bo`lgan va 1963-1993 yillada chop etilgan "O`rta Osiyo o`simliklari aniqlagichi" ga to`g`ri keladi. Turlarning mahalliy nomlari "O`zbekiston o`simliklari aniqlagichi" va "O`zbekiston florasi" risolalari bo`yicha berilgan.

    Download 2,43 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 2,43 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi

    Download 2,43 Mb.