|
Regel qo'ziqulog'i o'ti (yer ustki qismi) -herba phlomis regeliana
|
bet | 8/15 | Sana | 15.01.2024 | Hajmi | 2,43 Mb. | | #138039 |
Bog'liq O\'zbekistondagi foydali o\'simliklar.Otaxonova DilnozaxonRegel qo'ziqulog'i o'ti (yer ustki qismi) -herba phlomis regeliana
O'simlikning nomi.
Regel qo'ziqulog'i- Phlomis regelii M. Pop.; yasnotkadoshlar- Lamiaceae (labguldoshlar- Labialac) oilasiga kiradi. Ko'p yillik, bir nechta to'rt qirrali, sertuk, shoxlangan (yoki shoxlanmagan), 20- 60 sm balandlikdagi poyali o't o'simlik. Barglari cho'ziq-lansetsimon yoki chiziqsimon-lansetsimon, tekis qirrali, o'tkir uchli, ustki tomoni yashil, pastki tomoni sertuk bo'lgani uchun oqish-kulrangli bo'lib, uzun bandi yordamida (yuqoridagilari to'pbarglari va poyaning pastki qismidagilari, yuqoridagilari qisqa bandli yoki bandsiz) poya va shoxlarda qarama-qarshi joylashgan. Gullari poyaning yuqori qismidagi barglar qo’ltig’ida joylashib, to'pgul to'plamini hosil qiladi. Gulkosachasi naychasimon, besh tishli, gultojisi ikki labli, ko'k-pushti rangli. Otaligi to'rtta. Mevasi- to'rtta yong'oqcha.
May- iyulda gullaydi, mevalari iyun- avgustda yetiladi.
Geografik tarqalishi. Bu o'simlik O'rta Osiyoning (G'arbiy Tyan-Shan) tog'li tumanida tog' etagidan to o'rta qismigacha bo'lgan mayda toshli va toshli tog' qiyalarida o'sadi. O'zbekistonning Toshkent viloyatida uchraydi.
Mahsulot tayyorlash. O'simlik gullash davrida yer ustki qismi (yerdan 10-20 sm balandlikda) o'rib olinadi va soya yerda quritiladi.
Mahsulotning tashqi ko'rinishi. Mahsulot poyaning yuqori serbargli qismi va gulto'plami aralashmasidan tashkil topgan. Poyasi to'rt qirrali, sertukli, uzunligi 25 sm, yo'g'onligi 0,5 sm gacha. Barglari bandli, cho'ziq-lansetsimon yoki chiziqsimon-lansetsimon, tekis qirrali, o'tkir uchli, qalin tukli, poyada qarama-qarshi o'rnashgan, uzunligi 15 sm gacha, eni 5 sm gacha. Gullari poyaning yuqori qismiga joylashgan barglar qo'ltig'ida doira shaklidagi to'pgulni hosil qiladi. Gultojisi ikki labli. Barglari oqish-kulrang, gullari ko'kimtir-pushti, hidi qitiqlovchi, mazasi achchiqroq.
Kimyoviy tarkibi. Yer ustki qismi tarkibida 4,5 foiz flavonoidlar, antotsianlar (gullarida 0,43 foiz), fenolkislotalar (3,2 foiz), 5,15 foiz iridoidlar, 2,19 foiz kumarinlar, 0,1 foiz efir moyi, 0,13 foiz karotinoidlar, vitamin C (55 mg foiz), organik kislotalar (1,76 foiz), 4,84 foiz qandlar, 2,3 foiz oshlovchi va boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi. Qo'ziquloqning yer ustki qismini damlamasi tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatishga tavsiya qilingan. O'zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tibbiyot amaliyotida shu maqsadda qo'ziquloq damlamasini respublika hududida ishlatishga ruxsat bergan.
Dorivor preparatlari. Mahsulot damlamasi.
2.1.2-rasm. Regel qo'ziqulog'i o'ti
|
| |